Texnologik chizmalarda texnologik jarayonning xarakterini ifodalaydigan ko`rinishda agregatlar soddalashtirib ko`rsatiladi; bunda masshtabga e’tibor berilmaydi; lekin agregatlarning shakli taxminan o`xshash bulishi kerak. - Texnologik chizmalarda texnologik jarayonning xarakterini ifodalaydigan ko`rinishda agregatlar soddalashtirib ko`rsatiladi; bunda masshtabga e’tibor berilmaydi; lekin agregatlarning shakli taxminan o`xshash bulishi kerak.
- Texnologik chizmalar, odatda, chapdan o`ngga qarab o`qiladi. Apparatlarni ifodalaydigan chiziqlarning qalinligi 0,2 ... 0,3 mm bo`lishi kerak. Chizmada har bir apparat belgilanib ko`rsatiladi. Agar apparatlar raqamlar bilan belgilangan bo`lsa, u holda uskunalarni ko`rsatuvchi jadval (eksplikatsiya) beriladi.
- Texnologik quruvlarni avtomatlashtirishning printsipial chizmasida suyuqlik, bug` va gaz uchun mo`ljallangan quruvlar shartli belgilar asosida ifodalanadi. Ularning ba’zilari 21.1-jadvalda keltirilgan. quruv chiziqlarining uzilishida yonma – yon raqamlar orasidagi masofa 50 mm dan kam bo`lmasligi kerak.
Agar texnologik chizmada nazarda tutilmagan suyuq yoki gazsimon muhitlarning belgilari uchrasa, boshqa raqamlardan foydalanish mumkin, faqat bu holda chizmaning bir chetida qabul qilingan shartli belgilarga izoh berilishi kerak. - Agar texnologik chizmada nazarda tutilmagan suyuq yoki gazsimon muhitlarning belgilari uchrasa, boshqa raqamlardan foydalanish mumkin, faqat bu holda chizmaning bir chetida qabul qilingan shartli belgilarga izoh berilishi kerak.
- Chizmlarni o`qishni osonlashtirish maqsadida truboprovod belgilariga modda yo`nalishini ko`rsatuvchi strelkalar qo`yiladi, shuningdek, chizmada printsipial vazifaga ega bo`lgan to`suvchi moslamalarning belgilari ham beriladi. Truboprovod belgi chiziqlarining kengligi 0,6... 1 mm bulishi kerak.
Avtomatlashtirishning printsipial chizmasida texnologii jarayonni avtomatik boshqarish vositalarining hammasi shartli ravishda ko`rsatiladi. Printsipial chizmalarda avtomatlashtirish vositalarining shartli tasvirlari GOST 21.404 – 85 talablari asosida bajariladi (21.2, 21.3, 21.4-jadvallar). - Avtomatlashtirishning printsipial chizmasida texnologii jarayonni avtomatik boshqarish vositalarining hammasi shartli ravishda ko`rsatiladi. Printsipial chizmalarda avtomatlashtirish vositalarining shartli tasvirlari GOST 21.404 – 85 talablari asosida bajariladi (21.2, 21.3, 21.4-jadvallar).
- Avtomatlashtirish printsipial chizmasining pastki qismida boshqarish shchiti va pulьtiga montaj qilinadigan nazorat va avtomatika asboblari ko`rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |