Texnologik jarayonlarini avtomatlashtirilgan
TJABS ning axborot bilan ta’minlanshi
Download 296.69 Kb. Pdf ko'rish
|
3-mavzu. TEXNOLOGIK JARAYONLARINI AVTOMATLASHTIRILGAN BOSHQARISH TIZIMLARINING(TJABS) FUNKSIYALARI
TJABS ning axborot bilan ta’minlanshi
Avtomatik yoki avtomatlashtirilgan rejimda texnologik jarayonlarni boshqarishda axborotni yig`ish, qayta ishlash, saqlash va foydalanishni tashkil qilmasdan iloji yo‘q. TJABSning funksional vazifasi axborot tarkibini va yordamchi sistemalar orasidagi axborotli bog`lanishlarning xarakterini belgilaydi. 3.1-rasmda TJABSning axborot tarkibini ifodalovchi soddalashtirilgan sxemasi berilgan. 3.1-rasm. TJABSning axborot tarkibini ifodalovchi soddalashtirilgan sxema. Chizmadan ko‘rinib turibdiki, TJABS tarkibida boshqaruvchi yordamchi sistema, texnologik jarayon operatorlari va texnik vositalar bilan birgalikda ishlaydigan mustaqil yordamchi axborot sistemasi ham bor. Texnologik jarayonning ketishi haqida axborot o‘lchov o‘zgartkichlari orqali yordamchi axborot sistemasiga kiradi, u esa o‘z navbatida operatorlarga va boshqaruvchi yordamchi sistemalarga uzatiladi. Ular o‘zlaridagi boshqarish algoritmlari asosida tegishli boshqarish ta’sirlarini ishlab chiqadi. Avtomatlashtirilgan boshqarish rejimi operatorlar orqali oshiriladi. TJABSni axborot bilan ta’minlash muammosi quyidagi masalalarni yechishga bog`liq: 1) Boshqarish obyektlarini bir xil ko‘rinishga keltirish maqsadida axborotning yetarli hajmini aniqlash; 2) Axborotning ishonchliligini ta’minlash va uni yechish usullarini isbotlash; 3) Inson-mashina sistemasida axborot almashishni tashkil etishda vazifalarni taqsimlash; 4) Axborotni yig`ish, saqlash va berish. Agar axborot turlari faqat bir avtomatlashtirilgan qayta ishlash sistemasi bilan bog`langan bo‘lsa, boshqarish jarayoni ratsional bo‘ladi. Zarur bo‘lgan birlamchi axborotning hajmi ko‘p emas, lekin u TJABSlar uchun yetarli bo‘lgan ikkilamchi ko‘rsatkichlar sistemasi uchun kifoya bo‘lishi lozim. Bu usul bir marta yaratib va axborot massivlaridan ko‘p marotaba foydalanish prinsipi sifatida ma’lum. Boshqacha qilib aytganda, bir marta qayd qilingan axborot turli boshqarish vazifalarida foydalanilishi mumkin. Zarur bo‘lgan axborot hajmini aniqlash kerak bo‘lganda texnologik jarayon matematik ifodasining qabul qilingan tarkibini bilish lozim. Obyekt holatini bir xil ko‘rinishda keltirish va zarur bo‘lgan axborot hajmini aniqlash uchun axborot statistik usullarni yoki hozirgi zamon boshqarish nazariyasida qo‘llaniladigan kuzatish va boshqarish tushunchalarini ishlatish asosida hal etiladi. TJABSning normal ishlashi hisoblash mashinalari va boshqarish masalalaridan foydalanishdagi axborotning ko‘rinishiga bog`liq. Boshqarish obyekti haqida EHM xotirasida saqlanayotgan birlamchi axborotning to‘g`riligi birinchi navbatda texnologik jarayon fizik parametrlarining o‘lchash xatoliklariga bog`liq. Hozirgi paytda aniqlik masalasini hal etishda ikki yo‘nalish mavjud: 1) O‘lchov chizmalarida fizika, kimyo va boshqa fan yutuqlari asosida ishlab chiqilgan yuqori aniqlikka ega bo‘lgan elementlarni ishlatish, shuningdek, o‘lchaydigan qurilma xarakteristikalarini stabillash usullari tarkibini mukammallashtirish; 2) Sistemalar doirasida ma’lumotlar ishonchliligini oshirishga qaratilgan ishlarni amalga oshirish (filtrlash, ishonchlilik ustidan nazorat o‘rnatish, asboblar xizmatini optimallash, modellarni to‘g`rilash va boshqalar). Download 296.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling