Texnika xavsizlik ko’rsatmalari, yong’indan saqlash qoidalari bilan tanishish. Ish joyiga joylashish uchun xujjatlarni tayyorlash


TEXNALOGIK MASHINA VA JIXOZLAR DETALLARI YUZALARIGA MEXANIK ISHLOV BERISH YO’LI BILAN SHAKL BERISH JARAYONINI O’RGANISH


Download 163.61 Kb.
bet10/12
Sana19.03.2023
Hajmi163.61 Kb.
#1284515
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Xisobot 2021

TEXNALOGIK MASHINA VA JIXOZLAR DETALLARI YUZALARIGA MEXANIK ISHLOV BERISH YO’LI BILAN SHAKL BERISH JARAYONINI O’RGANISH

Mexanik ishlov berilgan detal yuzasining sifati quyidagi ikki asosiy xususiyat bilan xarakterlanadi:


a) mexanik ishlov berilgan metall sirtining fizik-mexanik xususiyatlari;
b) yuzaning g’adir-budirlik darajasi (boshqacha qilib aytganda yuzaning tozaligi yoki tekisligi).

Detal sirt qatlamining fizik-mexanik xususiyatlari mexanik ishlov berish usullari va metallning xususiyatlariga bog’liq bo’ladi. Mexanik ishlov berish jarayonida hosil bo’lgan issiqlik va kuchlar ta’sirida metallning sirt yuzasini xususiyatlari o’zgaradi, ya’ni uning qattiqligi ortadi, qoldiq kuchlanishlar paydo bo’ladi, naklyop sodir bo’ladi, bularning barchasi plastik deformatsiya asosida vujudga keladi. Naklyoplanish darajasi va qoldiq kuchlanishlar kattaligi plastik deformatsiyani qanchalik chuqurlikda ta’sir etishiga bog’liq. Bu holat o’z navbatida kesish ma’romlariga bog’liq bo’ladi. Geometrik nuqtai nazardan ishlov berilgan yuza quyidagi ko’rsatkichlar bilan xarakterlanadi:


a) yuzaning makrogeometriyasi bo’lib, u to’g’ri geometrik shakldan og’ish bilan ifodalanadi (ovalsimonlik, konussimonlik, bochkasimonlik va shu kabilar);
b) yuzaning to’lqinsimonligi bu davriy ravishda takrorlanuvchi taxminan bir xil to’lqinsimon og’ishlar;
v) yuzaning mikrogeometriyasi yoki yuzaning g’adir-budirligi. Yuza mikrogeometriyasi uni tozaligini ifodalaydi. Yuza to’lqinsimon va bir vaqtda g’adir-budir bo’lishi mumkin.

Yuza sifati quyidagi asosiy omillarga bog’liq bo’ladi:


a) ishlov berilayotgan materialning turi va xususiyati;
b) ishlov berish usuli (yo’nish, randalash, jilvirlash);
v) materialni kesib ishlash ma’romlari (kesish tezligi, kesish chuqurligi, uzatishlar miqdori);
g) texnologik ishlov berish tizimining bikrligi;
d) kesuvchi asbobning geometrik parametrlari;
e) kesuvchi asbob materiali;
j) kesish jarayonida sovutish-moylash suyuqliklarini qo’llash;
Yuzalarning turlari:

  1. to’lqinsimon va g’adir-budir;

  2. 2- to’lqinsimon va toza;

3 - tekis va g’adir-budir;
4 - tekis va toza.

Detal yuzasining sifati uni ishlash jarayonida muhim ahamiyatga ega. Shunday qilib detalning yemirilishga chidamliligi uning yuzasini sifatiga bog’liq. Sifat o’z navbatida makrogeometriya, to’lqinsimonlik va g’adir-budirlik bilan xarakterlanadi.Agarda detal yuzasi makronotekis va to’lqinsimon bo’lsa yemirilish ham notekis bo’ladi. Bunday hollarda avval ko’tarilib chiqqan yuzachalar yemiriladi. Agarda yuza g’adir-budirligi


katta bo’lsa yuqoridagi jarayon yanada intensivlashadi.

Download 163.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling