Texnologik ta`lim prognostikasi fanidan 1-Maruza Mavzu: Texnologiya ta`limini tadqiq qilishning metodologik asoslari predmerining maqsad va vazifalari
Download 392.11 Kb.
|
TEXNOLOGIK TA`LIM PROGNOSTIKASI 2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- Monografiya ‐
- Amaliy bo`lim.
Uslubiy kursatma - o’qitish jarayonini biror bir loyihasini bajarishga, jarayon ni komponentini, elementni izohlashga, mustaqil ijodiy faoliyat yuritishga yul-yuriq beruvchi uncha katta hajmda bo’lmagan uslubiy tavsiya yoki usdlubiy asar. Uslubiy kursatmalarni chop etish tartibi ham xuddi uslubiy qullanmalardek, oily ta’lim muassasi tavsiyasi bilan amalga oshiriladi. Uslubiy kursatmada mualif tomonidan taklif qilinfyotgan yoki yul-yuriq kursatmasi asosli ravishda, vaqtga nisbatan unumli, oddiy va ixcham, sifat kurinishiga ega bo’lmog’I lozim.
Monografiya ‐ bir yoki bir nechta mualliflarga tegishli bo`lgan bir yoki bir bir biriga bog`liq bo`lgan bir necha mavzuni chuqur urganishga bag`ishlangan kitob kurinishdagi ilmiy maxsulotdir. Monografiya gazeta yoki jurnallar kabi katta tirajda chiqariladigan nashrlardan farqli, bitta yoki ikkita tomdan iborat kam tirajda bosib chiqariladigan asardir. Monografiyada tanlangan mavzu bo`yicha zamonaviy adabiyotlar o`rganiladi, taxlil qilinadi va ma`lumotlar umumlashtiriladi, hamda ilmni rivojlantirishga xizmat qiluvchi yangi gipoteza,nazariya va kontseptsiyalar ilgari suriladi. Monografiya ilmiy yaratuvchanlik mahsuli bo`lganligi tufayli uning hajmi ma`lum chegara bilan belgilanmaydi. Odatda uning hajmi 120 betdan kam bo`lmaydi. A4 varianta 14 Times New Roman shrifti bilan 1,5 satr oralig`ida yozilganda uning hajmi taxminan besh tabog` varrag`iga to`g`ri keladi. Monografiya keng qamrovli bibliografik ro`yxat va izoxlar bilan yakunlanadi. Uslubiy qullanma‐ tibbiyot amaliyotining muayan yo`nalishi bo`yicha to`plangan tajribalarni umumlashtirishga hamda ularni qo`llash va rivojlantirish bo`yicha tavsiyalarni shakllantiruvchi uslubiy mahsulotning kompleks turidir. Odatda uslubiy qo`llanma mualliflari o`zi va kasbdoshlari amaliy tajribalarini tizimlashtirish, hamda tavsiya qilinayotgan nazariy ishlanma usullarini asoslashda xorijiy tajribani hisobga olish va qo`llash qobiliyatiga ega bo`lgan mutaxasislardir. Uslubiy qullanmaning asosiy vazifasi shifokor va mutaxsislarga nazariy va amaliy xarakterdagi ilg`or bilimlarni orttirish va o`zlashtirishga ko`maklashuvdan iboratdir. Uslubiy qo`llanma tipik tarkibi quyidagilarni o`z ichiga oladi: Kirish. Bunda qo`llanma maqsad va vazifalari, yo`naltirigan mutaxasisliklar va ushbu qo`llanma tufayli olinadigan muayan natijalar o`z ifodasini topadi. Nazariy bo`lim. Odatda, ushbu bo`limda muallifning o`ziga xos xususiyatga ega bo`lgan uslubiy yondashuvi ilmiy amaliy nuqtai nazardan asoslanadi (kerak bo`lgan hollarda mos bo`lgan ishlarga ham ilova beriladi). Amaliy bo`lim. Ushbu bo`limda faktalogik materiallar tizimlashtirilib va klassifikatsiya qilinib beriladi. Amaliy tavsiyalar, usullar bo`yicha xarakterli misollar keltiriladi. Download 392.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling