O‘lchashning qo‘pol xatoligi deyilganda berilgan shartlar bajarilganda yuz beradigan, kutilgan natijadan tubdan farq qiladigan o‘lchash xatoligi tushuniladi. Tasodifiy xatolik deyilganda faqat bitta kattalikni qayta-qayta o‘lchash mobaynida tasodifiy o‘zgaruvchi o‘lchash xatoligi tushuniladi. Tasodifiy xatolikning borligini faqat bitta kattalikni bir xil sinchkovlik bilan qayta-qayta o‘lchangandagina sezish mumkin. - Turli o‘lchov asboblari uchun Davlat standartida turli aniqlik sinflari qabul qilingan. Ular asbobning siferblatida ko‘rsatilgan. Masalan, shkalasi 0—100°С dan iborat bo‘lgan logometrni darajalash natijasida mutlaq xatolikning quyidagi qiymatlari olingan:
- Shkalasi belgisi, °С . . . 0 20 40 60 80 100
- Mutlaq xatolik, ∆х, °С ... 0,4 1,6 1,0 0,4 0 - 0,6
- Bu yerda, logometrning keltirilgan xatosi
-
- Yuqorida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra aniqlik sinfini 2,0 ga teng deb olamiz (yaxlitlash kattalashtirish tomon olib boriladi).
- Yo‘l qo‘yiladigan xatoliklari chegaralari foizlarda ifodalanadigan nisbiy xatoliklardan iborat asboblarning aniqlik sinflari qavs ichida yozilgan sonlar bilan belgilanadi (masalan, 5%), bu sonlar yo‘l qo‘yiladigan asosiy nisbiy xatoliklar qiymati bilan ustma-ust tushadi.
- Masalan, 2,5 aniqlik sinfidagi, shkalasi 0—100 mV bo‘lgan millivoltmetr uchun shkalaning ixtiyoriy belgisida asosiy nisbiy xatolik ±2,5% dan oshmaydi, ya’ni shkalaning ixtiyoriy belgisida mutloq xatolik (mV larda)
- bu yerda, Хк — asbobning ko‘rsatishi.
- O‘lchash uchun asbob tanlashda uning aniqlik sinfi asosiy chegaraviy mutloq xatolik bilan aniqlanishini e’tiborga olish lozim, bu xatolik shkalaning turli belgilarida nisbiy xatolikning turli qiymatlariga mos keladi.
- Masalan, shkalasi 0...150 mV va aniqlik sinfi 1,5 bo‘lgan millivoltmetr uchun asosiy chegaraviy mutloq xatolik 2,25 mV ga teng bo‘lib, shkalaning 25 va 100 mV belgilarida nisbiy xatolik tegishlicha quyidagiga teng bo‘ladi (% larda):
- Nisbiy xatolikni kamaytirish maqsadida o‘lchash asbobi shkalasining yuqorigi chegarasini shunday tanlash lozimki, o‘lchanayotgan kattalikning kutiladigan qiymati (ko‘rsatishi) uning oxirgi uchinchi qismida (yoki oxirgi yarmida) joylashishi maqsadga muvofiq.
Do'stlaringiz bilan baham: |