Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish
M e’yordagi to‘xtatish. Umumiy mulohazalar
Download 3.27 Mb. Pdf ko'rish
|
Yusufbekov loyhalash
- Bu sahifa navigatsiya:
- Texnologik uzelning tavsifi
- Boshqarish prinsiplari
M e’yordagi to‘xtatish. Umumiy mulohazalar. „ M e ’yordagi to ‘x tatish “
mashqining maqsadi-separatorni to ‘g‘ri va havfsiz o ‘chirish bo ‘yicha hara- katlarning zarur ketma-ketligini o ‘rganish. Separatsiyalash uzelini to ‘la t o ‘xtatish o d atd a asosiy qurilm ani ta ’mirlashni o‘tkazish uchun yoki ishlab chiqarish zarurati bilan amalga oshiriladi. T o ‘xtatishni boshlashdan oldin separator ishi bilan bog‘liq qurilmalar operatorlariga separator to'xtatilishi haqida habardor qilish zarur. Texnologik uzelning tavsifi Qarshi oqimli issiqlik almashtirgichda bir oqimning (mahsulotning) isishi jarayoni ikkinchisining (issiqlik eltgichning) sovushi hisobiga model- lashtiriladi. Isitilayotgan mahsulot sifatida sovuq suv, issiqlik eltgich sifatida esa issiq suvdan foydalaniladi. Texnologik uzelning sxemasi 22.4-rasmda keltirilgan. G ‘ilof quvurli issiqlik almashtirgich quvurlar dastasi va quvurni o ‘rab turgan qobiqdan iborat. Suyuqliklar issiqlik almashtirgichning bu ikki qismi b o ‘ylab o ‘tib, quvurlarning sirti orqali o ‘zaro issiqlik almashinadilar. M ahsulot nasos yordam ida T - l issiqlik alm ashtirgich quvurlariga, issiqlik eltgich esa, boshqa nasos bilan uning korpusiga uzatiladi. Issiqlik eltgich T -l ga oqib kiradi va quvur dastasida m ahsulot oqimiga qaram a- qarshi yo‘nalishda harakatlanadi. Oqimlarning qaram a-qarshi yo‘nalishi issiqlik almashinuvining yanada yuqori tezlikda b o ‘lishini ta ’minlaydi, bu esa issiqlik almashtirgichning o ‘lcham larini minimallashtirishga imkon beradi. Isigan m ahsulot issiqlik almashtirgich quvurlarining issiqlik eltgich kirgan uchidan oqib chiqadi, sovitilgan issiqlik eltgich esa issiqlik almashtirgichning m ahsulot oqib kiradigan tom onidan chiqadi. Boshqarish prinsiplari Issiqlik almashtirgichni boshqarish vazifasi isitish jarayonini qurilm a ning xavfsizligi va undan sam arali foydalanish talablariga m uvofiq o ‘tkazishdan iborat. Mahsulot N -1/A ,B nasosi yordamida T -l issiqlik almashtirgichining quvurlar dastasiga uzatiladi. Mahsulotning sarflanishini boshqarishni issiqlik almashtirgichga tom on liniyadagi FV-100 klapani yordamida FIRC-100 rostlagichi amalga oshiradi. Mahsulotning haroratini TIR-300 asbobi o‘lchaydi. Issiqlik eltgich T - l issiqlik almashtirgichiga N -2/A ,B nasosi yordamida uzatiladi. Issiqlik almashtirgichga kirayotgandagi uning harorati TIR-310 asbobi yordamida o ‘lchanadi. T -l issiqlik almashtirgichdan chiqishda qizigan mahsulotning berilgan haroratini TIRC-330 rostlagichi ta ’minlab turadi, u FIR C -110 asbobi uchun sarf miqdorini o ‘zgartirib, T - l ga kelayotgan issiqlik eltgich oqimini kaskadda boshqaradi. FIRC -110 rostlagich FV-110 klapan yordamida issiqlik eltgichning talab etilayotgan sarfini ta ’minlaydi, bu klapan issiqlik almashtirgichga issiqlik eltgichni uzatish quvurida joylashgan. T - l dan chiqarilayotgan sovitilgan issiqlik eltgichning haroratini TIR-320 datchigi nazorat qilib turadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling