Texnologik ta`lim prognostikasi fanidan 1-Maruza Mavzu: Texnologiya ta`limini tadqiq qilishning metodologik asoslari predmerining maqsad va vazifalari


TEXNOLOGIK TA`LIM PROGNOSTIKASI FANIDAN


Download 392.11 Kb.
bet55/69
Sana09.01.2023
Hajmi392.11 Kb.
#1085049
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   69
Bog'liq
TEXNOLOGIK TA`LIM PROGNOSTIKASI 2022

TEXNOLOGIK TA`LIM PROGNOSTIKASI FANIDAN


13-Maruza
Mavzu:Tabiiy hamda laboratoriya tadqiqotlari,izlanuvchi va ta`kidlovchi tajriba-sinov ishlari.
Maqsadli reja:
1.Tabiiy hamda laboratoriya tadqiqotlari,izlanuvchi va ta`kidlovchi tajriba-sinov ishlari.
2.Ta'lim-tarbiya jarayonida vujudga kelgan yangi pedagogic.
3. O'zbekiston Respublikasida ta’lim sohasidagi islohotlarning nati­jasi.

Tayanch so’z va iboralar: Ta'lim-tarbiya jarayonini demokratizatsiyalash — bilim beruv­chi va bilim oluvchilarning fuqarolik huquqlarini tenglashtirish, o'quv- chilarda tanlash va o‘z fikri hamda nuqtai nazarini erkin bayon etish sharoitining yaratilishiga olib keladi. Bu 0‘zbekiston Respublikasi­ning asosiy Qonuni —Konstitutsiyasi bilan kafolatlangan me’yorlarga ham muvofiq keladi.




Tajriba-sinov ishlarining mazmuni. Ilmiy tadqiqot ishlarida tajribachilik ishlarining mazmuni tadqiqot rejasidan kelib chiqadi va u tadqiqot ishti rokchilarining qiziqishiga qarab tadqiqotda quyiladigan vazifalarga, tadqiqotning zonasi sharoiti va hususiyatlariga bog’liq holda to’ldirilishi mumkin. Tadqiqot mavzusi kura tadqiqot tajriba sinov ishining vositalari va tajriba cinov ekaperimenti utkazishi kerakli joylar tanlanadi. Tadqiqotning sinov tajriba ishlarining hajmi katta bo’lib, uni tadqiqotni har bir ishtirokchilari bilan tadqiqotchining ishtiroki bilangina bajarish mumkin. Ana shu tadqiqot tajriba sinovlari topshiriqlari ma’lum vaqt mobaynida ma’lum kursatgichlariniu olish bajariladi. Tadqiqot tajriba sinov ishlari uchun tadqiqot mavzularini quyidagi bo’limlar bo’yicha tizimlashtirish mumkin:

  1. Muammo mohiyatiga kura tajriba eksperiment unkazish shart-sharoitlari.

  2. Muammoning echishga qo’yiladigan talablar.

  3. Muammoni echish xususiyatlari bilan tanishish.

  4. Muammoni echishni o’zgaruvchan va o’zgarmaydigan kursatgichlarini asoslash.

  5. Muammoni echishni samarariylik mezonlarini aniqlash.

  6. Samarariylik mezonlari asosida muvofiq kursatgichlarini olish.

Tadqiqotning rejasidagi tajribalar tadqiqotlarning umumiy va hususiy metodikalarini ishlab chiqish uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Tadqiqotchilarning mezon asosidagi tajribachilik metodikasi tadqiqot tajriba-sinov tajribalar xilma-xil bo’lishi, usish va pasayish dinamikasi, sxemalari murakkabroq, takrorlanishlar ko’proq, tajriba davomiyligi uzoqroq bo’ladigan eksperimentga kunikish davriga tezroq o’tishda yordam beradi.
Tadqiqotni tajriba sinov eksperimentlari ishlab chiqarish jarayonlarida va fan sohasida utkaziladigan ilmiy tadqiqot tajriba sinov eksperimentlariga ajratish mumkin. Ishlab chiqarish jarayolarida utkaziladiuan tadqiqotni tajriba sinov eksperimentlari mahsulot yaratishga qaratilgan qishloq xujalik ishlab chiqarish jarayonlarida, sanoat ishlab chiqarishida, tog’kon sanoati, qurilish, transport va boshqa jamiyat ishlab chiqarish jabhalari buyicha turlariga bo’lish mumkin. Xuddi shuningdek, fan sohasida utkaziladigan tadqiqotni tajriba sinov eksperimentlarini ham hodisa, jarayon, predmet, harakat va boshqa qonuniyatlarni ochish va o’rganishga qaratilgan tabiy fundamental taqqiqotchilikda utkaziladigan tajriba sinov eksperimentlariga va urganish va urgatish muloqotlarida ta’lim saviyasini oshirishga qaratilgan tajriba eksperimentlariga ajratish mumkin.
O’quv-tajriba sinovlari ta’limga oid tadqiqotga ta’luqli bo’lgan tajriba sinov eksperimenti bo’lib, u texnologiya ta’limini tadqiq qilishning metodologik asoslari fanini asosi hisoblanadi. O’quv-tajriba sinovlari eksperimenti birinchi galda ta’limiy bilish ahamiyatiga ega bo’ladi. O’quv-tajriba sinovlari eksperimentida tadqiqotchi o’qituvchilar, magistrlar, doktarantlar, talabalar tadqiqotchilar sifatida tadqiqot ishlarini olib borishlari mumkin. O’quv-tajriba eksperimenti urgatish muloqotini, o’qituvchilik kasb sir asrorlarini, kelgusida o’quvchilarga dars berish mahoratini, etuk mahoratli bulishga intilish va bu ishlardan tegishli tajriba ma’lumotlarini tahlil qila olishlari va ulardan tegishli xulosalar chiqara bilishlari uchun xizmat qiladi. Shu bilan birga utkazilayotgan tadqiqot tajribalari ta’lim maqsadiga ham ega bo’lishi, te­gishli sharoitlarda ilmiy uslubiy umumlashmalarning asosiga aylanishi lozim. Ta’limning ish amaliyoti ilmiy tadqiqot mavzular uchun tajriba­lar eng muhim ekanini ko’rsatmoqda. Ma’lumki, ta’limda bir xillikka yo’l qo’yib bo’lmaydi. Chunki, tavsiya etilgan o’qitishni usul va formalari ba’zan ijobiy samara beradi, ba’zan, o’qitish usullarini almashtirishga to’g’ri kelishi mumkin. Buni icboti sifatida, oily ta’limda texnologiya ta’limi bakalavriat yunalishi buyicha o’qituvchi tayyorlashga muljallangan o’quv rejasidagi yazariy yoki amaliy fanlarni, mutaxassislik yoki mutaxassislikka yordamchi fanlarni o’qitish jarayonida o’qitishning amaliy saviyasini oshirish maqsadida utkazilgan ilmiy tadqiqot tajriba eksperimenlari natijasila kurishimiz mumkin. Ya’ni bunda tajiba sinovi o’qitishnin eng muvofiq usulini toppish va asosli isbotlash uchun utkaziladi.
O’quv-tajriba sinovlari eksperimentida o’rganuvchilarga o’rgatilishi kerak bo’lgan dars material va manbalari asosida oddiy guruh va eksperiment guruhlarga o’qitilishi kezatiladi. Qoralama yozuvlar yana tekshiriladi, ular­ni dastlabki ishlov berishda to’plangan materiallar bilan taqqoslanadi, tajribada o’qitish samaradorligi buyicha qo’llangan usul baholanadi va lozim bo’lsa, aniqlik kiritiladi, hisoblashdagi xatolar kuzatiladi. Tajribani o’tkazish metodikasi va texnikasida jiddiy nuqsonlarga yo’l qo’yilgani aniqlansa, u bekor qilinadi. O’qitish samaradorligi haqidagi ma’lumotlarni jadvalga ko’chirishdan oldin standart asosida o’rganuvchilarni o’zlashtirish, egalash, shaklanish kursatgichlari qayta hisoblanadi. Variantlar bo’yicha olingan kursatgichlar o’rganuvchilarni foiz hisobidagi to’g’ri kelganlari ma’lim bir miqdor bilan ifodalanadi. So’ngra eng muvofiqini toppishda tanlash uchun saralashga beriladi. O’ranuvchilar agar tajriba bir necha takroriylikda uyushtirilgan bo’lsa, kontrolga nisbatan 7-10 foiz qo’shimcha to’g’ri, deb hisoblanishini bilishlari kerak. Lekin o’rganuvchilar o’tkazilgan yoki ilmiy ishlab chiqarish maqsadlarida o’quv-tajribasida amalga oshirilgan tajribalarining ma’lumotlarini ishlab chiqish uchun dispersnoy analizning ancha takomillashgan usuli qo’llanadi. Bu usul tasodifiy o’zgarishlarning chegarasini aniqlash va o’zlashtirish ma’lumotlarining o’rtacha qiymatlari orasidagi farqlarning muhimligini baholash imkonini beradi. O’zgartirilgan ma’lumotlar qayd qilinadi.Tajribada chetga chiqishlar har doim sodir bo’ladi. Ularning sabablari har xil: o’rganuvchilarning qobiliyatlari bir xil emasligi, dars materiakkarini qiyinchiligi buyicha har xilligi, tajribaning uslubiy jixatdan nuqsonlardan iboratdir. Bu sabablar har bir variantni hisobiy ishlarini amalga oshirishda e’tiborga olinishi kerak. Ilmiy tadqiqotni tajriba sinov eksperimentini utkazish tajriba o’tkazish rejalarini tuzish, muammo mazmuni buyicha tadqiqot uchun bir necha variantlar tanlash, tanlangan variantlarni sifati buyicha tekshirish,
tajribadan oldin guruhlarni mavjud o’zlashtirish ahvolinio’rganish, har bir variant buyicha tajriba utkazish, tegishli o’zlashtirish kursatgichlarini olish, kursatgichlarni taqqoslash orqali hisoblash, eng muvofiq kursatgichlarini tanlash orqali olish kabi tartibda olib borilishi mimkin.
Uzluksiz la’lim tizimida davlat buyurtmasi va ijtimoiy talabga muvofiq har bir ta'lim muassasasi va unda xizmat qiluvchi pedagog kadrlar zimmasiga ta’lim—tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish, ilm-fanning so‘nggi yutuqlarini amaliyotga joriy etish orqaU ijodkor, ijtimoiy faol, yuksak ma’naviyatli, kasb-hunarli, el-yurtga sadoqatli milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalangan, ijodiy va mustaqil fikr yurita oladigan, davlat, jamiyat va oila oldida o‘z burchi va javobgarlini his eta oladigan, raqobatbardosh barka- mol shaxsni tarbiyalash va kamolga yetkazish, ularning ongi va qal- biga milliy istiqlol g‘oyasini singdirish kabi muhim vazifalami amalga oshirish yuklatilgan. Ushbu vazifalaming muvaffaqiyatli hal etilishi ta’lim-tarbiya jarayonida zamonaviy ta’lim texnologiyalardan foy­dalanish bilan uzviy ravishda bog'liq.
Ta’lim-tarbiya jarayonlariga zamonaviy pedagogik texnologiya- lami joriy etish, eng awalo, pedagogik munosabatlarni insonpar­varlashtirish va demokratizatsiyalashni talab qiladi. Bunday munosabatlami tashkil ctmasdan turib qo'llangan har qanday pedagogik texnologiya kutilgan samarani bermaydi.
Pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish va demokratizatsiy- alash asosidagi pedagogik texnologiya avtoritar texnologiyaga qarama- qarshi bo'lib, unda hamkorlik, g‘amxo‘rlik, bilim oluvchi shaxsini hurmat qilish kabilardan iborat o'quv faoliyati tashkil etiladi.
Pedagogning o'quvchi yoki talabaning shaxsiga bo'lgan inson- parvarlashtirilgan munosabati bolalarni sevish, ularning taqdiri uchun qayg'urish, shaxsga bo'lgan yuksak ishonch, o'zaro hamkor­lik, mukammal muloqot madaniyati, ixtiyoriylik va erkinlik, rag'- batlantirish va kamchUiklarga chidamlilik hisobiga amalga oshadi. Ko'zlangan maqsadga erishish uchun o'quv jarayonidagi barcha ish- tirokchilaming faolligi va teng huquqliligi talab etiladi.
Ta'lim-tarbiya jarayonini demokratizatsiyalash — bilim beruv­chi va bilim oluvchilarning fuqarolik huquqlarini tenglashtirish, o'quv- chilarda tanlash va o‘z fikri hamda nuqtai nazarini erkin bayon etish sharoitining yaratilishiga olib keladi. Bu 0‘zbekiston Respublikasi­ning asosiy Qonuni —Konstitutsiyasi bilan kafolatlangan me’yorlarga ham muvofiq keladi.
Yangi munosabatlarning o'zida xosjihati, an’anaviy ta’limdagidan farq qilib, o'quvchilaming mustaqilligi va ijodiy o'quv faoliyatini ta’qiqlamasdan ularni belgilangan maqsadga yo'naltirish, o'quv faoliyatini hamkorlikda tashkil etish, qiziqtirish, ehtiyojlami hisob­ga olish va erkin hamda faol mehnatga undash tufayli amalga oshiri- lishi bilan xarakterlidir.
Ta'lim-tarbiya jarayonida vujudga kelgan yangi pedagogik munosabatlar mazkur jarayonda zamonaviy pedagogik texnologiyalami qo'llashni taqozo etadi. Buning uchun pedagogik texnologiyalami joriy etishning o’ziga xos vositalari zarur bo'ladi. Ular xilma-xildir. Verbal (nutq so'zlash, ma’ruza, suhbatlashish, savol-javoblar, bahs- munozara, muzokara, axborot va ma’lumot berish, kengashish, maslahatlashish, nasihat yoki tanbeh berish kabilar), noverbal (imo- ishora, qo'l va gavda harakatlari yordamida ma'lum ma’no-mazmunni ifodalash yoki ta’kidlash), vizual (ko'rgazmalilikelementlari-plakat- lar, jadvallar, suratlar, diagrammalar. sxemalar, yozuv va tasvirlar, fotosuratlar, tarqatma materiallar. video lavhalar, jonli va jonsiz obyektlar, turli buyumlar va boshqalar), audio (magnit yozuvlari, lingofon va radio vositalar, musiqa va nutqiy asarlar kabilar), tabiiy (odam, hayvon, o'simlik, mashina va mexanizmlar, asbob-usku- nalar, inshootlar kabilar). o'quv anjomlari (kitob, atlas, xarita, reaktivlar va boshqalar) kabi vositalar farq qilinadi va ular yakka yoki omixta tarzda keng miqyosda qo'llaniladi.
Ta’lim jarayonida yangi texnologiyalami kiritish mexanizmini taniqli pedagoglar-J.G'.Yo'ldoshev va S.A.Usmonov quyidagicha bayon qilishgan:

  1. Pedagogik jamoani yangi pedagogik texnologiya asoslari bilan tanishtirish-ma’ruza. Adabiyotlar tavsiya etish.

  2. Yangi texnologiya asosida ishlashni xohlovchi pedagoglar ja- moasini aniqlash. Ular orqali o'qituvchilarga pedagogik texnolo­giyani qo'llashdan ko'zda tutilgan maqsadni, uning mohiyatini yetkazish.

  3. Yangi pedagogik texnologiya asosida ishlamoqchi bo'lgan o'qi- tuvchilarni shu jarayonga tayyorlash yuzasidan quyidagi tashkiliy ishlarni amalga oshirish:

  • seminar;

  • trening;

  • individual maslahat berish;

  • ko‘rgazmali darslar tashkil etish.

  1. Yangi texnologiya asosida ishlovchilarning ishini nazorat qilish, kuzatuv va tahlillar o'tkazish, metodik yordamlar ko'rsatish. Ular­ning hisobotlarini eshitib borish.

  2. Yangi pedagogik texnologiya asosida ishlovchi o'qituvchilarning metodika kengashida, prognostika kengashlarida chiqishlarini tash- kil etish.

  3. Yangi pedagogik texnologiya bo'yicha ishlash uchun zarur didaktik materillar, vositalar xonasini tashkil qilish.

  4. Yangi texnologiya bo'yicha ishlashnmg afzalliklarini, o'quv- chilar, ota-onalar, pedagogik jamoa tomonidan qo'llab-quwatlani- shini oshkor etib borish.

  5. Ilg'or, innovator pedagoglardan innavator pedagogik jamo- ani shakllantirish.

  6. Yangilanishning uzluksizligi, davomiyligini ta’minlash.

Har bir ta’lim muassasasi o'z pedagogik jamoasining umumpe- dagogik tayyorligi, istak va xohishlariga muvofiq pedagogik texnolo- giyani joriy etish strategiyasi va taktikasini o'ziga moslab rejalashti- rishi mumkin.
Pedagogik texnologiyalarni joriy etish uchun o'qituvchilar bi­lan quyidagi tashkiliy tadbirlar o'tkaziladi:

  • yakka tartibda (individual) ishlash (ta’lim muassasasida, ku- tubxonada, uyda, ma’rifiy tadbirlarda);

  • juft bo'lib ishlash (o'quv yurtida);

  • kichik guruhlarda ishlash (ta'lim-tarbiya muassasalarida, hududiy tashkilotlarda);

  • katta guruhlarda ishlash (mintaqaviy ko'lamda).

Tajriba almashish, ilg'or pedagogik faoliyatni ommalashtirish, anjumanlarda qatnashish. interfaol mashg'ulotlar tashkil etish va shular kabi ko'rgina tadbirlar ham amalda tez-tez qo'llaniladi.
Bularda quyidagi tartib-qoida va yo'riqlarga rioya qilinishi lozim:

  • vaqt rejimiga bo'ysunish;

  • vaqtdan unumli foydalanish;

  • o'zgalar fikri bilan hisoblashish;

  • boshqalarning tajribasi va mulohazalariga hurmat bildirish, hamkorlik va hamjihatlik;

  • keng fe'llilik va tanqid qilmaslik, tanbeh bermaslik;

  • mulohazalilik;

  • fikmi lo'nda bayon etish va boshqalarning fikriga diqqat bil­dirish;

  • erkin munozara vaziyatiga bo‘ysunish;

  • o'zaro munosabatda samimiylik hamda xolislik va boshqalar.

Pedagogik texnologiyalami amaliyotga tatbiq etishda ayrim peda­gogik va psixologik tajribalarni e'tiborga olish maqsadga muvofiqdir.
O'zlashtirish-shaxsning individual xususiyatiga bog'liq bo‘1- ganligi uchun o'quv jarayonini tabaqalashtirilgan yondashuv asosi­da tashkil etish, diqqatni to'plash, xotirani mashq qildirish, xa- rakterni tarbiyalash, axborot olishning yakka tartibli usulini keng qo'llash zarur.
Shaxsning individual va psixologik diagnostikasi ma’lumotlarini amaliyotda hisobga olish va o'quv faoliyatini takomillashtirishning intensiv usullaridan keng foydalanish, bilim oluvchilarning o'z­lashtirish jarayonini tekshirish va nazorat qilish hamda baholashda reyting tizimiga bo'ysunish ijobiy natija beradi. Ta’lim berish va tar­biyalash jarayonida shaxsning biologik, fiziologik, genetik, sotsial (ijtimoiy) jihatlarini o'rganib pedagogik tadbirlarni tashkil etish va o'qitish mexanizmini ishga tushirish, awalo, samara, so'ngra sifat ko'rsatkichlarini yaxshilaydi.
Mashg'ulotlar turlarining an’anaviy ko'rinishlari bilan bir qatorda noan’anaviy tashkiliy tadbirlarni keng yo'lga qo'yish ta’lim oluvchilarning sezilarli darajadagi rivojlanishiga olib boradi. Bunday o'zgarishlar miqdor va sifat kesimlarida, vaqt birligi davomida salmoqli natija beradi. Mashq qilish tufayli ko'rish va eshitish sezgi- lari evaziga bo'ladigan o'zlashtirish natijalarini oshirish pedagogik tajribada isbotlangan.
O'qitishning asosiy tashkiliy shakli-dars va uning uzviy hamda mazmuniy davomi bo'lgan darsdan tashqari ishlar xilma-xil va- riantlarda amalga oshirilganda ta’limning sifat va samaradorligi pro- porsional ravishda ko'tariladi. Bunda motivatsiyaning ahamiyati kat­ta. Motivatsiya-shaxsni o'qishga, ko'nikma va malaka egallashga hamda ijtimoiy-foydali mehnatga yo'naltiruvchi (undovchi) turli sabablar- ningyig'indisidir.
O'zbekiston Respublikasida ta’lim sohasidagi islohotlarning nati­jasi o'laroq, pedagogik-psixologik tashhis xizmatining keng ko'lamda yo'lga qo‘yilishi sodir bo'ldi. Salbiy va ijobiy motivlar, kamchilik va yutuqlar, maqtov va e’tiroz, tanbeh va rag'bat nisbatlarining shaxs o'lchamida nomuvofiq baholanishi yaxshi natijalarga olib kelmaydi. Shuning uchun,

  • inson farzandi asosiy tarbiyani oilada olishini;

  • dastlabki ta'lim va tarbiya elementlari bolaning murg'akligida shakllanishini;

  • maktabgacha ta’lim turida berilajak ma’lumotlar va tarbiyaviy fikrlar faqat oilaning shu boradagi fondiga yordamchi ekanligini;

  • individual yoki tabaqalashtirilgan ta’lim ommaviy yonda- shuvga nisbatan samaraliroq ekanligini;

  • o'qituvchi va o'quvchi munosabatidagi eng yaqin va samimiy ta’sir funksiyasi kelgusi yutuqlarning garovi bo'lishini;

  • ta’lim va tarbiyadagi muvaffaqiyatlarning ichki (shaxsiy) va tashqi (atrof-muhit) omillarga bog'liqligini;

  • bolalik, o'smirlik, o'rta va katta yoshlik hamda keksalik davrlari- dagi aqliy faoliyat bir-biridan jiddiy farq qilishini;

  • balog'at fazasida inson organizmining fiziologik nuqtai nazar- dan keskin o'zgarishlarga uchrashi va buning oqibatida ta’lim va tar­biya omillariga bo'lgan munosabatning ijobiy yoki salbiy taraflarga o'zgarishi mumkinligini;

  • ta'limdagi muvaffaqiyatlar shaxsning o'z muammolari, aqliy va jismoniy salomatligi, oilaviy ahvoli, jamoatchilik omillari, mod­diy ta’minoti, qiziqishi va o'qishga tayyorgarligi, qobiliyati, hayotda orttirgan belgilari, o'qituvchilarning kasbiy mahorati, motiv va hissiy tuyg'ulari kabi ko'pgina holatlarga bog'liqligini pedagogik faoliyatda diqqat markazida tutgan holda ishlash, o'qitish va tarbiyalash lozim.

Pedagogik amaliyotda pedagogik jarayonning moddiy, obyektiv jihati doimo ruhiy jarayonlar bilan qo'shilgan holda mavjud bo'lib, biri ikkinchisisiz mavjud bo'lmaydi. Bu har qanday faoliyatga te- gishli, lekin. ayniqsa, ta’lim oluvchilar. tarbiyalanuvchilar va tar- biyachilar faoliyatiga ko'proq tegishli.
Pedagogik jarayonni psixologik mexanizmlarsiz amalga oshirib bo'lmaydi.
Odamning shaxs sifatidagi eng asosiy belgisi-uning ijtimoiyli- gidir. Ong va psixik jarayonlar insonning olamni va o'z-o'zini ang- lashiga xizmat qiladi. Bunda birinchi va ikkinchi signal tizimlari uyg'unlikda faoliyat yuritadi. Muloqot va fikmi og'zaki yoki yozma ifodalash va masofaga uzatish inson individining eng katta yutug'idir. Individ ijtimoiy mavjudot darajasiga ko'tarilganda shaxsiy sifatlar mukammallashadi.
Shaxsning eng xarakterli jihati — uning individualligidir. lndi- viduallik shaxs psixologik xususiyatlarining qaytarilmaydigan (be- takror) birikmasi bilan ifodalanadi. Shaxsga ta'sir qilayotgan barcha omillar uning umri davomida moddiy va ma'naviy dunyoni hamda o'zligini anglashiga, ularga javob reaksiyasini namoyon qilishiga va axborotlami o'zlashtirishiga xizmat qiladi.
Shaxsning nisbatan barqaror va nisbatn o'zgaruvchanlik xusu- siyatlari shaxs xislatlarining bir butunligini va o'zaro bog'liqligidan iborat bo'lgan murakkab birlikni, ya'ni uning dinamik struktu- rasi(tuzilmasi)ni hosil qiladi.
Shaxsning harakatlantiruvchi kuchlarini va uning psixologik tuzi- lishini hamda faollik manbalarini 3 asosiy omil bilan bog'lab o'rganiladi:

  1. Tashqi tabiiy va ijtimoiy muhit.

  2. Shaxsga umri davomida tizimli tarzda va uzluksiz maromda be- riladigan ta'lim-tarbiya.

  3. Odamga tug'ma ravishda beriladigan nasliy xususiyatlar.

Psixologlar ta’lim-tarbiya jarayonlarining obyektlari va subyekt-
lari hisoblanadigan shaxs xaritasining bir qator elementlarini e’tirof etadilar.
Psixologlar qobiliyatning namoyon bo'lishida psixomotor, musi- qiy, vokal, artistlik, badiiy, texnik, matematik, adabiy, ilmiy, pedagogik, tashkilotchilik, axloqiy, huquqiy jihatlarni, xarakter- ning umumiy xislatlari sifatida esa insonparvarlik, vatanparvarlik qat’iylik, soflik, g‘ayratlilik, faollik, uyushqoqlik, jamoatchilik, op- timizm, ko'ngilchanlik kabi individual xususiyatlami qayd etishgan.
Psixik jarayonlar bilan bog'liq individual xususiyatlar ta’lim jarayonida va tarbiyalanishning turli bosqichlarida katta ahamiyat kasb etadi. Bular — emotsional muvozanatlilik, diqqat-e’tiborlilik, xoti- raviy mustahkamlik kuchli emotsiyalar, tanqidiy tafakkur, farosat- lilik, ijodiy xayol, irodalilik, maqsadga intiluvchanlik, matonatlilik, qat’iyatlilik, intizomlilik kabi sifatlar bilan bog'liq ijobiy yoki salbiy jihatlardir.
Insondagi bilimlarning hosil bo'lishida undagi 5 ta sezgi a’zolari vositasida qabul qilingan va ishlab chiqilgan axborotlar nisbati quyi- dagicha:
Ko'rish a’zosi orqali - 80-85 %
Eshitish a’zosi orqali - 9-13 %
Hid bilish a’zosi orqali - 2,5-3,5 %
Teri sezgisi orqali - 1,5-3 %
Ta’m bilish a’zosi orqali - 1-2 %
Jami - 100 % gacha.
Turli sezgi organlari ishtirokida o'zlashtirilgan va qayta ishlan- gan axborotning oradan 2 hafta o'tgach, quyidagi miqdorlari eslab qolinadi:

O'qilganlar

- 10

%

Eshitilganlar

- 20

%

Ko'rilganlar

- 30

%

Ko'rilgan va eshitilganlar

- 50

%

Gapirilganlar

- 80

%

Gapirilgan va amalda bajarilganlar

- 90

%.


Zamonaviy talim texnologiyalari belgilangan maqsadga mu­vofiq yo'nalish va hajmga ega bo'lgan talim mazmunini davlat talim standartlari, o'quv rejasi, o'quv dasturi va darsliklar asosida yetka- zishga xizmat qiladi. Har qanday texnologiya talim maqsadiga mos sabab bilan yaratiladi.
Pedagogik texnologiyalarni qo'llash bilan bog'liq ko'pgina tashkiliy-uslubiy muammolar ham borki, bugungi kunda ularni, albat- ta, etiborga olish lozim bo'ladi. Bular-o'qituvchining kasbiy salo- hiyati va metodik mahorati, poyindor bilimi, o'quv-metodik tamin- langanligi, malakasini oshirishi va jahon pedagogik tajribasidan xa- bardorligi, fuqarolik masuliyati, axborot olamining benihoya ken- gayib borayotganligi, talim muassasalarining moddiy va marifiy imkoniyat lari, bilim va kasb-hunar egallovchilar kontingentning dunyoqarash ko'rsatkichlari bilan bog'liq masalalardir. Eng muhi- mi, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan keng miqyosda foy­dalanish shiori ostida va innovatsion texnologiyalarni joriy etish bahonasida tarix va ijtimoiy hayot sinovidan muvaffaqiyatli o'tib va yashab kelayotgan ananaviy o'qitish metodikasi. metod va usulla- ridan voz kechib yubormaslikdir.
Biroq o'qitish jarayoni dinamik va barhayot jabha bolganligi tu- fayli ham unga yangilik kirishi va yangilanish amaliyotining davom etishi tabiiydir. Shuning uchun ham. sinalgan va samara beradigan pedagogik texnologiyalarni qo'llash zaruriy holdir.


Download 392.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling