Texnika xavfsizligi qoidalari va kimyo laboratoriyasida ishlash qoidalari, laboratoriya jixozlari bilan tanishish


Laboratoriyada birinchi yordam ko‘rsatish choralari


Download 0.87 Mb.
bet2/3
Sana14.10.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1702212
1   2   3
Laboratoriyada birinchi yordam ko‘rsatish choralari

  • Agar teriga (qo‘l, yuz va boshqa joylarga) konsentrlagan kislota (sulfat, nitrat, xlorid va boshqa) tekkanda, tezlik bilan 3-5 minut davomida kuygan joyni kuchli suv oqimi bilan yuviladi, keyin taninning 3% li yoki kaliy permanganat eritmasi bilan ho‘llangan paxta boylami qo‘yiladi.

  • Teri ishqor eritmasi bilan kuyganda, kuygan joy darhol silliqlik yo‘qolguncha suv bilanyuviladi, keyin taninning 3% li spirtli eritmasining yoki kaliy permanganat eritmasi bilan ho‘llangan paxta boylami qo‘yiladi. Birinchi holda ham, ikkinchi holda ham kuchli kuyganda, birinchi yordamdan keyin tezlik bilan vrachga murojaat qilinadi.

  • Ko‘zga kislota yoki ishqor sachrasa, tezlik bilan uy temperaturasidagi ko‘p miqdor suv bilan yuviladi va darhol vrachga murojaat qilinadi.

  • Agar teri issiq narsalar (shisha, metall va boshqalar) dan kuysa, avval taninning 3% li spirtli eritmasi yoki kaliy permanganat eritmasi bilan ho‘llangan paxta bog’’lami qo‘yiladi, keyin yog‘li surtma moy (kuyishga qarshi maz) boylami qo‘yiladi.

  • Xlor, brom, vodorod, sulfid, uglerod (II) oksid bilan zaharlanganda, jabrlangan shaxs darhol toza havoga chiqariladi, keyin vrachga murojaat qilinadi.

  • Fosfor ta’siridan kuygan joyga mis sulfatning 2% li eritmasi bilan ho‘llangan bog’’lam qo‘yiladi.

  • Mishyak va simob birikmalari hamda sianid tuzlari bilan zaharlanganda tezlik bilan vrachga murojaat qilinadi.

  • O‘qituvchining ruxsatisiz biror moddaning mazasini tatib ko‘rish yoki hidlash, shuningdek kimyoviy idishlardan suv ichish taqiqlanadi.

  • Ishni bajarishda biror tushunmovchilik tug‘ilsa, darhol o‘qituvchiga yoki laborantga murojaat qilib ishni tushunib olgandan keyin davom ettirish lozim.

  • Simobbug‘i kuchli zahardir. Shuning uchun simobli asboblar singanda to‘kilgan simobni yaxshilab yig‘ib olish shart. Simob to‘kilganligi haqida o‘qituvchi va laborantga, albatta, xabar berilishi kerak.




Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling