Bir butun (yaxlit) tayyorlangan qutisimon detallarga mexanik ishlov berish quyidagi ketma-ketlikda bajariladi:
- asosiy texnologik yuzalarga ishlov berish: asos tekisligi, qopqoq bilan birikish tekisligi va ulardagi mahkamlash tekisliklariga ishlov berish;
- qolgan barcha yordamchi tekis yuzalarga ishlov berish;
- asosiy teshiklarga qora va yarim toza ishlov berish;
- qolgan barcha yordamchi teshiklarga ishlov berish;
- asosiy teshiklarga oxirgi ishlov berish;
Ikki bulakka bo’linadigan, ya’ni bo’linish tekisligiga ega bo’lgan qutisimon detallarga quyidagi tartibda ishlov beriladi:
1. Bo’linish tekisligiga ishlov berish;
2. Ishlov berish vaqtida O’rnatish yuzasi vazifasini bajaruvchi tekis yuzalarga ishlov berish;
3. Teshiklarni parmalash va rezba ochish, bo’linish tekisligidagi shtift osti teshiklarini ochish;
4. Qutisimon Detalning shtiftlar yordamida qismlarini yig’ish;
5. Asosiy teshiklar va qolgan tekis yuzalarga birgalikda ishlov berish.
Donali va kichik seriyali ishlab-chiqarish sharoitida qutisimon detallarga ishlov berish reysmus yordamida asosiy teshiklarni markazlarini belgilash va ularga nisbatan yordamchi teshiklarni markazlarini hamda detal konturini belgilashdan boshlanadi – ya’ni avvaldan belgilab olib ishlov berish usuli qo’llaniladi. Teshiklarni markazlari kern yordamida uyib qo’yiladi va o’yiqqa shpindelga o’rnatilgan markaz moslanadi, so’ng markaz kesuvchi asbob bilan almashtiriladi shundan so’ng mexanik ishlov berish amalga oshiriladi
.
O’rta va ko’p seriyali ishlab chiqarish sharoitida qutisimon detallarga ishlov berish maxsus moslamalarda bajarilsa, avtomatik qatorlarda esa yuldosh (sputnik) moslamalardan foydalaniladi. Qutisimon detallarni tashki tekis yuzalariga randalash, frezalash, yo’nish, katta qatlamni jilvirlash va sidirish usullari bilan ishlov beriladi. Dastgohni sozlash va kesuvchi asbobni soddaligi tufayli donali hamda kichik seriyali ishlab chiqarish sharoitida randalash keng qo’llaniladi. Kichik detallarga ishlov berishda ko’ndalang randalash, katta detallarga ishlov berishda buylama randalash qo’llaniladi
Do'stlaringiz bilan baham: |