Texnologik jarayonni boshqarishning avtomatlashtirilgan sistemasi - Texnologik jarayonni boshqarishning avtomatlashtirilgan sistemasi (TJBAS) sanoat ishlab chiqarishida ma'lum texnologiyaga muvofiq o’tadigan murakkab jarayonni boshqarish uchun qo’llaniladi. TJBASning vazifasi boshqariluvchi texnologik оbyекtgа bo’ladigan boshqaruvchi ta'sirni berilgan mezonga muvofiq tayyorlash va uni amalga оshirishdan iborat. Masalan, paxta zavodlarida boshqarish mezoni yoki boshqarish maqsadi unumdorlikni yoki tоlа chiqishi eng ko’p, mahsulot narxi eng arzon bo’lishiga erishishi kabi talablar TJBAS bajarishi lozim bo’lgan alohida vazifa hisoblanadi.
Xabarlashuvchilik vazifasi - Xabarlashuvchilik vazifasining maqsadi texnologik obyektning holati to’g’risidagi ma'lumotlarni yig’ish, ishlov berish va saqlab turishdan, ularni operator xodimlarga ma’lum qilish yoki keyingi qayta ishlashga uzatishdan iborat bo’ladi. TJBASning xabarlashuvchilik vazifasi texnologik obyekt holatining markazlashtirilgan kuzatish sistemasini tuzish uchun foydalaniladi.
Boshqaruvchilik vazifasi - Boshqaruvchilik vazifasining maqsadi esa texnologik obyektga maqsadga muvofiq boshqaruvchi ta'sir ko’rsatishdan iborat bo’ladi.
- TJBASning bu ikki vazifasi kam deganda quyidagi texnik vositalardan iborat bo’ladi: markazlashtirilgan nazorat; yondosh va yuqori sistemalar bilan boshqarish axborotlarining almashinuvi, texnologik jarayonning rasional ish holatlarida o’tishini ta'minlash; boshqaruvchi signallarni tayyorlash va ijrochi mexanizmlarga uzatish va boshqalar.
Texnologik jarayonlarni avtomatik boshqarish sistemalari - Avtomatik rostlash sistemasining strukturasi
- Har bir texnologik jarayon texnologik kattaliklar deb ataladigan o’zgaruvchan fizik va kimyoviy kattaliklar (bosim, temperatura, namlik, konsentratsiya va hokazolar) bilan xarakterlanadi. Quyidagi sxema bo’yicha avtomatik rostlash sistemasi elementlarini ko’rib o’tamiz.
Avtomatik rostlash sistemasining bir konturli berk funsional sxemasi. - Avtomatik rostlash sistemasining bir konturli berk funsional sxemasi.
Texnologik jarayonlarning avtomatlashtirilgan boshqarish sistemalari - Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish ikki turdagi avtomatik sistemalarni rivojlanishi bilan bog’liq.
- Birinchi turdagi sistemada agregat, texnologik maydon, sex yoki butun ishlab chiqarish jarayoni avtomatlashtiriladi.
- Ikkinchi turdagi avtomatlashtirish sistemasi esa tashkiliy-iqtisodiy jarayonlar yoki ishlab chiqarish birlashmalari hamda tarmoqlari respublika miqyosidagi jarayonlarni boshqarish bilan bog’liq.
- Birinchi tur avtomatlashtirish sistemalari TJ ABSlari yaratilgandan so’ng lokal avtomatlashtirish sistemalari deb yuritila boshladi.
- Texnologik jarayonlarni lokal avtomatik boshqarish sistemasiga quyidagilar kiradi: kontrol, rostlash, stabillash, programmali boshqarish, signallash, blokirovka, texnologik agregatlarni avariyadan himoyalash sistemalari.
TJ ABS funksiyasi, strukturasi va klassifikatsiyasi. - TJ ABS informatsion, boshqaruvchi va yordamchi funksiyalarga bo’linadi.
- Texnologik boshqarish sistemasi - holati to’g’risidagi informatsion to’plash, qayta ishlash va saqlash, hamda bu informatsiyani operativ personalga yoki keyingi qayta ishlashga uzatish TJ ABSsini informatsion funksiyasi deb ataladi. (Masalan, operator chaqirig’i bo’yicha asosiy texnologik kattaliklarni o’lchash, qayd qilish, ularni berilgan qiymatlardan o’zgarishini aniqlash, avariya holatlarini signallash).
TJ ABS boshqarish funksiyasi - bu TBO ga yo’naltirilgan boshqaruvchi ta’sirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishdir. Bularga texnologik reglament bo’yicha jarayon kattaliklari qiymatini stabillash, jarayon rejimini programmali o’zgartirish, optimal boshqarish, signallash va boshqalar kiradi. - TJ ABS boshqarish funksiyasi - bu TBO ga yo’naltirilgan boshqaruvchi ta’sirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishdir. Bularga texnologik reglament bo’yicha jarayon kattaliklari qiymatini stabillash, jarayon rejimini programmali o’zgartirish, optimal boshqarish, signallash va boshqalar kiradi.
- Sistema ichidagi masalalar yechimini ta’minlaydigan funksiyalarga TJ ABSni yordamchi funksiyasi deyiladi. (Masalan, berilgan algoritmni ta’minlash, texnik qurilmalar ishini tekshirish, informatsiyalarni saqlash va hokazo).
Do'stlaringiz bilan baham: |