Texnologik ta`lim prognostikasi fanidan 1-Maruza Mavzu: Texnologiya ta`limini tadqiq qilishning metodologik asoslari predmerining maqsad va vazifalari


Download 392.11 Kb.
bet59/69
Sana09.01.2023
Hajmi392.11 Kb.
#1085049
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   69
Bog'liq
TEXNOLOGIK TA`LIM PROGNOSTIKASI 2022

Rezyume. Ilmiy tadqiqotlar muammolari va mavzularini tanlash bir necha bosqichda bajariladigan murakkab va mas`uliyatli masalalardir.
Mavzuni tanlash unga qo`yilayotgan talablar majmo`i asosida amalga oshiriladi.
Ilmiy-texnikaviy informatsiyani o`rganish va tahlil qilish – masalani mavzu bo`yicha ahvolini yoritish, ilmiy-tadqiqot maqsadi va vazifasini isbotlash uchun asos.
Informatsiya samarali ishlab chiqilishiga erishish (o`rganish, yodda saqlab qolish va tahlil) uchun bir qator shartlarga amal qilish kerak.
Birinchi shart bo`lib aniqlash, ya`ni o`qishning maqsadini belgilash hisoblanadi. Bu psixologik omil tafakkurni faollashtiradi, o`rganilayotganni tushunishga yordamlashadi, idroklashni ancha aniqlashtiradi. Mazkur holda ilmiy xodim o`zini «muayyan to`lqinga» sozlaydi.
Keyingi shart, bu – ilhomlanish. U ilmiy yondashishga asoslanadi va informatsiyani ishlab chiqish samarasini oshiradi.
Informatsiyani sifatli ishlab chiqishni ta`minlash uchun diqqat va fikrni bir erga to`plash zarur. Ishlab chiqish jarayonida turli asab qo`zg`atuvchilar (shovqin, gaplashishlar, xususiy fikrlar va b.)ni bartaraf etish zarur, chunki bular e`tiborni chalg`itadi va tezda toliqishga olib keladi. Informatsiya ustida muvaffaqiyatli ishlashning muhim omili bo`lib mehnatning mustaqilligi hisoblanadi.
Adabiyotlarni o`rganishda qat`iyat va muntazamlik ancha muhim shartlardan hisoblanadi. Ayniqsa bu narsa murakkab va qiyin yangi matnni o`qishda zarurdir. Materialni to`liq tushunishga erishish uchun o`qish va qayta o`qishga to`g`ri keladi.
Axborotni ishlab chiqish samaradorligi aqliy ishlay olish qobiliyatiga bog`liq. Uning oshishi uchun to`g`ri ish tartibi muhim shart hisoblanadi. 1-2 soatlik aqliy mehnatdan so`ng 5-7 minut tanaffus qilish,jismoniy mashqlarni bajarish, chuqur, kuchli nafas olish va boshqalarni bajarish tavsiya etiladi. Bu markaziy nerv sistemasini rag`batlantiradi va ishlash qobiliyatini oshiradi.
Ilmiy-texnikaviy axborotni ishlab chiqishda ko`chirma, annotatsiya,konspektlar qo`llaniladi.
Ko`chirma – axborot ayrim qismlarining qisqa (yoki to`liq) mazmuni.Ularning qimmati juda yuqori, chunki ular kichik hajmda ko`pgina informatsiya to`plashga imkon beradi va keyingi ijodiy ish uchun asos bo`lib hisoblanadi.

Download 392.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling