Texnologik jarayonlar boshqaruvi va kompyuter tizimlari


Download 1.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/21
Sana28.03.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1305006
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21
Bog'liq
Amaliy mashg\'ulotlar ASDI

 
AMALIY ISH №7 
AKTIV VA PASSIV ZAXIRALASH DIAGNOSTIKASI VA 
ISHONCHLIGINI HISOBLASH(2 soat) 
Ishdan maqsad: Avtomatlashtirish sistemalarida zaxiralash tushunchasi bilan 
tanishish va uning usullarini o‘rganish. Tiklanuvchi sistemalar ishonchliligini va 
ishlash vaqtini, ishdan chiqishgacha bo‘lgan o‘rtacha ishlash faqrini aniqlash. 
Avtomatik sistemalarning texnik holati uning ishlash qobiliyati darajasi yoki 
sozligi bilan baholanadi. Yoki avtomatik boshqarish sistemasining texnik holati uning 
agregat va mexanizmlarining avtomatik sistemasining ishi bajarishga loyiqligini 
belgilovchi sozlik darajasi bilan baholanadi. 
Avtomatik sistemasi ishlagan vaqti o‘tishi bilan uning texnik holati yeyilish
nosozlanish va boshqa sabablarga ko‘ra yomonlashadi. Bunda uning ekspluatatsion 
sifatlari ham pasayadi. Demak, avtomatik boshqarish sistemasining ekspluatatsion 
sifatlari ko‘rsatkichlari bir vaqtning o‘zida uning texnik holati ko‘rsatkichlari bo‘lib 
xizmat qiladi. 


18 
Avtomatik sistemalarning texnik holati ko‘rsatkichlari TXK jarayonida katta o‘rin 
tutadi. Ular, birinchidan, avtomatik boshqarish t sistemasi sozligini nazorat etuvchi va 
kerakli sozlash, tamirlash ishlari hajmini aniqlovchi vosita bo‘lsalar, ikkinchidan, texnik 
resursni yoki navbatdagi TXK gacha bo‘lgan buzilishlarsiz ishalash davomiyligini
aniqlovchi vosita bo‘lib xizmat qiladi. 
Shuning uchun bu ko‘rsatkichlarning chegaraviy meyorlarini bilish va, 
chegaraviy 
meyorlar namoyon bo‘lganda, avtomatik boshqarish sistemasi 
ekspluatatsiyasi to‘xtatilishi kerak.
Undan tashqari yo'l o‘tish bilan meyorlarning o‘zgarish dinamikasini bilish kerak, 
chunki buning natijasida navbatdagi TXK va JT gacha bo‘lgan resursni aniqlash 
mumkin. Ko‘p agregat va mexanizm konstruktiv 
o‘lchamlarini (parametrlarini) aniqlash uchun ularni qisman yoki to‘liq bo‘laklarga 
ajratishga to‘g‘ri keladi. Bu agregat va mexanizmlarning texnik holatini aniqlashga 
(boshqa yo’l bilan) qo‘shimcha parametrlar qo‘llaniladi, yani diagnostik 
parametrlar. Avtomatik sistemalarning ishlash davomiyligini soat yoki bosib o‘tgan 
yo’li yordamida o‘lchanadi va uni ishlash davomiyligi deyiladi. 
Ishlash davomiyligining texnik holati oxirgi o‘lchamigacha borishi "resurs" deb 
ataladi. Avtomatik sistemasi texnik holatini aniq belgilash va buzilishsiz ishlash 
resursini oldindan aytib berish uchun har bir transport sistemasini tekshirish kerak
avtokorxona sharoitlarida agregat va mexanizmlarini yechmasdan tekshirish maqsadga 
muvofiq. Bunday tekshirish texnik diagnostikalash deyiladi. Avtomatik sistemalarning 
ishlash qobiliyati – bu uning shunday holatiki, unda avtomatlashtirilgan sistemasi 
belgilangan 
parametrlar 
miqdorlarini 
meyoriy-texnik 
hujjatlarda ko‘rsatilgan 
chegaralarda saqlagan holda o‘z vazifalarini bajara oladi. Ishonchlilik nazariyasining 
asosiy tushunchasi buzilish (otkaz) dir. 
Ishdan chiqishlarni bartaraf qilishda quyidagi choralar ko‘riladi: 
a) Ekspluatatsion choralar. Havo tozalagich, moy va yonilg‘i suzgichlariga texnik 
xizmat ko‘rsatish va harorat rejimini iloji boricha bir xilda tutish. 
b) Tamir choralari. Ishdan tez chiqadigan detallarni zaxira holatida ulash va ularni 
almashtirish. 
v) Ishlab chiqarish choralari: texnologik jarayonlarda zamonaviy va mustaxkam
qurilmalardan foydalanish. 
Ishdan chiqish jadalligini pasaytirish choralari: 
- ekspluatatsion choralar: kerakli qismlarni va padshipnikli, moyli qurilmalarning 
moyini almashtirish. 
- ishlab chiqarish choralari: texnologik jarayonlarga bardoshli metallardan 
foydalanish. 
Klapnlar yuqori yuklama va harorat, hamda korrozion gaz muhitida ishlaydi. 
Bunda mo‘rt buzilishi yeyilishi va korrozion mexanik yeyilish kuzatiladi: klapnning 


19 
ishlash sirtlari yedirilib, bog‘lanishning zichligi yo‘qoladi. Taqsimlovchi valning 
mushtchalari, klapnning turtkichlari yeyiladi. Klapnlar ishlash muddatini oshirish 
maqsadida ularni issiqqa chidamli legirlangan po‘latdan tayyorlanadi, (
Legirlangan poʻlat
-
Ishlatilishiga qarab, qurilish (prokat) va mashinasozlik (konstruksion), asbobsozlik, alohida xossali xillarga boʻlinadi. 
Alohida xossali po‘latlar. zanglamaydigan va kislota-bardosh, issiqbardosh, yeyilish va yemirilishga chidamli, magnit 
xususiyatli va boshqa sifatlarga ega boʻladi
.
) chiqarish klapnlarini sovutish tizimi bilan ularni o‘z-
o‘qi atrofida burilib turishi taminlanadi. 

Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling