Texnika xavfsizligi qoidalari va kimyo laboratoriyasida ishlash qoidalari, laboratoriya jixozlari bilan tanishish
Download 0.87 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Laboratoriyada ishlayotganda quyidagi ehtiyot choralariga rioya qilish zarur
LABORATORIYAISHI № 1. TEXNIKA XAVFSIZLIGI QOIDALARI VA KIMYO LABORATORIYASIDA ISHLASH QOIDALARI, LABORATORIYA JIXOZLARI BILAN TANISHISH Kimyo laboratoriyasida ishlash vaqtida quyidagi qoidalarga rioya qiling Tajriba o‘tkazishdanoldin, darslik va ma’ruzalarning tegishli bo‘limlarini o‘qib chiqing va laboratoriya ishining mazmuni bilan tanishing. Tajriba uchun kerakli narsalarning (idishlar, asboblar, reaktivlar) hammasi mavjudligi aniqlanmaguncha tajribani boshlamang. Tajriba o‘tkazish vaqtida ishning qo‘llanmada ko‘rsatilgan tartibi va ketma-ketligiga rioya qiling, shoshma-shosharlik va pala-partishlikka yo‘l qo‘ymang. Tajribaning borishini diqqat bilan kuzating va uning hamma tafsilotlarini bilib oling. Tajriba tugagach, ish o‘rnini tazolab qo‘yishni unutmang. Kuzatilgan barcha hodisalarni va bajarilgan reaksiya tenglamalarini har qaysi tajribadan keyin darhol ish daftaringizga yozib qo‘ying. Laboratoriya jurnaliga tajriba o‘tkazilgan kunni, mavzuning nomini, ishning mazmunini (asbobning sxemasi yoki rasmini chizing), kuzatish natijalarini, reaksiya tenglamalarini, hisoblar va xulosalarni yozing. Laboratoriyada ishlayotganda quyidagi ehtiyot choralariga rioya qilish zarur: Zaharli va qo‘lansa hidli moddalar bilan qilinadigan tajribalarning hammasini mo‘rili shkafda bajarishni unutmang. Ajralib chiqayotgan gazni idishga yaqin engashib hidlamang. Gazni hidlash zarur bo‘lsa, ehtiyot bo‘lib, havoni qo‘lingiz bilan idish og‘zidan o‘zingiz tomon yelpib ma’lum masofada hidlang. Konsentrlangan kislotalarni, ayniqsa, sulfat kislotani suv bilan suyultirishda suvni kislotaga emas, balki kislotani suvga jildiratib aralashtirib turib, quyish kerak. Reaktivlarni quyishda ular o‘zingizga yoki kiyimingizga sachramasligi uchun hyech vaqt idishning tepasiga engashmang. Suyuqlikni qizdirayotganda probirka og‘zini o‘zingizdan va yaqin turgan kishilardan chetga qaratib tuting. Suyuqlikni qizdirayotganda idish ustiga engashib qaramang, chunki suyuqlik qaynaganda sachrashi mumkin. Ishlaganda reaktivlarning (ayniqsa kislota va ishqorlarning) yuzga, qo‘l va ust-boshga tegmasligini doimo kuzatib boring. Oson o‘t oluvchi, uchuvchan moddalar bilan qilinadigan tajribalarni o‘tdan uzoqroqda va imkoni boricha mo‘rili shkaf ostida o‘tkazish lozim. Mashg‘ulot dasturida ko‘rsatilmagan tajribalarni o‘tkazish qat’iyan ta’qiqlanadi. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling