Agar printsipial chizmalarda chiziqlar ko`payib ketsa, adres usulidan foydalaniladi, bunda joyiga o`rnatilgan asboblarda, ko`rsatilgan gorizontal chiziqdan 40... 80 mm masofada, bog`lanish yo`llari uziladi. Xuddi shu masofada o`lchash uchun impulьs olish joyi va ijro etuvchi mexanizmlar o`rnatilgan yerdan bog`lash chiziqlari uziladi. Bog`lash chiziqlarining raqamli adreslari qo`yi va yuqori uzunliklarga mos ikkita gorizontallarda joylashadi. Uzilish yerlarida chapdan ungga tartib bilan ortib boradigan qilib nomerlar yoziladi. Nazorat – o`lchash asboblarining to`g`ri tanlangani haqida oldindan fikr yuritish maqsadida bog`lash chiziqlarining quyi kesmalari yonida o`lchanayotgan texnologik parametrlarning eng yuqori miqdorlari ko`rsatiladi. Bundan tashqari, bu ma’lumotlardan o`lchash asboblarining shkalasini tanlaganda foydalanish mumkin. - Agar printsipial chizmalarda chiziqlar ko`payib ketsa, adres usulidan foydalaniladi, bunda joyiga o`rnatilgan asboblarda, ko`rsatilgan gorizontal chiziqdan 40... 80 mm masofada, bog`lanish yo`llari uziladi. Xuddi shu masofada o`lchash uchun impulьs olish joyi va ijro etuvchi mexanizmlar o`rnatilgan yerdan bog`lash chiziqlari uziladi. Bog`lash chiziqlarining raqamli adreslari qo`yi va yuqori uzunliklarga mos ikkita gorizontallarda joylashadi. Uzilish yerlarida chapdan ungga tartib bilan ortib boradigan qilib nomerlar yoziladi. Nazorat – o`lchash asboblarining to`g`ri tanlangani haqida oldindan fikr yuritish maqsadida bog`lash chiziqlarining quyi kesmalari yonida o`lchanayotgan texnologik parametrlarning eng yuqori miqdorlari ko`rsatiladi. Bundan tashqari, bu ma’lumotlardan o`lchash asboblarining shkalasini tanlaganda foydalanish mumkin.
GOST 21.404-85 bo`yicha asbobning shartli belgilanishini ifodalash printsipi. - Avtomatlashtirishning printsipial chizmasini o`qishni osonlatish maqsadida asboblar va rostlagichlarning shartli ifodasida kirish signallarini tepadan, chiqish sinallarini esa pastdan ulagan ma’qul. Agar chizmada bir xil xarakteristikali joyiga o`rnatilgan asboblar ko`p marotaba qaytarilsa, u holda «Mahalliy asboblar» to`rtburchagiga faqat bitta asbob belgilanishini chizishga ruxsat beriladi (bu birinchi navbatda manometrlarga tegishli) bunday asboblarning pozitsiya nomerlari ko`rsatiladi. Bu hollarda ayrim qurilmalardan chiqqan bog`lanish yullarini birlashtirish maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, bir necha datchikdan chiqib, signal bitta ikkilamchi asbobga borganda (masalan, agar bir nechta qarshilik termometrlari bitta ko`prik bilan ishlaganda) ham yo`llarni birlashtirib ko`rsatish mumkin. Avtomatik asboblarning kontaktlari signal berish, blokirovkalash va himoya kabi elektr chizmalarida ishlatilsa, u holda bog`lash yo`llari bitta gorizontal chiziqda birlashtiriladi va unga masalan, «Boshqarishning elektr chizmasi», «Signal berish chizmasi» kabi yozuvlar yoziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |