Texnika fakulteti


Magistral ko'cha va yo'llar kesishmalari tasnifi


Download 1.27 Mb.
bet6/9
Sana21.11.2021
Hajmi1.27 Mb.
#176184
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
172 QHALTE BATIROVA NODIRA

Magistral ko'cha va yo'llar kesishmalari tasnifi.

I-shahar tezkor ko'chalari; II-to'xtovsiz harakatli magistral ko'chalar; III-kesishmalarda svetofor bilan boshqariladigan umumshahar ahamiyatidagi magistral ko'chalar; IV- kesishmalarda o'z-o'zini boshqaradigan harakatli tuman ahamiyatidagi magistral ko'chalar.



1- sinf kesishmalari barcha yo'nalishdagi transport oqimlarini bir- biri bilan kesishinasdan o'tkazilishidir. Bu sijjf kesishmalari ichida eng ko'p tarqalgani — «beda (klever) bargi» deb ataladi.

2-3 sinf chorrahalari asosiy yo'nalish bo'yicha transport oqimlarini kesishmasiz o'tkazishga mo'ljallangan. Ikkinchi darajali yo'nalishlarda svetofordan foydalaniladi. Bu sintlar kesishmalari ancha intensiv ko'cha harakatlarida har bir ko'chada 3000-4000 avt/soat va undan ortiq bo'lgan hollarda qo'llaniladi. Intensivlik kamroq bo'lgan hollarda svetofordan yoki o'z-o'zini boshqarishdan foydalaniladi.

Bulvarlar — ko'chaning bir qismi hisoblanadi. Bulvarning me'moriy-tarxiy yechimi uning shahar tarxidagi joyiga, shaharning kattaligiga, u joylashgan ko'chaga bog'liq. Bunday maydonlarni dam olish, sayr qilish, yosh piyodalar harakati, chang va shovqindan saqlash uchun qo'llaniladi. Intensiv harakatli ko'chalarda ko'kalamzor maydonlarni loyihalash maqsadga muvofiq. Dam olish maydoni 3 ga gacha, ularning joylashuvi o'lchamlari bajaradigan funksiyasiga qarab qisqa vaqt dam olish uchun, me'moriy kompozitsion maqsadlarda qo'llaniladi.

Mashina to 'xtash joylari — avtomohillarni qisqa vaqtga (bir necha soat.) saqlashga mo'ljallangan. Bitta mashina uchun 25 m/kv maydon kerak. Ba'zi hollarda harakat qilishda to'xtash joyi uchun qo'shimcha yo'lak ajratiladi.

Ommaviy transport to'xtash joylari - ularning o'lchamlari yo'lovchilar miqdoriga, marshrutlar soniga qarab aniqlanadi. Piyoda vo'llar va harakatlanish qismidan tashqarida joylashtiriladi.


Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling