Texnologik ta’lim


Navlar Boqqa o‘tqazilgandan


Download 0.79 Mb.
bet2/9
Sana21.04.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1374985
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mevali daraxtlar

Navlar

Boqqa o‘tqazilgandan
keyin mevaga kirishi
(yil)

Umr ko‘rish
davri (yil)

Yirik mevali zemlyanika

1-2

4-5

Malina

2

10-12

Qorag‘at va qizilg‘at

3

12-15

Krijovnik

3-4

15-20

Shafloli

2-3

15-20

Olcha

3-4

18-25

Olxo‘ri

4-6

25-30

Gilos

4-6

25-40

Bodom

3-4

40-45

Olma

5-8

45-50

Nok

5-8

45-55

Sitrus o‘simliklar

3-4

50-60

Anor

3-4

50-70

O`rik

3-4

50-70

Pindik

4-6

60-80

Sharq xurmosi

3-4

100

Anjir

2-3

100

Yong`oq

8-10

100

Kuchli payvandtaglarda o‘stirilgan olma navlariga nisbatan kuchsiz payvandlarda o‘stirilgan olma navlari 25–40 yil kam umr ko‘radi. Lekin barvaqt hosilga kiradi. Behiga payvandlangan nok navlari ham 25–30 yil umr ko‘radi. Olchaga payvandlangan gilos navlari barvaqt hosilga kirib daraxtlarning umri kuchli payvandtaglarda o‘stirilganga nisbatan birmuncha qisqa bo‘ladi. Ko‘pchilik danakli mevalar urug‘li mevalarga nisbatan barvaqt hosilga kirib qisqa umr ko‘radi.




Mevali daraxtlarning morfologik vа biologik xususiyatlari
Qishloq xo‘jalik ekinlari, shu jumladan mevali va rezavor mevali ekinlarning asosiy xo‘jalik ahamiyatiga ega xususiyatlari – bu ularning barvaqt hosilga kirishi, shox-shabbalarining pakana bo‘lishi, mevalarining yuqori sifatga egaligi va uzoq muddat saqlashga yaroqliligi hamda mevalarini ho‘l holatda va qayta ishlangan holda foydalanishlariga qarab yovvoyi ajdodlaridan keskin farq qiladi. Mevali daraxtlarning turi, oilaning botanik nomi va turlarning botanik holati 3-jadvalda keltirilgan.Meva va rezavorlar o‘zining o‘sishi, rivojlanishi, umr ko‘rishi, hosilga kirishi, ildiz mevasi va yer ustki qismining o‘sishiga qarab daraxt, buta, yarim buta hamda o‘tsimon o‘simliklarga bo‘linadi.
Meva va rezavor meva o‘simliklarining 50 ga yaqin oilasi, 200 avlodi, mingdan ortiq turi va ko‘pgina xillari mavjud. O‘zbekistonda ayni vaqtda mevali va rezavor mevali ekinlarining 70 turi madaniylashtirilgan bo‘lib, ulardan 25 tasi keng tarqalgan. Dunyo mevachiligida, shu jumladan O‘zbekistonda yetishtiriladigan turlarini bir-biridan ajratish maqsadida meva va rezavor meva ekinlarning morfologik tuzilishi va biologik xususiyatlarini hisobga olib 6 guruhga bo‘lish mumkin. Bular: urug‘li (olma, nok, behi), danakli (o‘rik, gilos, shaftoli, do‘lana), yong‘oqli (grek yong‘og‘i, pista, bodom, pekan), subtropik (anor, anjir, xurmo, chilonjiyda), sitrusli (limon, apelsin, mandarin, greypfrut), rezavor mevalar (qulupnay, smorodina, malina, mandarin)ga bo‘linadi.
Mevali va rezavor mevali o‘simliklarning morfologik belgilari, ya’ni yer ustki qismining tuzilishi, hosil berishi, yashash muddatlari va boshqa xo‘jalikdagi ahamiyatli belgilarini inobatga olgan holda ularni daraxt, buta, chala buta va ko‘p yillik o‘t o‘simliklarga bo‘lish mumkin.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling