Texnika xavsizlik ko’rsatmalari, yong’indan saqlash qoidalari bilan tanishish. Ish joyiga joylashish uchun xujjatlarni tayyorlash


Download 163.61 Kb.
bet1/12
Sana19.03.2023
Hajmi163.61 Kb.
#1284515
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Xisobot 2021


TEXNIKA XAVSIZLIK KO’RSATMALARI, YONG’INDAN SAQLASH QOIDALARI BILAN TANISHISH. ISH JOYIGA JOYLASHISH UCHUN XUJJATLARNI TAYYORLASH

Ishlab chiqarish korxonalarida mehnat sharoitini yaxshilash har bir korxona oldida turgan asosiy vazifa hisoblanadi. Mehnat muhofazasi tadbirlari sanitariya-gigiyenani yaxshilash, ishchilarni ish sharoitini yaxshilashni o’z ichiga oladi. Neftni qayta ishlash zavodlari tsexlarida yonish, portlash xavfi bo’lgan moddalar qayta ishlanadi. Qurilmalarda yonuvchan va zaxarli moddalar miqdori ko’payganda ular xavf tug’diradi. Ayniqsa trubali pechlarda, nasoslarda yonish vositalari hosil bo’lganda ular xavfli bo’ladi. Neft mahsulotlarini xavflilik tomoni ularning zaxarliligiga, tez yonish, elektr zaryadini to’plashi va materiallarni korroziyalashdir. Neft mahsulotlari bug’lari va suyuq neft mahsulotlari korxona xududida oson tarqaladi va katta masofani egallaydi. Natijada yonish vositasi hosil bo’ladi. Shundan so’ng esa falokat va baxtsiz hodisalar vujudga keladi.


Portlashda alanga tezligi, agar gaz aralshma bo’lsa 2000-3000 m/sek yetib yong’inni tez tarqalishiga olib keladi. Neft va neft mahsulotlarini isiiqlik o’tkazishi juda yaxshi, ular yonganda ko’p miqdorda issiqlik ajrab chiqadi. Neft va uni haydashda hosil,bo’lgan modda juda zaxarli. Turli reagentlar, to’yingan bug’, elektr toki bilan ishlash vaqtida ehtiyotsizlikka yo’l qo’yilganda qo’shimcha xavf tug’diradi. Neft o’ta past temperaturada ham bug’lanadi va u bug’ xavfni paydo qiladi. Chunki neft yuzasida ma’lum miqdorda uglevodorodlar hosil bo’lib, uglevodorodlar havo bilan portlovchi aralashmani hosil qiladi. Bu aralshma yonish vositasi bo’lganda portylaydi. Benzin bug’lari bilan nafas olish kuchli zaxarlanishga olib keladi.
Bunda inson dastlab hushini yo’qotishi va yakunda o’lishi ham mumkin. Ishchilarni xavfsizligini ta’minlash ish o’rinlarini o’rgatish bilan ishchilarning mehnat xavfsizligini saqlash chora-tadbirlarini har bir sanoat korxonasi o’zi uchun mehnatni muhofaza qilish va mehnat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan yo’riqnoma tizimlari ishlab chiqilgan bo’ladi.



Download 163.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling