1-ilova
Mavzu: Gap va uning belgilari. Gaplarning tasnifi
Gap va uning belgilari
Gapning shakliy va mazmuniy tuzilishi
Gaplarning tasnifi
O‘quv mashg‘uloti maqsadi: Gap va uning belgilari, gapning boshqa sintaktik birliklardan farqi, gapning shakliy va mazmuniy tuzilishi, gaplarning tasnifi asosida gaplarni tahlil qilish
O‘quv faoliyati natijalari:
Gap va uning belgilari, gapning shakliy va mazmuniy tuzilishi, gaplarning tasnifi, turlari haqida ma’lumotlarni mustahkamlaydi, bilimlarini sinaydi, mashqlar ishlaydi, testlar ishlaydi.
2-ilova
Baholash mezonlari:
Amaliy mashg`ulotda talabalar 5 ballik sistemada baholanadi.
Savollarga to‘liq va mukammal javoblar bergan, javobini misollar asosida dalillagan, qo‘shimcha o‘qish uchun berilgan adabiyotlarga tayangan holda javob bergan talaba 5 ball bilan baholanadi.
Savollarga to‘liq javob bergan, misollar asosida dalillagan, ammo qo‘shimcha adabiyotlardan olingan materiallardan foydalanmagan talaba 4 ball bilan baholanadi.
Savollarga o‘rtacha javob bergan, javoblarida izchillik bo‘lmagan, tayanch tushunchalar mohiyatini to‘liq ochib bera olmagan talaba 3 ball bilan baholanadi.
Yuqoridagi baho mezonlariga mos kelmaydigan tarzda javob bergan yoki umuman javob bera olmagan talaba qoniqarsiz baho olgan deb topiladi va ogohlantiriladi.
|
3-ilova
1-topshiriq. Savollarga javob bering.
Gap deb nimaga aytiladi?
Gap va so‘z birikmasi
Gapning asosiy belgilari.
Gap haqidagi an’anaviy va zamonaviy qarashlar.
Gapni bo‘laklarga ajratish va uning shakl va mazmun munosabati.
Gaplarning ifoda maqsadiga ko‘ra turlari
Gaplar qaysi belgilariga ko‘ra tasnif qilinadi?
Gaplarning tuzilishiga ko‘ra qanday turlari bor?
Bir bosh bo‘lakli va ikki bosh bo‘lakli gaplar
Bir bosh bo‘lakli gaplarning turlari
Tasdiq va inkor gaplar
Do'stlaringiz bilan baham: |