Texnologik jarayonlar boshqaruvi va kompyuter tizimlari
Download 1.41 Mb. Pdf ko'rish
|
Amaliy mashg\'ulotlar ASDI
AMALIY ISH №3 QAYTA TIKLANADIGAN SISTEMALARNING DIAGNOSTIKASI VA ISHONCHLILIK PARAMETRLARINI HISOBLASH (2 soat). Asosiy qism: Avtomatik sistemalarda qayta tiklanadigan sistemalarning ishonchlilik parametrlarini hisoblashnida texnik holati uning ishlash qobiliyati darajasi yoki sozligi bilan baholanadi. Yoki avtomatik boshqarish sistemasining texnik holati uning agregat va mexanizmlarining avtomatik sistemasining ishi bajarishga loyiqligini belgilovchi sozlik darajasi bilan baholanadi. Avtomatik sistemasi ishlagan vaqti o‘tishi bilan uning texnik holati yeyilish, nosozlanish va boshqa sabablarga ko‘ra yomonlashadi. Bunda uning ekspluatatsion sifatlari ham pasayadi. Demak, avtomatik boshqarish sistemasining ekspluatatsion sifatlari ko‘rsatkichlari bir vaqtning o‘zida uning texnik holati ko‘rsatkichlari bo‘lib xizmat qiladi. Avtomatik sistemalarning texnik holati ko‘rsatkichlari TXK jarayonida katta o‘rin tutadi. Ular, birinchidan, avtomatik boshqarish t sistemasi sozligini nazorat etuvchi va kerakli sozlash, tamirlash ishlari hajmini aniqlovchi vosita bo‘lsalar, ikkinchidan, texnik resursni yoki navbatdagi TXK gacha bo‘lgan buzilishlarsiz ishalash davomiyligini aniqlovchi vosita bo‘lib xizmat qiladi. Shuning uchun bu ko‘rsatkichlarning chegaraviy meyorlarini bilish va, chegaraviy meyorlar namoyon bo‘lganda, avtomatik boshqarish sistemasi ekspluatatsiyasi to‘xtatilishi kerak. Undan tashqari yo‘l o‘tish bilan meyorlarning o‘zgarish dinamikasini bilish kerak, chunki buning natijasida navbatdagi TXK va JT gacha bo‘lgan resursni aniqlash mumkin. Ko‘p agregat va mexanizm konstruktiv o‘lchamlarini (parametrlarini) aniqlash uchun ularni qisman yoki to‘liq bo‘laklarga ajratishga to‘g‘ri keladi. Bu agregat va mexanizmlarning texnik holatini aniqlashga (boshqa yo’l bilan) qo‘shimcha parametrlar qo‘llaniladi, yani diagnostik parametrlar. Avtomatik sistemalarning ishlash davomiyligini soat yoki bosib o‘tgan yo’li yordamida o‘lchanadi va uni ishlash davomiyligi deyiladi. Ishlash davomiyligining texnik holati oxirgi o‘lchamigacha borishi "resurs" deb ataladi. Avtomatik sistemasi texnik holatini aniq belgilash va buzilishsiz ishlash resursini oldindan aytib berish uchun har bir transport sistemasini tekshirish kerak, avtokorxona sharoitlarida agregat va mexanizmlarini yechmasdan tekshirish maqsadga muvofiq. Bunday tekshirish texnik diagaostikalash deyiladi. Avtomatik 9 sistemalarning ishlash qobiliyati – bu uning shunday holatiki, unda avtomatlashtirilgan sistemasi belgilangan parametrlar miqdorlarini meyoriy-texnik hujjatlarda ko‘rsatilgan chegaralarda saqlagan holda o‘z vazifalarini bajara oladi. Ishonchlilik nazariyasining asosiy tushunchasi buzilish (otkaz) dir. Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling