Texnologik ta’lim
Mevali daraxtlarning tuzilishi
Download 0.79 Mb.
|
Mevali daraxtlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Urug‘li mevalar danakli mevalar
Mevali daraxtlarning tuzilishi
Mevali daraxtlarning tashqi ko‘rinishi shox-shabbalarining gabitusi deb aytiladi. Barcha qishloq xo‘jalik ekinlari, shu jumladan mevali daraxtlar yer ustki qismlari va ildiz tizimidan iborat. Mevali daraxtlarning yer ustki qismining o‘sishi, rivojlanishi va hosilga kirishi hamda yashash muddatlari ularning ildiz tizimlariga b og‘liq. 1-rasm. Mevali daraxtlarning tuzilishi: 1 – o‘q ildizlar; 2 – yon ildizlar; 3 – ildiz bo‘g‘in; 4 – tana; 5 – markaziy shox; 6 – o‘suvchi novda; 7 – asosiy (skelet) shoxlar; 8 – o‘suvchi shoxlar. 2. Urug‘li mevalar danakli mevalar Mevali daraxtlar urug‘li, danakli, rezavor, yong‘oq mevali hamda subtropik o‘simlik va rezavor meva guruhlariga bo‘linadi. Har bir turning biologiyasi aniqlangandan keyin tuproq va iqlim sharoiti shu o‘simlik tabiatiga moslashtirilsa, albatta uning barvaqt hosil berishi, ko‘p umr ko‘rishini to‘liq ta’minlashi mumkin. Har bir o‘simlikning tashqi sharoitga bo‘lgan talabiga qarab respublika, viloyat, tumanlarda kattakatta maydonlarda mevazorlar barpo qilish mumkin. Biz uzoq umr ko‘rib, mo‘l hosil beradigan mevali daraxtlarning o‘sish va taraqqiyot qonunlarini yaxshi bilib olsak, o‘stirilayotgan yoki o‘stirilishi kerak bo‘lgan mevali daraxtlar uchun zarur sharoitni to‘liq yaratib bersak, uzoq umr ko‘rish va sifatli hosil berishini ta’minlagan bo‘lamiz. Urug‘li mevalilarga olma, nok, behi kabilar misol bo‘ladi. Bular yetilish vaqtiga qarab 5 guruhga bo‘linadi: ertagi mevalar urug‘li mevalarining boshqa guruhlariga nisbatan ertaroq yetiladi. Uzilgandan keyin uzoq vaqt saqlanmaydi, olis joylarga yuborishga unchalik yaramaydi, kimyoviy tarkibi jihatidan boshqalardan farq qiladi. Yozgi nav mevasi tusga kira boshlagan vaqtda uziladi. Shunday qilinmasa, u tez pishib o‘tib ketadi, unsimon holga kelib qoladi, shirasi kamayib, mazasi yomonlashadi, tez buziladi. Uzoq joylarga tashish uchun yaroqsiz bo‘lib qoladi. Ertagi mevalar oldin, kuzgi mevalar esa keyin teriladi. Kuzgi mevalar ham meva shoxchasidan oson ajraladigan, urug‘i jigarrang tusga kirgan va po‘sti shu navga xos rang hosil qilgan vaqtda uzib olinadi. Kuzgi nav mevalar yozgi navlarga nisbatan uzoqroq saqlanadi. Saqlash uchun mo‘ljallangan mevalar iste’mol qilish uchun yaraydigan darajada yetilishidan ancha ilgari terib olinadi. Bunda ularni iloji boricha kechroq yig‘ib olishga harakat qilinadi. Lekin mevalar sovuq tushguncha yoki yog‘ingarchilik boshlanguncha daraxtda qolib ketmasligi lozim. Kuzgi quruq kelgan yillarda hosilni kechiktirib yig‘ishtirish foydalidir. Chunki bu vaqtda mevalar yana yiriklashadi, rangi va hidi yaxshilanadi. Kechki mevalar qishda yaxshi saqlanadi. Ularning ba’zilari masalan: «Zolotaya grayта», «Renet Simirenko» ancha vaqt buzilmay turadi. Yetilish muddatlariga ko‘ra meva navlarini guruhlarga bo‘lish tartibi har bir tuman uchun alohida belgilanadi. Bitta navning o‘zi har xil o‘sish sharoitiga ko‘ra turli guruhga kirishi mumkin. Danakli mevalarga o‘rik, shafloli, olcha, olxo‘ri, gilos va tog‘-olchalar misol bo‘ladi. Danakli mevalar, xususan ularning to‘la pishib yetilganlari juda ham nozik bo‘ladi va bu holda tashish qiyin. Shuning uchun jami danakli mevalar dumbulligi (yashilligi)da teriladi. Hosilni yig‘ish muddati mevalarning navi, ularning qattiq-yumshoqligi, qanday maqsadlar uchun ishlatilishi va meva yuboriladigan joyning uzoq-yaqinligiga qarab aniqlanadi. Danakli mevalarni juda erta terish yaramaydi, chunki erta terilgan mevalarda so‘lish va o‘z naviga xos maza bo‘lmaydi. O‘rik. Pishib yetilganini meva po‘stining somon rangga kirishidan, oq o‘rikni esa meva po‘stining yashil rangga o‘zgarib och yashil va oq tusga kirishidan bilsa bo‘ladi. Konserva qilinadigan o‘riklar pishgan bo‘lsa-da, lekin juda yumshab ketmagan bo‘lishi kerak. Ular iste’mol qilinadiganlari terib bo‘lingandan keyin teriladi. Bu vaqtda mevalarning eti juda shirin bo‘ladi. Turshak solinadigan o‘riklar esa konservalanadigan yoki shu joyning o‘zida iste’mol qilinadigan o‘riklarga nisbatan ham ko‘proq yetilgan bo‘lishi lozim. Erta terib olingan o‘riklar saqlash vaqtida mazasini birmuncha yo‘qotadi. Mevalarning hammasi bir vaqtda yetiladi, shuning uchun pishganlarini tanlab terish usulidan kam foydalaniladi. Shaftoli. Boshqa joylarga yuborish uchun mo‘ljallangan shaftoli qattiqligini hali yo‘qotmagan vaqtda terib olinadi. Shu kezda mevalar to‘la yetilgan va ularga rang kira boshlagan bo‘lishi kerak. Olcha va gilos. Iste’mol qilish va quritish uchun mo‘ljallangan olcha va gilos yetilgan vaqtda terib olinadi. Bunda mevalar juda shirin bo‘ladi va ularning rangi o‘z navi uchun xos tusga kiradi hamda qoraya boshlaydi. Lekin bu mevalar hali qattiq bo‘lishi kerak. Pishmasdan juda erta terilgan olcha saqlash vaqtida tobiga kelib pishmaydi va mazasi unchalik yaxshi bo‘lmaydi. Shuning uchun uzoq joylarga yuboriladigan olcha 5–7 kun oldin terib olinadi. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling