Texnologik ta’lim
Download 0.79 Mb.
|
Mevali daraxtlar
Miagava Vase – past bo‘yli mandarinlar naviga kiradi. Tupi kichikroq, bo‘yi 1,5–2 metrgacha yetadi. Mevalari o‘rtacha yirik, vazni 80–100 gr keladi, yumaloq shaklda.
Kovano Vase – past bo‘yli mandarin navi. Tupi kichikroq, shox-shabbasi ixcham, bo‘yi 1,5–2 metrga yetadi. Mevalari yumaloq, o‘rtacha yirik, vazni 120–140 g keladi. Po‘sti to‘q sariq, mazasi achchiq-chuchuk. Sharbati tarkibida 0,5–0,8 foiz kislota, 6,5–7 foiz shakar, 15–20 foiz S vitamini bo‘ladi. Ekilganidan keyin 5–6-yili ayrim turlaridan 12–15 kg gacha hosil olish mumkin. Sitrus o‘simliklar urug‘idan va vegetativ yo‘l bilan ko‘payadi. Payvandtag yetishtirishda va seleksiya ishlarida asosan urug‘idan ekib ko‘paytiriladi. Navdor ko‘chatlar vegetative yo‘l bilan yetishtiriladi. Ishlab chiqarish sharoitda sitrus ко‘chati vegetativ yo‘1 bilan ko‘payadi yoki qalamchadan yoki kurtak payvand qishlash yo‘li bilan yetishtiradi. Qalamchadan ko‘paytirishda bir yilda payvand qilib ko‘paytirilganda 2 yil, ba’zan 3 yilda standart ko‘chat olish mumkin. Greypfrut. Sok tayyorlash uchun ekiladi, hosildorligi nihoyatda yuqori. Bir dona mevasining vazni 500 g dan 1 kg gacha. Navlari yo‘q. Mahalliy formalari mavjud. Limonga payvand qilish yo‘li bilan ko‘paytiriladi. Ko‘chatining atrofida ildiz o‘sishi hisobga olingan holda yil sayin kengroq joy qoldirilishi zarur. Sitrus o‘simliklar issiqxonada qalamchadan ko‘paytiriladi. Bu yerlarda yil bo‘yi qalamcha olish mumkin, lekin bahor va erta kuz Meyer limoni qalamchadan ekiladigan eng yaxshi muddat hisoblanadi. Erta bahorda qalamcha qilinganda eng ko‘p, ya’ni 80–90 foiz tutadi. Bahorda ekish uchun pishgan va chala pishgan, po‘stlog‘i yashil va 4–5 mm li o‘tgan yilgi novdalar qalamcha qilinadi. Novdalarni tayyorlash, qalamcha kesish va ularni ishlash vaqtida qurib qolmasligi uchun vaqt-vaqti bilan suv purkab turish va ustini yopib qo‘yish kerak. Sitrus o‘simlik ko‘chatlari ekiladigan maydon suv bilan ta’minlangan, sug‘orish uchun qulay, o‘rtacha zichlikdagi unumdor tuproqli, shamoldan, ayniqsa, garmseldan to‘silgan joy bo‘lishi kerak. Bunday yerlarni kuzda chuqur shudgorlash, har gektariga 20 t gacha go‘ng va 5000 kg gacha superfosfat solinadi. Ko‘chat ekishdan oldin 70 sm li egatlar olib keyin sug‘oriladi. Sitrus o‘simliklarning urug‘i unuvchanligini tez yo‘qotadi. Shuning uchun mevadan ajratib olinishi bilan ularni tezda yerga yoki nam qumga ekish kerak. Vegetatsiya davrida yer sug‘oriladi, yumshatiladi va begona o‘tlar yo‘qotiladi. Birinchi marta o‘sa boshlaganda va ikkinchi marta iyul oyida qo‘shimcha oziqlantiriladi: bunda har safar gektariga 60 kg dan azot solinadi. Kuzda ko‘chatlar tuprog‘i bilan ko‘chirib olinadi, transheyadagi doimiy joyga ekiladi yoki bahorgacha ko‘mib qo‘yiladi. Doimiy joyga ekish uchun ko‘chatzordan olinadigan sitrus o‘simliklarning standart ko‘chat tupining diametri 0,7–1 sm bo‘lishi va yaxshi rivojlangan 3–4 ta birinchi tartibda shoxi bo‘lishi kerak. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling