KORXONADA ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIK JARAYONLARI, TEXNALOGIK MASHINA VA JIXOZLARI BILAN TANISHISH
Neftni birlamchi qayta ishlash qurilmasi ELOU AVT tipi zavod sxemasida ELOU AVT-2 deb yuritiladi. AVT-2 (atmosferali, vakuumli, trubali) qurilmasi proyekti “AZGIPRONEFTEXIMIM” institut tomonidan qilingan. Qurilma 1962-yilda ishga tushirilgan. Bu qurilmani vacuum bloke 1999-2000-yillarda Yaponiyaning “TOYO INJEENERING CORPORATION” kompaniyasi hamkorligida rekonstruksiya qilingan. AVT-2 qurilmasi hom neftni birlamchi qayta ishlash va neft mahsulotlarini olishga mo’ljallangan. Qurilma proyekti bo’yicha 1 yilda 1.6 tonna neft mahsulotlarini chiqaradi.
ELOU AVT-2 qurilmasi quyidagi texnalogik blok va apparatlar gruppasidan iborat:
Trubali isitgichlar
Rektifikatsion kolonnalar gruppasi
Kondensatorlar-sovutgichlar
Havoli sovutgichlar
Issiqlik almashtirgichlar
Texnalogik nasoslar
Tozalov bo’lishi va reagentlar tayyorlov uzeli
ELOU bloki. Elektrodegidrator va tindirgich
Zangdan himoya bloki
AVT-2 qurilmasi 3 ta asosiy blokdan iborat:
Elou bloki
Atmosfera bloki
Vakuum bloki
Elou bloki – bunda oqimlardan kelayotgan neft tuz va suvlardan holi qilinadi. Elou blokida kelayotgan neftning tuz va suvlari yomkostning pastki qismida cho’kib, tushib qoladi.
Atmosfera bloki – ushbu blokda suv va tuzlardan holi qilingan neft yuqori temperaturaga qizdirilib rektifikatsiya kollonalariga beriladi. Va bu yerda benzin, kerosin, dizerl yoqilg’isi va mzaut olinadi.
Vakuum bloki – bunda rektifikatsiya kalonnasidan olingan mazut yuqori temperaturada qizdiriladi. Bu rektifikatsiya kollonasida olingan mazut vakuumda haydaladi. Mazutni vakuumda haydashdan sabab uglevodorodlarni parchalanishi ya’ni kokslanmay qolishini oldini olish uchun vakuumda haydaladi.
Neft Elou blokiga kelganda unga suv berilib suv va tuzlardan holi qilinadi. Elektrodegidratorni vazifasi asosoan o’zgaruvchan elektr toki yordamida neft tarkibidagi suv va tuzlardan musbat va manfiy elektrodlar yordamida ajratilib olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |