Texnologik qism


Download 86.5 Kb.
bet1/2
Sana09.06.2023
Hajmi86.5 Kb.
#1469541
  1   2
Bog'liq
Hisobot Ismoilov R





ULTRATOVUSHLI SARF O’LCHASH VOSITALARINING O’LCHASH SXEMALARINI TAHLIL QILISH ORQALI ULARNING METROLOGIK TA’MINOTINI ISHLAB CHIQISH
MUNDАRIJА
KIRISH…….………………………………………………………………………….
I TEXNOLOGIK QISM.

    1. Mashinasozlik sanoati haqida umumiy ma’lumotlar ..…………………………..

    2. Mashina detallari va ularga qo’yiladigan talablar …..………...………………...

    3. Detallardagi nuqsonlarning tasniflanishi ….………………..…………………...

    4. Nuqsonlarni aniqlash usullari ……......…………………...……………………..

II HISOBIY QISM.
2.1 Defektoskoplarning turlari va ishlash prinsiplari ...…………………...………...
2.2 УД2-70 defektoskopi haqida umumiy ma’lumotlar ...............……......................
2.3 УД2-70 ultratovushli defektoskopining ishlash prinsipi ………………………..
2.4 Aviatsiya materiallarida nuqsonlarni hisoblash …………………………………..
III METROLOGIK TАSNIFI.
3.1 УД2-70 defektoskopining texnik xususiyatlari …..……………………………..
3.2 УД2-70 defektoskopining metrologik harakteristikasi …..…………….……….
XULOSА.
FOYDАLАNILGАN АDАBIYOTLАR RO’YXАTI.
KIRISH.
Ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini va TJABT samaradorligini oshirish zarurligi turli moddalar sarfi va miqdorini aniq o‘lchash masalalarini muvaffaqiyatli hal etishni taqozo etadi. Sanoatda sarf o‘lchash tizimlarining qo‘llanishi sarflanayotgan energiya eltuvchilarini (suv, gaz, bug‘, yonilg‘i) hisobga olish va nazorat qilish bo‘yicha ko‘pgina texnik masalalarning hal qilinishini soddalashtiradi, jarayonning eng maqbul rejimini ishlab chiqarishning aniq shartsharoitlariga bog‘liq holda tez aniqlashga imkon beradi.
Mahsulotni hisobga olish jarayonlarida moddalarning sarfi va miqdorini o‘lchash vositalariga juda yuqori aniqlik jihatidan katta talablar qo‘yiladi. Sarf o‘lchash uchun ishlatiladigan asboblar sarf o‘lchagichlar deb ataladi. Moddaning berilgan kanal kesimi orqali vaqt birligi ichida o‘tgan miqdori modda sarfi deyiladi. Sarf o‘lchaydigan asboblar oniy sarfni o‘lchaydi va texnologik rejimlar (ayniqsa uzluksiz jarayonlarda) ishining barqarorligini nazorat qilishga, texnologik jarayonning o‘tishini har bir onda avtomatik ravishda rostlashga va rejimni berilgan yo‘nalishda sozlashga imkon beradi.
Moddaning hajmiy sarfi l/s, m3/s, m3/soat, massa sarfi esa kg/s, kg/soat, t/soat
va hokazolarda o‘lchanadi. Asboblar hisoblagichlar (integratorlar) bilan ta’minlanishi mumkin, unda bu asboblar hisoblagichli sarf o‘lchagichlar deyiladi. Modda miqdorini o‘lchaydigan asboblar hisoblagichlar deb ataladi.
Hisoblagichlar o‘zlaridan o‘tgan modda miqdorini istalgan vaqt (sutka, oy va
hokazo) mobaynida o‘lchaydi. Uning miqdori hisoblagich ko‘rsatkichlari farqi bilan aniqlanadi. Modda miqdori hajmiy (litr, m3) yoki massa (kg, t) birliklarida ifodalanadi. Hisoblagichlar bevosita o‘lchash asboblari bo‘lib, ularning shkalasi bo‘yicha olingan ko‘rsatkichlar qo‘shimcha hisoblashni talab qilmaydi. Sanoatda keng tarqalgan sarf va miqdor o‘lchagichlar ishlash prinsipi va tuzilishlariga ko‘ra bir qancha guruhlarga bo‘linadi. Ishlab chiqarishda suyuqlik, bug‘ va gazlarning sarfini o‘lchaydigan asboblarning quyidagi turlaridan foydalaniladi:
1) bosim farqi o‘zgaruvchan sarf o‘lchagichlar; 2) bosim farqi o‘zgarmas sarf o‘lchagichlar; 3) tezlik bosimi sarf o‘lchagichlari; 4) o‘zgaruvchan sathli sarf o‘lchagichlar; 5) induksion sarf o‘lchagichlar; 6) ultratovush sarf o‘lchagichlar; 7)kalorimetrik (issiqlik) sarf o‘lchagichlar; 8) ionli sarf o‘lchagichlar.
O‘lchanayotgan moddaning turiga ko‘ra sarf o‘lchagichlar suv, mazut ,bug‘,
gaz va hokazolarni o‘lchagichlariga bo‘linadi.
Suyuqlik va gazlarning miqdorini o‘lchaydigan hisoblagichlar quyidagi asosiy
guruhlarga bo‘linadi:
1) hajm hisoblagichlari; 2) tezlik hisoblagichlari; 3) vazn hisoblagichlari.
Quyida texnologik jarayonlarni nazorat qilishda keng tarqalgan usullar va asboblar
ko‘rib chiqilgan.
Quvurlardagi suyuqlik, gaz va bug‘ sarfini bosim farqlari o‘zgaruvchan sarf
o‘lchagichlar bilan o‘lchash keng tarqalgan va yaxshi o‘rganilgan. Sarfni bunday
usul bilan o‘lchash suyuqlik yoki gaz o‘tayotgan quvurda kichik diametrli
to‘siqdiafragma. 1 – rasm,a, soplo 1 – rasm,b, Venturi soplosi 1 – rasm, v va
Venturi quvuri 1 – rasm, g o‘rnatish natijasida hosil bo‘ladigan modda potensial
energiyasi (statik bosimi) ning o‘zgarishini o‘lchashga asoslangan. Kichik
diametrli to‘siq vazifasini bajaruvchi toraytirish qurilmasi quvurga o‘rnatilib,
mahalliy torayishni hosil qiladi. Suyuqlik, gaz yoki bug‘ quvurning kesimi
toraygan joyidan o‘tayotganida uning tezligi oshadi. Tezlikning va, binobarin,
kinetik energiyaning ortishi oqimning kesimi toraygan joyida potensial
energiyaning kamayishiga olib keladi. Bunda to‘siqdan keyingi statik bosim undan
oldingi statik bosimdan kam bo‘ladi. SHunday qilib, modda toraytirish
qurilmasidan o‘tishda bosimlar farqi ΔR =R1—R2 xosil bo‘ladi. Bu bosimlar farqi
oqim tezligi va modda sarfiga mutanosib bo‘ladi. Demak, toraytirish qurilmasi
hosil qilgan bosim farqlari quvurdan o‘tayotgan modda capfining o‘lchovi bo‘lishi
mumkin. Sarfning son qiymati esa difmanometr o‘lchagan ΔR bosimlar farqi



Download 86.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling