lozim. Shu paytda oxirgi qadamni katta qo‘yish,
gavda va qo‘llarni to‘pga qaratish lozim. Tortib olish
uchun esa himoyachi hujumchining harakatlarini
go‘yo befarq kuzatgan bo‘lib ko‘rinadi va hujumchi
yaqinlashib kelishi bilan to‘pni tortib olishga
kirishadi. Buning uchun himoyachi to‘pni bir qo‘li
bilan yuqoridan, ikkinchi qo‘li bilan pastdan qattiqroq
ushlaydi so‘ngra tez va keskin harakat bilan tortadi.
Basketbolchining qo‘lida to‘p bo‘lganida raqibi to‘pni
urib chiqarishga harakat qiladi. Bu usul qo‘l va
panjalarning
qisqa, keskin harakati bilan bajariladi. Bunda
qo‘lning kafti barmog‘i bilan to‘pning tepasidan yoki
pastidan keskin uriladi. Basketbolchi to‘pni yerga
urib yurib yoki yugurib
ketayotganida yon tomondan qisib to‘pni urib yuborib
olib qo‘yishi ham mumkin.
Basketbol o‘yini qoidalari. Basketbol o‘yinini yaxshi
bilish uchun o‘yin qoidasini ham nazariy, ham amaliy
jihatdan mukammal bilish kerak. Qoidani bilmay turib
siz
na jamoaga va na o‘zingizga naf keltirasiz, va na
savatga to‘p tushira olasiz. O‘yin qurra tashlash va
ikkala jamoaning 2 tadan o‘yinchilari markaziy
doirada turishi hamda hakamning o‘rtaga to‘p
tashlashidan boshlanadi. O‘yinning ikkinchi yarmini
boshlashda tomonlar o‘rin almashadilar. To‘p savatga
tepadan to‘liq tushib o‘tishi sodir bo‘lganda savatga
to‘p tushdi, deb hisoblanadi. Agar to‘p savatga tegib
tagidan o‘tib tushsa, unday to‘p hisoblanmaydi. Òo‘p
o‘yin paytida savatga tushsa, jamoa buning uchun 2
Do'stlaringiz bilan baham: |