Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish


Separatsiyalash uzelining tavsifi


Download 3.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/73
Sana08.08.2023
Hajmi3.27 Mb.
#1665777
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   73
Bog'liq
Yusufbekov loyhalash

Separatsiyalash uzelining tavsifi
Bug‘ suyuqlik aralashmasini gazsimon va suyuq fazalarga ajratish uchun 
oddiy separator modellashtiriladi.
Texnologik uzelning sxemasi 22.3-rasmda keltirilgan.
Sovuq butan-geksanli aralashma moyli issiqlik almashtirgichga uzatiladi, 
u yerda separatorga kirishidan oldin aralashma dastlabki isitiladi.
Separator bug4 suyuqlik aralashmasi kom ponentlarini, asosan, aralash- 
m aning ancha yengil kom ponentini bosim pasayganda bug‘lanish hisobiga 
ajratish imkonini beradi. Bug' separatorning tepasidan bosim rostlagich 
klapani orqali, suyuq faza esa pastdan sath rostlagich klapani orqali 
chiqariladi.
Boshqarish prinsiplari
Sovuq butan-geksan aralashmasi T - l issiqlik almashtirgichiga uzatiladi
u yerda issiqlik eltgich oqimi bilan isitiladi (issiq moy yoki boshqa neft 
mahsuloti). Issiqlik almashtirgichdagi aralashma sarfini FIRK-100 rostla­
gichi ta ’minlab turadi, uning klapani aralashmani issiqlik almashtirgichdan 
S -l separatorga truboprovod (uzatish quvuri) da joylashgan. TIR-300 
datchigi T - l ga kirishda aralashmaning haroratini, M R-500 analizatori esa 
dastlabki aralashmadagi butan miqdorini nazorat qiladi.
T -l dan chiqishda aralashmaning haroratini TIRC-301 asbobi tartibga 
solib turadi, u issiqlik eltgichning issiqlik almashtirgichga sarfini bosh- 
qaradi.
Isitilgan aralashma S -l separatorga uzatiladi, u yerda u bug‘ga (gazga) 
va suyuqlikka ajraladi.
G az separatorning yuqori qismidan chiqarib tashlanadi. PIRC-220 
rostlagichi D -l dagi bosimni gazlarni chiqarib tashlash quvuridagi klapan 
yordam ida ushlab turadi. F I R - 120 datchigi gaz sarfini oichaydi, AIR-520 
analizatori gaz fazasidagi butan miqdorini nazorat qiladi.
Suyuq faza separatorning tubi orqali separatorda berilgan sathni 
ta ’minlab turuvchi LIRC-410 rostlagichi klapani joylashgan quvur bo ‘yi- 
cha chiqariladi. TIR-310 datchigi — separatordagi haroratni, FIR-110 
datchigi — separatordan ketayotgan sarfni, AIR-510 analizatori — suyuq 
fazadagi butan miqdorini nazorat qiladi.
Ish diapazoni chegarasidan jarayonning asosiy o ‘zgaruvchilari chiqib 
ketganda, ogohlantiruvchi yoki avariya signalizatsiyasi ishlab ketadi.
Bosimni avariya paytida pasaytirish uchun S -l separatori boypasida 
N S-010 rostlanuvchi qulfi bo ‘lgan saqlagich klapan ko‘zda tutilgan.
Saqlash klapani bosim 3 kg/sm 2 bo ‘lganda ochiladi.



Download 3.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling