Texnika xavsizlik ko’rsatmalari, yong’indan saqlash qoidalari bilan tanishish. Ish joyiga joylashish uchun xujjatlarni tayyorlash


KORXONADA ISHLAB CHIQARISHNI TASHKIL QILISH , REJALASHTIRISH VA BOSHQARISH TAMOYILLARI BILAN TANISHISH


Download 163.61 Kb.
bet2/12
Sana19.03.2023
Hajmi163.61 Kb.
#1284515
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Xisobot 2021

KORXONADA ISHLAB CHIQARISHNI TASHKIL QILISH , REJALASHTIRISH VA BOSHQARISH TAMOYILLARI BILAN TANISHISH

Farg'ona vodiysining tabiy-iqlim sharoitlari, boy mineral xom-ashyo manbalari, mehnat potensiali O'zbekistonda nefni qayta ishlash sanoatini yaratishga asos bo'ldi.

O'rta Osiyo hududida neftni qayta ishlash sanoatini rivojlanish tarixi 1868 yilda boshlangan. Shu yili rus sanoatchilari Fedorov, Xludov, Zaxo, Gromov va boshqalar Farg'ona vodiysida neft manbalari bo'yicha ishlarni amalga oshirgan, ammo bir necha sabablarga ko'ra to'xtatgandi.

Keyinchalik rus tadbirkorlari neft manbalarini izlashga urinib ko'rishdi va faqat 1904 yilga kelib neft o'chog'i ochildi. Undan olinadigan neft qazilmasi shu darajada samarador edi-ki, natijada neftni haydash zavodi qurish masalasi paydo bo'ldi va zavodni qurish masalasi o’rtaga tashlandi.

Shu yili muhandis Kovalevskiy boshchiligida Vannovskiy neftni haydash zavodi qurilishi ishlari boshlandi (Oltiariq yoqilg'i ishlab chiqarish). Bu zavod hozirgi kunda Farg'ona neftni qayta ishlash zavodi bo'limlaridan biri hisoblanadi.


1906 yili Vannovskiy neftni xaydash zavodi ishga tushirildi (Oltiariq yoqilg'i ishlab chiqarish). Bu zavod xozirgi kunda Farg'ona neftni qayta ishlash zavodi bo'limlaridan biri hisoblanadi. 

Farg'ona neftni qayta ishlash zavodi qurilishi iste'mol joyida o'z xususiy neftni qayta ishlash tarmog'ini yaratish va qolaversa butun O'rta Osiyo hududi bo'ylab sanoat va transport rivojini davom ettirish zaruriyatidan kelib chiqdi. Istemol xududlariga yoqilg'i, hom-ashyo manbalariga sanoatni yaqinlashtirish masalasi Farg'ona neftni qayta ishlash zavodi qurilishi bilan hal qilindi. Zavodning uzluksiz faoliyati O'rta Osiyo va Qozog'iston rayonlarining (ilgari chetdan keltiriladigan) neft mahsulotlariga bo'lgan talabini qondirdi, ularni chetdan keltirish va shu bilan bog'liq foydalanuv va kapital sarflarin to'xtatdi. 

1958 yil 26 iyunda birinchi qurilma ELOU foydalanishga topshirildi. 1959 yil boshlarida birinchi atmosfera vakuum neftni haydash texnologik qurilmasi AVT-1 ishga tushirildi. 

1959 yil 27 yanvar kuni FNQIZ ning tug'ilgan kuni deb hisoblanadi.

Keyinchalik neftni qayta ishlashni chuqurlashtirish va neft mahsulotlarini tozalash, qolaversa yordamchi komponentlarni ishlab chiqarish uchun zavodda turli yillarda quyidagi qurilmalar foydalanishga topshirilgan:

  • Birlamchi neftni qayta ishlash va gazokondensat qurilmalari ELOU-AVT-1, ELOU-AVT-2, ELOU-AVT-3, ELOU-AVT-4, АТ-5 1959 yildan 1994 yilgacha;

  • Benzinlarning katalitik islohati qurilmalari L 35-11/300, LCh 35-11/600 1965 yildan 1978 yilgacha;

  • Ekstraksion azeotrop xaydash qurilmasi 35/2 1964 yilda;

  • Gidronni propan bilan asfaltsizlashtirish qurilmalari 36/1, 36/3м, 36/5 1960 yildan 1969 yilgacha;

  • Yog'larni selektiv tozalash qurilmalari 37/1, 37/2, A-37/1, A-37/3 1960 yildan 1966 yilgacha;

  • Yog'larni parafinsizlashtirish qurilmalari 39/1, 39/6, 39/7-1, 39/7-2, 39/8 1961 yildan 1969 yilgacha;

  • Yog'larni o'zaro oxirigacha tozalash qurilmasi 42/2M 1961 yilda;

  • Yog'larni gidro tozalash qurilmasi G-24 1967 yilda;

  • Vakum konsentratsion qurilma 44 1961 yilda;

  • Parafin ishlab chiqarish qurilmasi 40/2 1964 yilda;

  • Bitum ishlab chiqarish qurilmasi 19/3 1960 yilda;

  • Sekin kokslash qurilmalari 21-10/300, 21-10/600 1964 yildan 1975 yilgacha;

  • Neft koksini qizdirish qurilmasi 1987 yilda;

  • Etan ishlab chiqarish qurilmasi 1968 yilda;

  • Yuqori sifatli azot ishlab chiqarish qurilmasi 1999 yilda;

  • АFH qurilmasi 1966 yilda;

  • GFU qurilmasi 2006 yilda ishga tushirilgan;



1995 yili FNQIZ ning oltingugurt birikmali mahalliy hom-ashyoga o'tish munosabati bilan zavod oldida ilgari chiqarilayotgan mahsulot sifati va assortimentini saqlab qolish va jahon bozorida raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishga yo'naltirilgan zamonaviy texnologiyalarga ega bo'lish masalasi paydo bo'ldi.
Yuqori oltingugurtli mahsulotlarini qayta ishlash xususiyatlarini hisobga olgan holda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 12 oktabr sanasida 397-sonli qarori asosida qayta tamirlash va rivojlantirish yevropa banki va Eksim bankning (Yaponiya) investitsion dasturi bo'yicha, jahon standartlari talablariga mos keladigan yengil neft mahsulotlarini sifatini ta'minlash va ekologik muhitni yaxshilash maqsadida FNQIZni qayta ta'mirlashga yo'llanma berdi.

Qayta ta'mirlash loyihasi Yaponiyaning "Mitsui" va "Toyo Injiniring" kompaniyalari tomonidan amalga oshirildi va unga 200,0 mln ko'proq AQSH dollari sarflandi.



1999 yili avgust oyida dizel yoqilg'isini gidrosulfursizlashtirish (GDS) kompleksi foydalanishga topshirildi va yuqori sifatli dizel yoqilg'isini olish (oltingugurt miqdori 0,5% dan ko'p emas) bilan bir qatorda elementar oltingugurt olish (GDS) yordamchi obyekti qurildi. Bu bilan atrof muhitga zararli moddalar chiqarilishi anchayin kamaydi.
Dizel yoqilg'isidan olinadigan texnik oltingugurtga kimyo sanoati va qishloq sanoatida talab yuqori.
Zamonaviy texnika yildan yilga neft mahsulotlaridan foydalanish hususiyatlariga o'zining yanada qattiq talablarini qo'ymoqda va FNQIZ erishilgan yutuqlarida to'xtab qolgani yo'q.
Bizning korxonada yoqilg'i va motor moylari sifatini takomillashtirish bo'yicha ishlar amalga oshirilmoqda. 

Oxirgi yillar davomida D va E sinf motor moylari ishlab chiqarish o'zlashtirildi. Ular muvaffaqiyatli sinovdan o'tdi, ularni ishlab chiqarish va qo'llashga ruhsat berildi.


Shu bilan birgalikda FNQIZda "Ferganol" seriyali yangi yuqori sifatli motor moylari o'zlashtirilishi nazarda tutilgan:

М-5z/14 -Е1/D2 (SAE 15W 40SG/CD)
М-6z/20-Е1/D2 (SAE 20W-50SG/CD)
М-5z/14-Е (SAE 15W-40CF-4/SG)
М-6z/20-Е (SAE 20W-50CF-4/SG)
М-5z/14-D1/G2 (SAE 15W-40SF/СС)
М-6z/14-D1/G2 (SAE 20W-40SF/СС)
М-6z/20-D1/G2 (SAE 20W-50SF/СС


Download 163.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling