Texnologik jarayonlar boshqaruvi va kompyuter tizimlari


Download 1.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/21
Sana28.03.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1305006
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Amaliy mashg\'ulotlar ASDI

Nazorat savollari: 



a) Eskirish nima?
b) Korroziyani tezlashtiradigan qanday agressiv elementlarini bilasiz? 



AMALIY ISH №2 
QAYTA TIKLANMAYDIGAN SISTEMALARNING DIAGNOSTIKASI VA 
ISHONCHLILIK PARAMETRLARINI HISOBLASH (2 soat). 
Ishdan maqsad: Qayta tiklanmaydigan sistemalar ishonchliligini va ishlash 
vaqtini hisoblash. 
Asosiy qism: Avtomatik sistemalarning texnik holati uning ishlash qobiliyati 
darajasi yoki sozligi bilan baholanadi, yoki avtomatik boshqarish sistemasining 
texnik xolati uning agregat va mexanizmlarining avtomatik sistemasining ishi 
bajarishga loyiqligini belgilovchi sozlik darajasi bilan baholanadi. 
Avtomatik sistemasi ishlagan vaqti o‘tishi bilan uning texnik holati yeyilish, 
nosozlanish va boshqa sabablarga ko‘ra yomonlashadi. Bunda uning ekspluatatsion 
sifatlari ham pasayadi. Demak, avtomatik boshqarish sistemasining ekspluatatsion 
sifatlari ko‘rsatkichlari bir vaqtning o‘zida uning texnik holati ko‘rsatkichlari bo‘lib 
xizmat qiladi. 
Avtomatik sistemalarning texnik holati ko‘rsatkichlari TXK jarayonida katta 
o‘rin tutadi. Ular, birinchidan, avtomatik boshqarish t sistemasi sozligini nazorat 
etuvchi va kerakli sozlash, tamirlash ishlari hajmini aniqlovchi vosita bo‘lsalar, 
ikkinchidan, texnik resursni yoki navbatdagi TXK gacha bo‘lgan buzilishlarsiz 
ishalash davomiyligini aniqlovchi vosita bo‘lib xizmat qiladi. Shuning uchun bu 
ko‘rsatkichlarning chegaraviy meyorlarini bilish va, chegaraviy meyorlar namoyon 
bo‘lganda, avtomatik boshqarish sistemasi ekspluatatsiyasi to‘xtatilishi kerak. 
Undan tashqari yo‘l o‘tish bilan meyorlarning o‘zgarish dinamikasini bilish kerak, 
chunki buning natijasida navbatdagi TXK va JT gacha bo‘lgan resursni aniqlash 
mumkin. Ko‘p agregat va mexanizm konstruktiv o‘lchamlarini (parametrlarini) 
aniqlash uchun ularni qisman yoki to‘liq bo‘laklarga ajratishga to‘g‘ri keladi. Bu 
agregat va mexanizmlarning texnik holatini aniqlashga (boshqa yo’l bilan) 
qo‘shimcha parametrlar qo‘llaniladi, yani diagnostik parametrlar. Avtomatik 
sistemalarning ishlash davomiyligini soat yoki bosib o‘tgan yo’li yordamida 
o‘lchanadi va uni ishlash davomiyligi deyiladi. 
Ishlash davomiyligining texnik holati oxirgi o‘lchamigacha borishi "resurs" 
deb ataladi. Avtomatik sistemasi texnik holatini aniq belgilash va buzilishsiz ishlash 
resursini oldindan aytib berish uchun har bir transport sistemasini tekshirish kerak, 
avtokorxona sharoitlarida agregat va mexanizmlarini yechmasdan tekshirish 
maqsadga muvofiq. Bunday tekshirish texnik diagaostikalash deyiladi. Avtomatik 
sistemalarning ishlash qobiliyati – bu uning shunday holatiki, unda 
avtomatlashtirilgan sistemasi belgilangan parametrlar miqdorlarini meyoriy-texnik 
hujjatlarda ko‘rsatilgan chegaralarda saqlagan holda o‘z vazifalarini bajara oladi. 
Ishonchlilik nazariyasining asosiy tushunchasi buzilish (otkaz) dir. 



Nazorat savollari: 
1) AS texnik holati deb nimaga aytiladi? 
2) AS ishlash qobiliyati deb nimaga aytiladi? 
3) ASda qanday texnik holat ko‘rsatkichlari mavjud? 

Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling