Texnologik ta`lim prognostikasi fanidan 1-Maruza Mavzu: Texnologiya ta`limini tadqiq qilishning metodologik asoslari predmerining maqsad va vazifalari


Download 392.11 Kb.
bet9/69
Sana09.01.2023
Hajmi392.11 Kb.
#1085049
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   69
Bog'liq
TEXNOLOGIK TA`LIM PROGNOSTIKASI 2022

O‘quv rejasi — oliy ta’limning muayyan bakalavriat ta’lim yo‘nalishi yoki magistratura mutaxassisligi bo‘yicha o‘quv faoliyati turlari, o‘quv fanlari va kurslarining tarkibi, ularni o‘rganishning izchilligi va soatlardagi hajmini belgilaydigan hujjat hisoblanadi.
O‘quv fani dasturi — ta’lim mazmuni, uning talabalar tomonidan o‘zlashtirilishining eng maqbul usullari, axborot manbalari ko‘rsatilgan normativ hujjatdir.
O’quv rejasi va fan dasturini tuzishga qo’yiladigan talablarni keying mavzuda batafsil tushintiramiz.
Darslik – DTS, o‘quv dasturi, uslubiyati va didaktik talablari asosida belgilangan, milliy mafkura g‘oyalari singidirilgan, muayyan o‘quv fanining mavzulari to‘liq yoritilgan, tegishli fan asoslarini34
mukammal o‘zlashtirishga qaratilgan hamda turdosh ta’lim yo‘nalishlarida foydalanish imkoniyatlari hisobga olingan nashr.
Darslikni bu pedagogik tizimning axborotli modeli deb atash mumkin. Bunga sabab har bir o‘qituvchi darslikda ta’lim oluvchilar bajarilishi kerak bo‘lgan o‘quv jarayonining ma’lum bosqichlari ko‘rsatilgan bo‘lib, ta’lim oluvchilar uchun mavzularni o‘qib, undagi topshiriqlarni ma’lum harakatlar ko‘rinishida bajarishadi: tekshiradi, echadi, javob beradi va h.k. Bu harakatlar darslik matnlarida ochiq yoki yashirin shaklda berilishi mumkin.
Demak, darslik bu – muayyan o‘quv predmeti mazmunini o‘quv dasturida ko‘satilgan hajmda, didaktik talablarga muvofiq ravishda batafsil bayon qilingan kitob bo‘lib, uning xarakterli xususiyati darslik mazmunining o‘quv dasturi mazmuniga mos kelishidir.
Darslikdagi material bo‘limlar bo‘yicha taqsimlanadi. Har bir mavzu, muayyan bob, uning tarkibida bo‘lgan bandlar asosida ochib beriladi.
Darslikning kirish qismida fanning jamiyat va tabiatdagi o‘rni, roli va metodologik asosi, maqsadi, vazifalari va echimini kutayotgan muammolari, boshqa fanlar bilan bog‘liqligi, bo‘lajak mutaxassisning kasbiy faoliyatidagi ahamiyati haqidagi ma’lumotlar, fanga tegishgi soha yoki ishlab chiqarishning zamonaviy taraqqiyoti hamda talabaning fan bo‘yicha egallashi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar yoritilishi talab qilinadi. Kirish tushunarli va qisqa bayon etilishi lozim.

Download 392.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling