Texnologik jarayonlarini kompleks mexanizasiyalash
Texnologik jarayonlarini kompleks mexanizatsiyalashtirish vositalarning ishlab chiqarishdagi ahamiyati
Download 400.94 Kb.
|
1-maruza TJKM
Texnologik jarayonlarini kompleks mexanizatsiyalashtirish vositalarning ishlab chiqarishdagi ahamiyatiKorxonalardagi transportlar xizmat qilish joyiga ko‘ra tashqi, ichki va bo‘limlararo transportga bo‘linadi. Tashqi transport fermer xo‘jaliklari bilan korxonalar (iste’molchilar va ta’minlovchilar), bilan aloqa bog’lashga xizmat qiladi. U fermer xo‘jaliklardan korxonaga paxta xom ashyosini, ta’minlovchilardan ishlab chiqarishga zarur materiallarni olib kelish bilan birga korxonalardagi omborlardan tayyor maxsulotlarni (tola, chilit, momiq, va tolali chiqindilarni) iste’molchilarga etkazib ham beradi. Tashqi transport vositasi sifatida avtotransport, temir-yo‘l transporti, havo transporti va ba’zi xollarda suv tarnsportidan ham foydalaniladi. Bo‘limlararo transport vositalari xom ashyoni (materiallarni), bo‘limlararo uzatish va ishlab chiqarish jarayonida hosil bo‘lgan chiqindilarni va tayyor mahsulotlarni belgilangan joyga transportirovka qilishda qo‘llaniladi. Korxona ichida texnologik jarayonlarini uzluksiz ishlashini ta’minlashda davriy va uzluksiz ishlovchi transport vositalaridan foydalaniladi. Davriy ishlovchi transport vositalariga esa turli xildagi konveyrlar, truboprovodlar, truboprovodlar – uzoq masofaga pnevmotransport quvurlar orqali paxta xom ashyosi, tola va tolali chiqindilarni havo yordamida uzatadigan qurilmalar, vositalari orqali amalga oshiriladi. Tashiladigan yuklarning katta qismi korxona tashqi transport vositalari, temir yo‘l va avtomobil transporti, turli xil konveyrlar orqali amalga oshiriladi. Korxonalarda texnika va texnologiyaning rivojlanishi va ular ish faoliyatining takomillashishi natijasida ishlab chiqarish jarayonlarini to‘liq kompleks mexanizatsiyalashtirish, barcha texnologik jarayonni avtomatlashtirishni ta’minlash imkoniyatini yaratib berish. Avtomatlashtirish, korxona transport xo‘jaliklarini to‘xtovsiz va doimo bir me’yorda ishlab turishi kabi muxim omillar samarasini oshiradi. Xozirgi vaqtda korxonalardagi transport vositalari quyidagi muhim vazifalarni bajaradi: Asosiy va yordamchi bo‘ lim va uchastkalarni moddiy-texnika manbalari va xom ashyo bilan ta’minlash. Yuklarni ortish-tushirish va tashish jarayonlarini mexanizatsiya va avtomatizatsiya yordamida bajarish. Transportlovchi vositalardan unumli foydalanish, transport xo‘jaligida band bo‘ lgan ishchilarni mashina va jixozlarni unumdorligini doimo o‘stirib borish bilan birga sarf-harajatlarni kamaytirish. Texnologiya jarayoni va transport xizmati o‘rtasidagi o‘zaro aloqani tashkil etish va ta’minlash. Yuklarni transportirovka qilish yo‘nalishiga qarab transport vositalari gorizontal, vertikal yo‘nalishda xarakatlanishi mumkin. Transport vositalaridan foydalanish, yuk ortish va tushirish ishlari og’ir va sermehnat jarayonlar guruhini tashki etib, ularni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish katta ahamiyatga ega. Korxona ichki transport xizmati ishlarini to‘ g’ri va maqsadga muvofiq tarzda tashkil etish natijasida mahsulot tannarxi pasayib, korxona texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari yanada yaxshilanadi. Download 400.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling