Texnika xavsizlik ko’rsatmalari, yong’indan saqlash qoidalari bilan tanishish. Ish joyiga joylashish uchun xujjatlarni tayyorlash
TEXNOLOGIK MASHINA VA JIXOZLAR DETALLARGA TEXNIK XIZMAT KO’RSATISHNI TASHKIL QILISHNI O’RGANISH
Download 163.61 Kb.
|
Xisobot 2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- Metall kesish stanogi
TEXNOLOGIK MASHINA VA JIXOZLAR DETALLARGA TEXNIK XIZMAT KO’RSATISHNI TASHKIL QILISHNI O’RGANISH
Metall qirqish stanogi (metallorejushiy stanok)— buyumlarga, asosan qirqish asbobi bilan qirindi yo’nib ishlov beradigan mashina. Shuningdek, plastmassa, shisha, keramika singari metallmas materiallarga ishlov berishda ham qo’llaniladi. Plastik materiallar yoki plastmassalar – sintetik yoki tabiiy yuqori molekulali birikmalar asosidagi organik materiallardir. Ular isitish va bosim natijasida oʻz shaklini o’zgartirish va sovutilgandan keyin berilgan shaklni saqlab qolish qobiliyatiga ega. Ishlatilishiga ko’ra quyidagi xillarga bo’linadi: universal (umumiy ishlarga mo’ljallangan)— detallarga ishlov berishda turli operasiyalar bajaradi; ko’p ishlarga mo’ljallangan — keng nomenklaturadagi buyumlar uchun chekli operasiyalar bajaradi; ixtisoslashtirilgan — bir xil nomdagi yoki shakldagi o’xshash detallarga ishlov beradi; mahsus — bir xil tip o’lchamli detallarga ishlov beradi. Avto matlashtirish darajasiga ko’ra, avtomat liniyalar, ya’ni mexanizm va qurilmalar (elektron, elektr, pnevmatik, gidravlik) sistemasidan iborat bo’lgan (shu bilan birga raqamli boshqarish programmasi bo’lgan) avtomat-stanoklar; bularda energiya, material, axborotlarni olish, o’zgartirish, uzatish va ulardan foydalanish prosesslari to’la mexanizasiyalashgan bo’ladi; avtomatik ish siklida ishlaydigan yarim avtomat — stanoklar; bunda ish sikli detalga ishlov berilgandan so’ng uziladi va tayyor detal olinib, uning o’rniga yangisi qo`yilgandan so’ng yana boshlanadi; qo’lda boshqariladigan metall qirqish stanoklari bo’ladi. Metall kesish stanogi —metall va boshqa materiallardan buyumlar tayyorlash maqsadida ularga kesib ishlov beradigan mashina. Mashinasozlik, asbobsozlik va sanoatning boshqa tarmoqlaridagi jihozlarning asosiysi hisoblanadi. Materiallarga ishlov berish qadimdan ma’lum; u paytlarda detal qo’l bilan aylantirilib, tosh va boshqa keskichlar bilan yo’nilgan. 12-asrda qo’l bilan harakatlantiriladigan tokarlik parmalash stanoklari, 14-asrga kelib esa suv tegirmoni yordamida harakatlantiriladigan stanoklar paydo bo’lgan. Mexanik stanoklar, asosan, Italiya, Fransiyada tayyorlangan, Rossiyaga ham o’sha erlardan keltirilgan. Detallarga ishlov berish aniqligiga ko’ra, normal, yuqori, yuksak, nihoyatda yuksak va alohida (master-stanok) aniqlikdagi; texnologik belgilariga yoki ishlatadigan asbobining tipiga ko’ra, tokarlik, parmalash va yo’nib kengaytirish, silliqlash va o’lchamga etkazish, kombinasiyalangan, tish va rezba ochish, frezalash, randalash, o’yish hamda protyajkalash va boshqa metall qirqish stanoklari bo’ladi. Bunda stanoklarning yangi tiplarini loyihalash boshlangan edi. 1970 yilga kelib 1817 tip o’lchamli metall kesish stanogi yiliga 230 ming donadan ishlab chiqarishga erishildi. Metall kesish stanogini ishlab chiqarish bir necha yo’nalishlarda takomillashmoqda. Dumaloq buyum va detallarning teshiklari ko’plab kengaytiriladi; frezerlash stanogida tekisliklar, shakldor sirtlar ishlanadi, tishlar ochiladi; silliqlash stanogida sirtlarga pardoz beriladi. Tuzilishiga ko’ra, metall kesish stanogi gorizontal, vertikal va qiya xillarga; bir va ko’p shpindelli, ko’p supportli hamda ko’p keskichli, karusel portal va boshqa tiplarga bo’linadi. Metall kesish stanogining stasionar, ko’chma, stol ustiga o’rnatib ishlatiladigan xillari bor. Asosiy ish organi — keskich, parma, freza, abraziv doira. Bir xil detalga metall kesish stanogi bilan bir necha usulda ishlov berish mumkin. Metall kesish stanogining avtomat va yarim avtomat xillari ham bor. Download 163.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling