Texnologik ta’lim


Download 0.79 Mb.
bet8/9
Sana21.04.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1374985
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mevali daraxtlar

4. YONG‘OQ MEVALILAR
Yong‘oq. Yong‘oq sentabrning ikkinchi yarmi oktabr oylarida pishadi. Po‘sti yorilib mag‘zi osonlik bilan ajraladigan vaqtda u to‘la yetilgan hisoblanadi. Yong‘oq bir yo‘la yetilmaydi, shuning uchun u bir necha marta qoqiladi. To‘kilgan yong‘oq ko‘rinib turishi uchun qoqish oldidan daraxt tagi yaxshilab tozalanadi.
Qoqilgan bir qism yong‘oqning po‘sti ajralmasdan qoladi. Ular alohida terilib uyumlab qo‘yiladi va 2–3 kun saqlanadi. Uyumda ular qiziydi va po‘sti yong‘oqdan osonlik bilan ajraladi. Po‘sti yorilmaganlarini uzoq saqlamaslik kerak. Ortiqcha qizib ketgan yong‘oq mag‘zi taxir bo‘lib yeyish yoki qayta ishlash uchun yaramaydi. Po‘stidan ajratilgan yong‘oq obdan quritilishi kerak.




7-rasm. Yong‘oq. «Ideal», «Yubeleyniy» va «Mirniy» navlari.
Pista. Pistaning asosiy qismi Markaziy Osiyo mamlakatlarida yetishtiriladi. Mevalari mayda, uning ekiladigan maydoni qariyb 250 ming/ga ni tashkil qiladi. Yovvoyi pista tola hosilga kirgach, 0,5 dan 8 kg gacha meva olish mumkin. Bu o‘simliklarning madaniy navlari juda kam. O‘zbekistonning tog‘li rayonlarida hozirgi davrda yong‘oqsimon mevazorlar maydoni qariyb 32 ming gektarni tashkil qiladi. Shundan 27 ming gektari payvandlanmagan bo‘lib atigi 5 minggi payvand qilingan ko‘chatlarni keyingi yillarga ekish hisobiga madaniy yong‘oqzorlarga aylantirildi. Madaniy yong‘oqzorlar maydoni umumiy yong‘oqzorlarning 16 foizini tashkil qiladi.
Bodom. O‘zbekistonda 2500 gektar bodomzor mavjud, shundan 1,5 ming/ga yovvoyi bodomzorlardan iborat. Toshkent viloyatining Bo‘stonliq rayonida yovvoyi bodomzorlarning asosiy maydonlari joylashgan. O‘zbekistonda o‘stirilayotgan yong‘oq, bodom, pista va ayrim boshqa meva navlarini seleksiya yo‘li bilan yetishtirishda O‘zbekistonning tog‘li rayonlarida yovvoyi holda uchraydigan mevalar asos qilib olingan. 1950–1970-yillar mobaynida O‘zbekiston seleksionerlari tomonidan mavjud yovvoyi mevazorlardan tanlab olish va yetishtirish yo‘li bilan yong‘oqning o‘rta va ertapishar navlari, pista, bodom, yong‘oqning bir necha a’lo sifatli, mahalliy sharoitga moslashgan navlari yaratildi.
Oxirgi yillarda O‘zbekiston olimlari tomonidan erta hosilga kiradigan pakana bo‘yli yong‘oq navlari yaratilib, ishlab chiqarish sharoitiga keng joriy qilinmoqda.



Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling