Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish


- §. AVTOMATLASHTIRISH TIZIMLARINING


Download 3.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/73
Sana08.08.2023
Hajmi3.27 Mb.
#1665777
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   73
Bog'liq
Yusufbekov loyhalash

21.11- §. AVTOMATLASHTIRISH TIZIMLARINING 
TEXNIK-IQTISODIY SAMARADORLIGI
Texnologik obyektlarni avtom atlashtirish ularning texnik-iqtisodiy 
ko‘rsatkichlarini 3—5 % ga orttirib, maqsadga qaratilgan mahsulotni olishda 
ko‘p m ehnat talab qilishlik darajasini ancha kamaytirishga (30—40% ga) 
olib keladi.
Ikkinchi tom ondan, uni amalga oshirish uchun qo‘shimcha kapital 
m ablag‘lar talab qilinadi. M asalan, kimyoviy va unga yaqin sanoat 
tarm oqlarida avtom atlashtirishga ketadigan xarajatlar TOB qurilmalari 
tannarxining 35 % ini tashkil etadi.
A vtom atik tizim lar (AT) ni joriy qilish sam aradorligining asosiy 
ko‘rsatkichi — ularning o ‘zini qoplay olish m uddati hisoblanadi:
T = ( К + A) / E, 
(21.18)
bu yerda: 
T
 
— o ‘zini qoplash muddati, yil; 
К
AT ni joriy qilish uchun 
sarflanadigan kapital mablag‘lar (harajatlar), so‘m; A joriy qilingan avto­
matlashtirish qurilmalari tannarxidan ajratilgan amortizatsiya toiovlari, so‘m; 
E

shartli — yillik iqtisodiy samara, so‘m/yil.
Iqtisodiy samara avtomatlashtirish b o ‘yicha aniqlanadi:
E = (S { — S 2) /P , 
(21.19)
bu yerda: 
S{, S2 
maqsadga qaratilgan mahsulot birligining avtomatlashtirishdan 
oldingi va keyingi tannarxi, so‘m; 
 
— maqsadga qaratilgan mahsulotning 
avtomatlashtirishdan keyin yillik ishlab chiqarish.
Kimyo korxonalari mahsuloti tannarxining asosiy bandi (50—80 %) 
xom ashyo tannarxi ekanini hisobga olib, asosiy e ’tiborni maqsadga 
qaratilgan mahsulot birligiga to ‘g‘ri keladigan xomashyo solishtirma sarfini 
pasaytiruvchi avtomatlashtirish vositalarini joriy qilishga qaratish zarur.
0 ‘zini qoplash m uddatining teskari kattaligi iqtisodiy samaradorlik 
koeffitsiyenti hisoblanadi:
 = 1 / Т = (S{ - S 2) ■
P /(K + A) 
(21.20)
K eltirilgan form ulalar b o ‘yicha aniqlangan sam aradorlik k o ‘rsat- 
k ich in in g qiym atlari norm ativ qiym atlar bilan taqqoslanadi va natijaga 
asoslanib, 
AT ni joriy qilishning 
maqsadga muvofiqligi haqida xulosa


chiqariladi. Kimyoviy korxonalarda AT ning o ‘zini qoplashining normadagi 
muddati taxm inan uch yilni tashkil etadi.
Iqtisodiy samaradorlikning AT ni joriy qilishga ketadigan kapital 
xarajatlarga bog‘liqligi 21.19-rasmda keltirilgan.
Bog‘lanishni tahUl qilish shuni ko‘rsatdiki, birinchi bosqichda (K0 — Kt) 
iqtisodiy vositalar majmuasiga ozgina xarajatlar qilinganda, iqtisodiy 
samaradorlik S { tannarxning ortishi va oddiy boshqarish funksiyalarining 
(nazorat, signalizatsiya va hokazo) avtomatlashtirilishining samaradorligi 
ju d a kichik b o ‘lganidan iqtisodiy sam aradorlik m anfiydir. K apital 
mablag‘larning m a’lum qiymatidan boshlab ( Kt) boshqarish vazifalari va 
masalalarini kengaytirish AT ning samaradorligini keskin o ‘sishiga olib 
keladi, dem ak yanada takom illashgan texnik vositalar m ajm uasidan 
foydalanish hisobiga iqtisodiy samarani ham oshiradi. Takomillashtirishning 
bu bosqichida AT eng katta samara beradi. Bu bosqich uzoq davom etmaydi. 
U kapital harajatlaming K2 qiymatigacha davom etadi. Kapital xarajatlarning 
b u n d an keyingi ortishi (K2 — K3) AT ni jo riy qilishning iqtisodiy 
samaradorligini bunchalik keskin oshirmaydi, kapital xarajatlarning m a’lum 
qiym atidan boshlab ( ^ 3), boshqarishning vazifalarini bun d an keyingi 
kengaytirish juda oz darajada samara beradi, natijada tizim ning iqtisodiy 
samaradorligi tusha boshlaydi. Bu boshqaruvning funksiyalari va vazifa- 
larining takrorlanishi, xodimlarga beriladigan texnologik axborotning haddan 
tashqari ko‘pligi, AT ning murakkabligi, demak ishonchsizligi, boshqarish 
funksiyalarini avtomatlashtirish bilan tushuntiriladi, ularni fan va texnika 
rivojining erishilgan darajasida texnik personalga qoldirish maqsadga muvo- 
fiqdir. K4 qiym atdan boshlab, texnik vositalar m ajm uasini m urak- 
kablashtirish, ko‘rsatilgan sabablarga ko‘ra, iqtisodiy sam araning manfiy 
qiymatiga olib keladi.
Bog‘lanishni tahlil qilish shuni ko‘rsatdiki, har bir BTO uchun eng 
ko‘p iqtisodiy samara beradigan AT tanlab olish mum kin. Bunda kapital 
harajatlar K3 ni tashkil etadi.
TAYANCH S O ‘Z VA IBO RALAR
Texnik loyiha; ishchi hujjat; ishchi chizma; prinsipial elektrik sxema; 
prinsipial pnevmatik sxema.
N a zo ra t savollari
1. Avtomatlashtirishni loyihalashning vazifalari nimalardan iborat?
2. Avtomatlashtirish tizimlarini loyihalash bosqichlarini bayon eting.
3. Ishchi chizma nima?
4. Texnologik obyektlami avtomatlashtirish darajasi qanday aniqlanadi?
5. Prinsipial elektr sxema deganda nima tushuniladi?
6. Prinsipial pnevmatik sxema deganda nima tushuniladi?
7. TJABT ni yaratish prinsiplari haqida so‘zlab bering.
8. TJABT ni ishlab chiqish bosqichlari va pog‘onalari haqida nimalami bilasiz?


9. Texnik topshiriq, texnik loyiha, ishchi hujjatlar deganda nima tushuniladi?
10. Moslashuvchi avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish nima?
11. Avtomatik loyihalash tizimlari haqida nimalarni bilasiz?
12. ALT ni ta ’minlash vositalari nimalardan iborat?
13. Avtomatlashtirish tizimlarining ishonchliligi nima?

Download 3.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling