Texnika xavfsizlik qoidalari va xatoliklar nazariyasi
Download 0.75 Mb. Pdf ko'rish
|
Texnika xavfsizligi
Man etiladi: • Asbob va jihozlarni ularning yo’riqnomasi bilan tanishmasdan ishlatishga urinish. • Asbob va jihozlarni o’qituvchi yoki laborantning ruxsatisiz olib ishlatish. • Elektr o’lchov asboblariga suv va boshqa suyuqliklar sepish, o’qituvchining ruxsatisiz ularni tok manbaiga ulash va ularning qisqichlarini qo’l bilan ushlash qat’iyan man qilinadi. • Tajriba jarayonida asbob va jihozlar joylashgan taglikka o’tirish, har xil buyumlar qo’yish va unga kuch bilan zarba berish. • Asbob vajihozlarnibegonalarningfoydalanishi uchun berish. Asbobvajishozlarniyokiortiqchabuyumlarniolibketish. Tajriba xatoliklarini aniqlash Fizikadan laboratoriya mashg’ulotlari vaqtida turli xil fizik kattaliklarni o’lchash zarur bo’ladi. O’lchash deb, o’lchanayotgan kattalikni birligi qilib qabul qilingan qiymati bilan solishtirish jarayoniga aytiladi. M: laboratoriya xonasining uzunligi 10 m deyilsa, uning uzunligi 1 m dan 10 marta kattaligi tushuniladi. Talaba fizikadan laboratoriya mashg’ulotlarida bevosita va bilvosita o’lchashlarni bajaradi. Bevosita o’lchashlarga – o’lchamlarni jihozlar yordamida aniqlash tushiniladi. M: uzunlik - chizig’ichda, og’irlik – tarozida, tok kuchi ampermetda, va hokazo..... Bilvosita o’lchash – bevosita o’lchashdan olingan natijalarni biror kerakli formulaga qo’yib hisoblash tushuniladi. Istalgan kattalikning haqiqiy qiymati va o’lchashdan olingan taqribiy qiymati orasidagi farq (ayirma) o’lchash xatoligi deb yuritiladi. O’lchashda yo’l qo’yiladigan xatoliklar quyidagi turlarga bo’linadi. 1. Qo’pol xatoliklar yoki yanglishishlar – tajriba olib boruvchining e’tiborsiz ishlashi tufayli (qurilmaning ko’rsatishini noto’g’ri ko’rish) yuzaga keladigan xatolar. 2. Sistematik xatoliklar – biror sabab ta’sirida yuzaga keladigan takrorlanuvchi (tarozi ko’rsatkichining nol’ nuqtada turmasligi) xatolar. 3. Tasodifiy xatoliklar – kutilmagan sabablarga ko’ra (bino ichida haroratning ko’tarilib yoki pasayib ketishi) yuzaga keladigan har qaysi o’lchashda turlicha sabablarga ko’ra, yo’l qo’yiladigan xatolar. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling