Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishning asosiy tushunchasi
Download 249.86 Kb.
|
Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish
Texnologik sxemada I to`plam mahsulotni qayta ishlashga uzatishdagi notekisliklarni (har xilliklarni) yo`qotish uchun mo`ljallangan, II to`plam esa to`plovchi bo`ladi. Avtomatlashtirish sxemasi undagi sathni ikki pozitsiyali rostlash uchun mo`ljallangan. (Yuqori) sath 1 – 1 va (pastki) sath 1– 2 datchiklari mahsulotning to`plagichga uzatilishini boshqaruvchi elektromagnit klapan 1 – 4 ga ta’sir qiluvchi pozitsion rostlovchi qurilma 1 – 3 ga signal beradi. Nasos IV ishlov berish uchun uzatiladigan mahsulotning temperaturasini barqarorlashtirish vazifasini ART ta’minlaydi, unga 2 – 1 datchik, ko`rsatuvchi va rostlovchi asbob 2 – 2, ijro etuvchi mexanizm 2 – 4 va rostlovchi organlar 2 – 5 kiradi, u issiqlik eltgichni III issiqlik almashtirgichga uzatilishini o`zgartiradi. ARTda rostlovchi organning shchitda o`rnatilgan masofadan turib boshqarish paneli 2 – 3 vositasida boshqarish ko`zda tutilgan.
Mahsulot sarfini barqarorlashtirish ARTda truboprovodda o`rnatilgan datchik 4 – 1 dan kelayotgan signal oraliq o`zgartkich 4 – 2 orqali ko`rsatuvchi, o`ziyozar va rostlovchi 4 – 3 asbobga keladi. Qaralayotgan konturda sarflanish kattaligi rostlovchi klapan 4 – 6 ning ochiqlik darajasiga bog`liq bo`lgan oqimni drossellash darajasi bilan belglanadi.
Download 249.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling