Texnologik jarayonlar boshqaruvi va kompyuter tizimlari
Download 1.41 Mb. Pdf ko'rish
|
Amaliy mashg\'ulotlar ASDI
- Bu sahifa navigatsiya:
- “MASHINASOZLIK ISHLAB CHIQARISHINI AVTOMATLASHTIRISH” kafedrasi “AVTOMATLASHTIRISH SISTEMALARINING DIAGNOSIKASI VA
1 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI “TEXNOLOGIK JARAYONLAR BOSHQARUVI VA KOMPYUTER TIZIMLARI” fakulteti “MASHINASOZLIK ISHLAB CHIQARISHINI AVTOMATLASHTIRISH” kafedrasi “AVTOMATLASHTIRISH SISTEMALARINING DIAGNOSIKASI VA ISHONCHLILIGI” fanidan 5311000 – Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish (kimyo, neft-kimyo va oziq ovqat sanoati) yo ‘ nalishi talabalari uchun Amaliy mashg‘ulotlarni bajarish bo ‘ yicha USLUBIY KO‘RSATMA Andijon – 2021-yil 2 3 KIRISH XX asr oxirlariga kelib energetika, elektronika va axborot – informatsion texnikada yangi davr, ya’ni mikro va nanotexnologiyalar davri boshlandi. Bu esa barcha muhandislik sohalarida butunlay yangi texnikalar yaratilishi va ularning amaliyotda keng qo‘llanilishiga olib keldi. Jumladan, yangi texnikalarni loyihalash – konstruktorlik, sinash va ilmiy tadqiqot ishlarida ham yangi texnik va texnologik yechimlardan foydalanishni taqoza qiladi. Shuning uchun so‘ngi yillarda muhandislik ta’lim sohasida ham zamonaviy texnik vositalardan foydalangan holda muhandislik masalalarni operativ xal qila oladigan, ijodiy fikrlay oladigan, loyihaviy – konstruktorlik ko‘nikmasiga ega mutaxassislar tayorlash dolzarb masalaga aylandi. Oliy o‘quv yurtlarida bunday yuqori malakali kadrlar tayyorlashda amaliy va laboratoriya darslarining axamiyati katta bo‘lib, ushbu uslubiy ko‘rsatma “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “Avtomatlashtirish sistemalarining ishonchliligi” fanidan amaliy ishlarini bajarishga mo‘ljallangan. “Avtomatlashtirish sistemalarining ishonchliligi” fani orqali talabalar avtomatlashtirilgan sistemalarni diagnostika qilish prinsiplari bilan, ushbu tizimlarni tadqiq qilish usullari va jarayonlarida ishtirok etuvchi elementlarni diagnostika qilishni o‘rganishadi. Ushbu fan orqali bo‘lajak muhandis-texnik xodimlar diagnostika va tashxis qilish, ishonchlilik to‘g‘risidagi fanlarni tashkil etuvchi ilmiy fanlar qatoriga kiruvchi avtomatik nazorat va boshqarish, diagnostika qilish prinsiplarini o‘rganadilar. O‘z navbatida bo‘lajak bakalavrlarda bu borada ma’lum darajada bilimlar tizimi, ko‘nikmalarni shakllantirish ko‘p jihatdan amaliy mashg’ulotlarining uslubiy ta’minoti, bajarish sifati va qay darajada amaliyotga yaqinligiga ham bog‘liq. Amaliy mashg’ulotlarining bajarish bo‘yicha ko‘rsatma amaldagi fan dasturidan va mavjud texnik imkoniyatlardan kelib chiqib tuzildi. 4 Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling