Texnologik ta`lim prognostikasi fanidan 1-Maruza Mavzu: Texnologiya ta`limini tadqiq qilishning metodologik asoslari predmerining maqsad va vazifalari


Download 392.11 Kb.
bet48/69
Sana09.01.2023
Hajmi392.11 Kb.
#1085049
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   69
Bog'liq
TEXNOLOGIK TA`LIM PROGNOSTIKASI 2022

Didaktik bo`lim. Bunda amaliy materiallar yorituvchi (sxemalar, jadvallar, rasmlar va sxemalar, jadvallar, rasmlar va boshqalar) didaktik materiallar o`z ifodasini topadi.
Kitob, ilmiy jurnal, ilmiy maqolalar, tezislar to‘plami bilan ishlashning protsessual tizimi. I bosqich – ko‘z yugurtirib chiqish, sarlavhalarni o‘qish. Maqsad – kerakli va qiziqarli materialni tez belgilash. II bosqich – qayd qilingan maqolalarni sinchiklab ko‘rib chiqish. Maqsad–zarur axborotni olish. Agar siz jurnal, to‘plamning tuzilmasini va ruknlarni, o‘zingizga qiziqarli bo‘lgan olimlar va tadqiqotchilarning familiyalarini bilsangiz, muayyan mavzuga oid materiallarni izlash osonlashadi. Jurnal yoki to‘plamga birinchi marta murojaat etishda hoshiyada o‘qib chiqishingiz kerak bo‘lgan maqolalarni qayd qilib qo‘yish foydalidir. Bu bosqichda matnning kerakli joylarining tagiga chizish, ajratish, alohida ma’noli qismlarga bo‘lish, ko‘chirmalar qilishga o‘rganish kerak.
Maqola – bu mustaqil ilmiy tadqiqot bo‘lib, u dolzarb ilmiy muammo bo‘yicha o‘z fikrlarini bayon qilishdir. Maqola ustida ishlashning asosiy bosqichlari. Mavzuning belgilanishi, uning tahlili, reja /tezislarning tuzilishi. Reja/ tezislar asosida maqolaning birinchi variant ustida ishlash. Ishning yakunlanishi, matn tahlili, takomillashtirish, tuzatish
Maqola – ilmiy va uslubiy hamda , ilmiy uslubiy mazmunlarda bo’lib, qara layotgan ilmiy, ilmiy uslubiy va uslubiy muammolarni hal qilish zaruriyati yoki uning dolzarbligi, muammoning qo’yilishi, muammoning echilish yullari va tan lanilishi, muammoning echish tafsiloti, muammoni echishdan olingan natija va yakuniy xulosalarni yoritadigan kichik bir asar hisoblanadi.
2-bosqich. Eksperimental-diagnostik bosqichida o'quv-tarbiya jarayonining mexanizmi, xossalari, o'ziga xos qarama-qarshiliklari, jarayon rivojlanishinnng sifat belgilari, tezligi, shiddatkorligi, darajalari o'rganiladi.
Bu bosqichda hisobga olish eksperimenti bilan bir qatorda anketalash, suhbatlar, o'z-o'zini baholash, reyting baholash, shkalalash, ranglash kabi metodlar orqali dastlabki sinov shakllantirish eksperimentlari o'tkaziladi.
3-bosqich. Tajriba eksperimental bosqichida nazariy va metodik ishlanmalar, yangi darslik o'quv qo'llanmalari, o'qitishning yangi izchil metodlari tekshirib ko'riladi va tegishli aniqliklar kiritiladi.
4-bosqich. Yakunlovchi umumlashtirish bosqichi hisoblanadi. Tadqiqot natijasida olingan natijalar yana bir bor sistemaga solinadi, ishlab chiqiladi, kerak bo'lgan xollarda ilmiy-tadqiqot natijasida olingan metodik yo'riqnomalar, xulosalar qaytadan tekshirib ko'riladi.
Pedagogika muammolariga qaratilgan ilmiy izlanishlar o'tkazishdan maqsad o'qitish va o'rgatish xususiyatlari, samarali usullarni ishlab chiqish va amaliy qo'llash, texnik vositalarini qo'llashga doir masalalarni echishdan iboratdir.
Ilmiy pedagogik izlanishlari jarayonini shartli ravishda quyidagi bosqichlarga bo'lish mumkin:
1. O'qituvchining adabiyotlar o'rganish va amaliy ishlari asosida muammoni aniqlashi.
O'qituvchi adabiyotlarni o'rganishi davomida quyidagilarni aniqlashi kerak.
- o'rganilayotgan muammo to'g'risida adabiyot muallifining fikr - mulohazasi:
-o'rganilayotgan muammo to'g'risida an'anaviy usuldan farqliroq kiritgan takliflari;
- qanday asosiy masalalar adabiyotlar yoritilmagan;
- muammoni echishda keyingi olib boriladigan izlanishlar.
O'qitish jarayonida yuzaga keladigan muammoga quyidagilar kiradi:
- o'qituvchi dars jarayonida qanday qiyinchilikka duch kelish;
- kamchilik va qiyinchiliklarning yuzaga kelish sabablari.
2. Gipoteza qurish, ya'ni o'qitishni bosqichma-bosqich tashkil etish. Faktlar va ularni taqqoslash orqali izlanuvchi asoslangan taklifni beradi.
3. Izlanish natijalarini rasmiylashtirish va o'quv jarayoniga qo'llash.

Download 392.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling