Texnologik jarayonlarini avtomatlashtirilgan


Download 296.69 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana01.03.2023
Hajmi296.69 Kb.
#1238866
1   2   3   4
Bog'liq
3-mavzu. TEXNOLOGIK JARAYONLARINI AVTOMATLASHTIRILGAN BOSHQARISH TIZIMLARINING(TJABS) FUNKSIYALARI

 


 
Birlamchi axborotni tekislash metodlari 
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va boshqarish masalalarini hal 
qiluvchi 
boshqaruvchi 
hisoblash 
mashinasiga 
(BHM) 
kelayotgan 
o‘zgaruvchilarning oniy kirish qiymatlariga birlamchi ishlov beriladi. Bu ish 
o‘zgaruvchini o‘lchashda, shuningdek, birlamchi o‘zgartkichni va mashinani 
bog`lovchi kanalda yuz beradigan tasodifiy ta’sirlardan tozalashga imkon beradi. 
Masalan, agregatlarda gaz sarfini o‘lchashda o‘lchanayotgan foydali signalga gaz 
puflash qurilmalari ishlab chiqaradigan gaz oqimining pulsatsiyalari, o‘lchash 
qurilmasi kirishidagi impuls naychalardagi bosimning o‘zgarishi hisobiga 
bo‘ladigan ta’sirlar, shuningdek, pnevmatik signalni elektr signalga, keyin esa 
analog signalni diskret signalga va boshqa almashtirish hisobiga yuz beradigan 
ta’sirlar qo‘shiladi. Turli xil filtrlar foydali signalni tiklashning turli xil xatoligini 
beradi. Korxona ishini nazorat qilishda ko‘pincha birlamchi o‘zgartkichlarning 
(datchiklar) yuzlab va minglab signallari filtrlashga to‘g`ri keladi. Shuning uchun 
foydalaniladigan filtrlarning turini asoslab tanlash zarurati tug`iladi. Filtrlash 
aniqligi va murakkabligi orasidagi kelishuv zarurligini hisobga olib, ishlanishi 
biroz soda, biroq nooptimal bo‘lgan filtrlarning amalda yuz beradigan sharoitlarda 
optimal filtrlarga biroz yutqazishini tahlil qilish kerak. Bu hol aniq nazorat 
sistemalari uchun filtrlash algoritmlari qatoridan uning ishlash aniqligini va 
hisoblash qurilmasini undan bir necha marta foydalanilganda ham yuklanishni 
hisobga olgan holda eng yaxshisini tanlab olishga imkon beradi. 
Kirish signallarini tekislashga va filtrlashga imkon beruvchi bir qator 
algoritmlarni qarab chiqamiz. 
O‘zgaruvchi o‘rtacha qiymat metodi 
Bu metod amaliyotda keng qo‘llaniladi va o‘lchanayotgan signalni yuqori 
chastotali ta’sirlardan o‘zgaruvchi o‘rtacha qiymatni hisoblash yo‘li bilan 
filtrlashga imkon beradi. Uzliksiz variantda: 
bu yerda 
– o‘zgaruvchi o‘rtacha qiymatning kattaligi, T – o‘rtachalash intervali, 
Z(S) – tekislanuvchi kirish o‘zgaruvchisining o‘zgarishini tavsiflovchi funksiya, S 
– joriy vaqt, t – T, t – integrallash chegaralari. 
Diskret variantda: 


bu yerda n – hisoblashlarda ishtirok etuvchi nuqtalar soni, 
- datchiklarni so‘rash 
davri. 
Hisoblashning keltirilgan metodining kamchiliklariga yig`indisining oraliq 
qiymatlarini saqlash uchun BHMning operativ xotirasi hajmining juda kattaligini 
kiritish mumkin. 
ning qiymati ABTni sonli usullar bilan ishlab chiqish 
bosqichida hisobga olinadi. Optimallashtirish filtrlash xatoligi minimum mezoniga 
ko‘ra amalga oshiriladi. U ta’sirlarning parametrlariga va datchiklarni so‘rash 
mezoniga hamda datchiklarni so‘rash davriga bog`liq. 

Download 296.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling