Texnologik jarayonlar boshqaruvi va kompyuter tizimlari


Download 1.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/21
Sana28.03.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1305006
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21
Bog'liq
Amaliy mashg\'ulotlar ASDI

Nosozlik turi 
Foizlarda Soni  
O‘tkazgichlarda qisqa tutashuv 
34
O‘tkazgich va tashqi qutblarda uzilishlar 
27 
Tarkib komponentlarining noto‘g‘ri ishlashi
15 
Tarkib komponentlarining nosozligi 

Boshqa nosozliklar 

Juda ko‘p xollarda uchraydigan nosozliklar modeli – bu konstanta 
buzilishlaridir. Qisqa tutashuv nosozligi raqamli qurilma montaj o‘tkazgichlarida 
paydo bo‘ladi. Raqamli qurilmalarni loyixalashni keyingi bosqichi texnik taklif 
xisoblanadi. Bu yerda texnik vazifani analizi o‘tkaziladi, ya’ni loyixalanayotgan va 
xozirda mavjud bo‘lgan maxsulotni taqqoslash, ko‘ndalang qo‘yilgan masalani 
mavjud bo‘lgan turli yechim variantlarini baxolash o‘tkaziladi. 
Keyingi bosqich – eskiz loyixa dokumentatsiyasini (xujjatlarini) loyixalash. 
Ushbu bosqichda maxsulotni ishlab chiqarish optimal bo‘lgan varianti, uning 
struktura sxemasini va konstruktiv ish bajarish prinsipi tanlanadi. Buning uchun 
maxsus xisob kitoblar o‘tkaziladi, sxema loyixalanadi, eskizlar loyixalanadi, 
maxsulotni yaxlit xolicha yoki maxsulotni aloxida qismlarini maketlari tayyorlanadi 
va sinovdan o‘tkaziladi, maxsulot sxemasi qurilishi lozim bo‘lgan asosiy elementlar 
bazasi tanlanadi. Buyurtmachi tomonidan ko‘rib chiqilgan va tasdiqlangan eskiz 
loyixa texnik loyixani bajarish uchun asos xisoblanadi. Texnik loyixani maqsadi – 
ishchi xujjatlar komplektini bajarishga tushish uchun asos bo‘lib xizmat qiluvchi 
konstruksiya va sxema bo‘yicha yakuniy texnik echishni ishlab chiqishdir. Buning 
uchun texnik loyixa bosqichida prinsipial sxemaning to‘liq xisob kitobi, maxsulotni 
bloklarga va subbloklarga ajratilishi o‘tkaziladi, chizmalar tayyorlanadi va ular 
asosida konstruktiv maketlar tayyorlanadi, bu esa bo‘lajak maxsulotni qiyofadoshi 
xisoblanadi. Texnik loyixa buyurtmachi tomonidan tasdiqlangandan so‘ng tajriba 
namunasining raqamli qurilmalarini loyixalash boshlanadi. 


32 
Raqamli qurilmalarni tayyorlash, nazorat qilish, ishlatish va ta’mirlash uchun 
kerak bo‘lgan ma’lumotlarni o‘z tarkibiga olgan matnli yoki grafik xujjatlar 
tayyorlanadi. 
Raqamli sxemaning testli diagnozlash muammosi, ularni ularni ishlab chiqish 
va qo‘llashning har xil bosqichlarida paydo bo‘ladi va bir-biriga bog‘langan 
masalalardan iborat. Ulardan birinchisi izlanayotgan sxema qanday xolatda 
turganligini aniqlashdan iboratdir. 
Raqamli sxemaning asosiy xolati bu sozlikdir - bu sxemaning shunday texnik 
xolatiki, unda sxema texnik xujjatlarda qo‘yilgan, barcha talablarga javob beradi.
Bo‘lak xollarda esa sxema nosozlik xolatlarning birida bo‘ladi. Agar raqamli 
sxemada nosozlik aniqlangan bo‘lsa u holda ikkinchi masala echiladi: sxemadagi 
nosozlik (defekt)ni izlash amalga oshiriladi, uning maksadi - nosozlikning joyi va 
turini aniqlashdir. 
Raqamli sxemaning nosozligi - bu sxemani noto‘g‘ri ishilashiga sababchi, bir 
yoki bir necha elementlarni - sxemani tashkil etuvchilarning fizik kamchiligidir. 
Paydo bo‘luvchi nosozliklarning fizik tabiati har turli harakterga ega. 
Nosoz komponentlarni qo‘llash natijasida, komponentlararo bog‘lanishlarda 
uzilish yoki qisqa tutashuvlar paydo bo‘lishi, qurilmalarni ishlatish koidalariga rioya 
qilmaslik, loyixadagi va ishlab chiqarishdagi xatolarni va boshqa shunga 
o‘xshashlarni borligi natijasida, raqamli qurilmalarda nosozlik paydo bo‘ladi. 
Nosozlikning aniq turini vujudga kelish extimoli ko‘p jixatlarda bir qator 
omillarga, ya’ni raqamli qurilmaning (RQ) turiga, ularni tayyorlash texnologiyasiga, 
komponentlarning tarkibiy to‘plamiga va sho‘nga o‘xshashlarga bog‘liq. Misol 
sifatida 1.2 jadvalda RQ bosma uzellarini tekshirishda aniqlangan nosozliklarning 
tarkibiy taqsimoti foizlarda keltirilgan. Bu jadvaldan ko‘rinadiki, o‘tkazgichlarning 
qisqa tutashuvi va uzilishlar tez-tez uchrab turadi. 
RQ nosozliklarini tavsiflash uchun ko‘p xollarda: konstant nosozliklar, qisqa 
tutashuv nosozliklari, invers va boshqa turdagi nosozliklarning matematik modellari 
qo‘llaniladi. Ko‘pincha ishlatiladigan nosozliklar modeli bo‘lib, konstant 
nosozliklar qo‘llaniladi: konstanta no‘l = 0, yoki no‘llar va konstanta bir=1 yoki 
birlar. 


33 
5.2-jadval 
№ 

Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling