Texnologik jarayonlarini kompleks mexanizasiyalash
Tashish va ko‘tarish transport vositalari to‘g’risida umumiy tushunchalar
Download 400.94 Kb.
|
1-maruza TJKM
Tashish va ko‘tarish transport vositalari to‘g’risida umumiy tushunchalarYangi o‘quv rejasiga asosan ushbu kurs PDI mutaxassisligi uchun kiritilgan bo‘lib, bundan asosiy maqsad-paxta tozalash sanoatida qo‘llanilayotgan transport vositalari, ularni asosiy ko‘rsatkichlarini o‘rganish va bajarilayotgan barcha operatsiyalarni mexanizmlar yordamida bajarishga erishish yo‘llari, hozirgi kunda mexanizatsiya darajasini ko‘tarishdagi asosiy yo‘nalishlarni o‘rganishdan iborat. Bizga ma’lumki, paxta tozalash sanoatida barcha texnologik jarayonda bajariladigan operatsiyalar majmuasini ko‘p qismi qo‘l mexnati asosida amalga oshiriladi. Bugungi kunda ularni mexanizatsiyalash darajasi qariyib 40-50% ni tashkil etadi. Texnologik jarayonni uzluksiz amalga oshirishni to‘la ta’minlash uchun mavjud operatsiyalarni mexanizatsiyalar yordamida bajarish holatiga mehanizatsiyalash deb ataladi. Ayniqsa, paxtani g’aramga bosish va uni saqlash jarayonidagi ko‘p ishlar qo‘l mehnati asosida amalga oshiriladi. Shu sababli bu masalalarni amalga oshirishda va hal etishda albatta bugungi kunda mavjud bo‘ lgan mexanizatsiya vositalarini chuqur o‘rganish va amalga oshirishlik kerak bo‘ lgan vazifalarni aniq hal etish zarurdir. Shuning uchun ushbu masalalarni hal etishda “Ishlab chiqarish jarayonlarini kompleks mexanizatsiyalash” fani katta rolь o‘ynaydi. PTS da asosiy mexanizatsiya vositalari quyidagi bo‘limlarga ajralgan bo‘ladi: chigitli paxtani, tolani, tola chiqindilarini ko‘tarish-tashish vositalariga; Texnologik jarayonini uzluksiz amalga oshirishda uni ta’minlab beruvchi transport vositalariga; Asosiy va qo‘shimcha bo‘limda joylashgan texnologik mashinalarni normal ishlashini nazorat qiluvchi transport vositalari; Tayyorlov punkitlarida paxta tashish va uni joylash uchun ishlatiladigan transport vositalari: (PП; PБД; ПЛA; XПП; TT) bo‘ linadi. Ishlab-chiqarish jarayonlarini kompleks mexanizatsiyalash va avtomatlashtirishda barcha masalalarni hal etish uchun juda katta miqdorda mablag’ hamda kerakli materiallar ta’lab etiladi. Shuning uchun bu ishlarni ma’lum rejalashtirish asosida amalga oshirish zarurdir. Ushbu rejani tuzishda albatta texnologik jarayonni xususiyatini to‘liq o‘rganish zarurdir, hamda avtomatlashtirish va mehanizatsiyalashtirish transport vositalarini samaradorlik ko‘rsatkichlarini bilish kerak. Samaradorlik ko‘rsatkichi asosiy parametr hisoblanib, u o‘z tarkibiga asosiy va qo‘shimcha ko‘rsatkichlarni oladi, masalan (1-rasmda mexanizm va avtotransport vositalarining samaradorlik ko‘rsatkichi tasnifi, 2-rasmda esa kompleks mexanizatsiya vositalarini tasniflari keltirilgan). Download 400.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling