Texnika xavfsizlik qoidalari va xatoliklar nazariyasi


LABORATORIYA ISHLARINI BAJARISHNI


Download 0.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana22.04.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1377179
1   2   3   4
Bog'liq
Texnika xavfsizligi

LABORATORIYA ISHLARINI BAJARISHNI 
TASHKIL QILISH 
Har bir talaba laboratoriya ishlarini bajarish uchun mashg'ulotga tayyorlanib 
kelishi lozim. Buning uchun u ma'ruzalar matni va adabiyotlardan takrorlab
laboratoriya ishlarini bajarish buyicha qo'llanmani kutubxonadan olib o'rganishi va 
ish bo'yicha hisobot shakli (formasi)ni tayyorlab kelishi shart.
Mashg'ulot boshlanishida o'qituvchi talabalarning ishni bajarishga 
tayyorgarlik darajasini tekshiradi va ushbu tekshiruv natijalari asosida tayyorgarligi 
yetarli bo'lgan talabalarga laboratoriya mashg'ulotlarini bajarishga ruxsat beradi.
Har bir laboratoriya ishini 3 ta talaba birgalikda bajaradi. Laboratoriya 
ishining tajriba qismi qo'llanmada tavsiya qilingan tartibda va xavfsizlik choralariga 
rioya qilingan holda bajariladi. 
Ishning tajriba qismi bajarilgandan so'ng laboratoriya ishlari bo'yicha 
hisobotga o'tkazilgan tajriba natijalari kiritilib, xulosa yoziladi va ushbu laboratoriya 
ishi himoya qilinadi. 
Betartib rasmiylashtirilgan hisobot himoyaga qabul qilinmaydi. Himoya 
davomida savollarga aniq javob berib, o'tkazilgan tajriba natijalarini tushuntura 
olgan talabalarga ushbu laboratoriya ishiga ajratilgan reyting sinovdan o'tganligi 
haqida o'qituvchi daftariga belgilab qo'yiladi. 
Mashg'ulot davomida laboratoriya ishini himoya qila olmagan talabalar 
keyingi mashg‘ulotgacha o'qituvchi ajratgan qo'shimcha vaqtda ushbu ishni himoya 
qilishlari shart. 
Laboratoriya ishlarini o'quv rejasi bilan ko'rsatilgan muddatlarda bajarmagan 
talabalar ularni barcha asosiy laboratoriya mashg‘ulotlari tugallangandan so'ng, 
o'qituvchi bilan kelishilgan qo'shimcha vaqtlarda bajarishlari kerak. 


TEXNIKA XAVFSIZLIK QOIDALARI BILAN TANISHISH. 
XATOLIKLARNI HISOBLASHNI O’RGANISH. 
Laboratoriya ishini bajarishda quyidagilarga e'tiborni qaratish lozim: 
• Ish jarayonida faqat toza, quruq va butun, ishga yaroqli asbob va jihozlardan 
foydalanish lozim. 
• Asbob va jihozlardan foydalanishdan oldin ularning yo’riqnomasi bilan 
mukammal tanishib chiqish kerak. 
• Elektr o’lchov asboblarini o’qituvchining ruxsatisiz tok manbaiga ulash mumkin 
emas. 
• Laboratoriya ishining elektr sxemasini yig’ishda xatolikka yo’l qo’yib 
bo’lmaydi, aks holda, asbob ishdan chiqishi va talabaning hayotiga xavf 
tug’dirishi mumkin. 
• Asbob va jihozlarni stolga uning yo’riqnomasida ko’rsatilgandek holatda 
o’rnatish lozim (yotqizilgan, tik, burchak ostida va h.). 
• Har bir laboratoriya ishini yig’ib bo’lgandan so’ng, uni albatta o’qituvchi ko’rib 
chiqishi va uning ruxsati bilan tok manbaiga ulanishi shart. 
• Laboratoriya ishini bajarib bo’lgach, elektr o’lchov asboblarini tok manbaidan 
uzishni esdan chiqarmaslik zarur. 
• Idishlarda suyuqliklarni qizdirish uchun ularning 1/3 qismigacha suyuqlik quyish 
maqsadga muvofiq. 
• Moddalar shisha idishlarda qizdirilganda ularni quruq yonilg’i alangasiga 
tekkizmaslik kerak (chunki idishga darz ketib sinishi mumkin). 
• Quruq yoqilg’ini ishlatib bo’lgach, uni maxsus qopqoq bilan berkitib o’chirish 
lozim. 

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling