ochko oladi. To‘p savatga 6 metr 25 sm masofadagi
chiziqdan tushsa— 3 ochko oladi. O‘yinchilar to‘pni
uzatishi, dumalatishi, bir qo‘li bilan yerga urib yurishi,
savatga tashlashi mumkin. To‘p savatga tushib
bo‘lgandan so‘ng, uni o‘yinga yon chiziqdan kiritilishi
qarshi jamoaning bironta o‘yinchisi tomonidan
bajariladi. Òo‘pni ilib olgan o‘yinchi faqat 2 qadam
harakat qila oladi. Joyda turib u bir qadam qo‘yishi,
ikkinchi qadamda esa to‘pni uzatishi yoki savatga
tashlashi mumkin yoki to‘pni yerga urib undan so‘ng
yana harakat qilishi mumkin. Raqibni ushlash,
itarish, turtish man etiladi. Jamoa hujum qilishi
uchun 24 soniya vaqt beriladi. Agar to‘p savatga
tushmay yoki shchitga tegib qaytgach, 24 soniya
ichida harakat qayta boshlanmasa, yoki shu 24
soniyada hujum qilishga ulgurmay qolinsa, to‘p raqib
jamoaga beriladi. O‘yin vaqtida qo‘pollik qilgan
o‘yinchilarga jarima beriladi. Masalan, to‘pni savatga
tashlayotgan o‘yinchining qo‘liga boshqa bir o‘yinchi
ursa yoki turtsa 2 ochko jarima beriladi. Himoya
qilaman deya qo‘pollik qilsa ham 1 ochko jarima
beriladi. Agar o‘yin davomida o‘yinchi besh marta
jarima olsa, u maydondan chiqariladi. Bordi-yu,
jamoada birgina o‘yinchi (o‘yinchilar jarima olib
chiqib ketaverishlari hisobiga) qolsa, u holda o‘yin
to‘xtatiladi va qarshi jamoa g‘olib deb e’lon qilinadi.
Bahs to‘pi. Bu quyidagi holatlarda:
a) raqib o‘yinchilar to‘pni mahkam ushlab olib,
talashib-tortishib qolib, hech qaysi o‘yinchi to‘pni ota
olmaganda;
b) ikkala jamoa o‘yinchilarining qo‘llari bir vaqtda
Do'stlaringiz bilan baham: |