Texnika xavsizlik ko’rsatmalari, yong’indan saqlash qoidalari bilan tanishish. Ish joyiga joylashish uchun xujjatlarni tayyorlash


Download 163.61 Kb.
bet8/12
Sana19.03.2023
Hajmi163.61 Kb.
#1284515
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Xisobot 2021

Qutisimon detallar mashina va mexanizmlarning asosiy bazaviy detail hisoblanadi. Qutisimon detallarga metall kesish dastgohlarining, avtomobillar va traktorlarning
tezliklar qutisi, ichki yonuv dvigatellari, kompressorlar va nasoslarning bloklar silindrlari, reduktorlar qutisi hamda shunga o’xshash boshqa detallar kiradi. Qutisimon detallarning tayyorlash aniqligi butun mashina va mexanizmni aniqligini belgilaydi.Texnologik nuqtai nazardan qutisimon detallar quyidagi ishlov berish yuzalariga ega bo’ladi:
- asos tekisligi va qopqoq bilan birikish tekisligi ushbu yuzalarning paralelligi va perpendikulyarliklari yuqori texnik talablar bo’yicha bajariladi va 0,05-0,1 chegarasida bo’ladi, yuzaning tozaligi esa Rz 20 mkm dan kichik bo’lishi talab etiladi.
- yordamchi tekis yuzalar – qopqoqlarning biriktirish joylari, flanetslar va burtib chiqqan yuzalarni tozaligi Rz 40 mkm gacha teshikka nisbatan perpendikulyarligi esa 0,01dan 0,02 gacha bo’lishi kerak;
- asosiy teshiklar - qopqoq va podshipniklar o’rnatiladigan teshiklarning aniqligi IT 5 dan IT 7 oralig’ida, yuza tozaligi esa Ra =2,5 dan Ra 0,063 mkm gacha, o’qlararo masofaning dopusklar chegarasi0,02 mm dan 0,1 gacha, o’qlarning paralelligi dopusklar maydoni doirasida,
konussimon va chervyakli reduktorlar o’qlarining o’zaro perpendikulyarligi 0,02 mm dan 0.06 mm gacha qilib tayyorlanadi;
- teshiklarni o’qdoshliligi bo’yicha talablar kichik teshikni qo’yimining yarimidan kam bo’lishi kerak;
- yordamchi teshiklar quyidagi aniqliklar bo’yicha tayyorlanadi: rezba osti teshiklar 6N dan 8N gacha: boltlar osti teshiklar IT 14, shtift o’rnatiladigan teshiklar IT6 dan IT8 gacha. Qutisimon detallar uchun materiallar tanlashda ularga ta’sir etiladigan kuchlarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Aksariyat hollarda kulrang cho’yan, ayrim hollarda esa alyuminiy qotishmalari va plastmassalardan foydalaniladi.Yuqori kuchlanishlar ostida ishlaydigan detallar po’latdan tayyorlanadi.
Ko’pincha, qutisimon detallar uchun zagotovka sterjenlarni qo’llagan holda erga quyish usuli bilan olinadi. Alyuminiy kotishmalari va issiqlikka chidamli plastmassalardan tayyorlanadigan detallarga zagotovka bosim ostida quyish usuli bilan olinadi. Termoreaktiv
plastmassalar qo’llanilsa u holda avval presslab (kuch ostida jipslash) keyin issiqlik ta’sirida pishiriladi. Po’latdan tayyorlangan qutisimon detallar zagotovkasi quyish yo’li bilan yoki alohida elementlarni payvandlash yordamida biriktirib olinadi. Qutisimon detallarga mexanik ishlov berishdan avval ular qolip materiallari va
kuyindilardan tozalanadi (kumli barabanda kum bilan ishlov beriladi) va bo’yaladi.

Download 163.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling