Texnologiya fani uzviyligi va uzluksizligini ta’minlashda fanlararo integratsiyani ta’minlashning zamonaviy texnologiyasi mundarija: Kirish
Download 48.2 Kb.
|
TEXNOLOGIYA FANI UZVIYLIGI VA UZLUKSIZLIGINI TA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishi ob’yekti
- Kurs ishining ilmiy farazi
- Kurs ishining ilmiy yangiligi: Kurs ishining na’zariy va amaliy ahamiyati
- I BOB TEXNOLOGIYA FANI UZVIYLIGI VA UZLUKSIZLIGI
Kurs ishining maqsadi: - texnologiya fani uzviyligi va uzluksizligini ta’minlashda fanlararo integratsiyani ta’minlashning zamonaviy texnologiya ta’lim tizimida o‘quv-tarbiya jarayonini yuksak darajada tashkil etish.
Kurs ishining vazifalari: 1. Ta’lim samaradorligini oshirish haqida ma’lumot berish . 2. Umumkasbiy va ixtisoslik fanlarini o‘qitishda turdosh fanlar mazmunidan foydalana bilish haqida ma’lumot berish. 3 Jahonda globallashuv jarayonlarining rivojlanishi, mehnat bozori talablariga mos yuqori malakali, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash haqida ma’lumot berish. Kurs ishi ob’yekti: umumta’lim maktablarida texnologiya fani darslarida innovatsion texnologiyalarning tadbiq etishni tashkil etish jarayoni. Kurs ishi predmeti: umumta’lim maktablarida texnologiya fani darslarida innovatsion texnologiyalar asosida samarali tashkil etish shakili Kurs ishining ilmiy farazi: texnologiya fani darslarida yangi pedagogik va innovatsion texnologiyalar asosida samarali tashkil etish jarayoni samarali bo‘ladi. Agarda: - texnologiya fani darslari innovatsion texnologiyalarni qo‘llash asosida olib borilsa; -yangi pedagogik va innovatsion texnologiyalar asosida mashg’ulotlarning tashkillashtirish xususiyatlarini ochib bersa; Kurs ishining ilmiy yangiligi: Kurs ishining na’zariy va amaliy ahamiyati: BMI ning maqsadi jarayonida ………………umumta’lim maktablarining texnologiya darsini yangi texnologiyalar asosida tashkil etishning tashkiliy shakil ta’lim jarayonida qo‘llash. ………umumta’lim maktablarida texnologiya darslarida O‘quvchilar bilim, ko‘nikma va malakalarini shakillantirishda yangi pedagogik va innovatsion texnologiyalar vositasini ta’lim tizimida samarali qo‘llash mumkin. I BOB TEXNOLOGIYA FANI UZVIYLIGI VA UZLUKSIZLIGI Texnologiya fani haqida umumiy ma’lumot O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 noyabrdagi “ Ta'lim tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida” gi qaroriga muvofiq, inspeksiya hamda tegishli ta'lim vazirliklariga maktabgacha, umumiy o'rta, professional, oliy ta'lim o'quv dasturlari va fanlarning uzluksizligini ta'minlash bo'yicha vazifalar belgilab berilgan. Bunda maktabgacha, umumiy o'rta, professional va oliy ta'lim fan dasturlari uzviyligini ta'minlash va ta'lim jarayoniga yangi o'quv dasturlari va rejalarini joriy etish ko'zda tutilgan. Bugungi kunda mazkur vazifalar ijrosini ta'minlash yuzasidan tegishli yo'l xaritasi ishlab chiqildi. Uzviylik va uzluksiz ta’lim tizimida o‘quv-tarbiya jarayonini yuksak darajada tashkil etish, ta’lim samaradorligini oshirish hamda professional ta’lim turlari orasida uzviylik va uzluksizlikni ta’minlash uchun professor-o‘qituvchilar, olimlar, mutaxassisliklar malaka talablari va namunaviy o‘quv reja mualliflari, ish beruvchi korxonalar tajribali mutaxassislarining salohiyatidan samarali foydalanish, uzviylashgan o‘quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni amalda joriy etish muhim ahamiyatga ega. Uzluksiz ta'lim tizimida fan dasturlarining uzviyligi ta'minlanmagani ta'lim sifati va samaradorligiga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. Jumladan, ta'lim turlariaro mavzularning takrorlanishi, ayrim mavzularga haddan ziyod ko'p soatning ajratilgani, fan mazmuni deyarli nazariy ma'lumotlarga asoslanganligi hamda xalqaro tadqiqotlar singdirilmaganligi kabi muammolar mavjud. Ta'lim bosqichlari mazmuni tahlilida 10-15 foiz mavzulaming takror berilayotganligi, 50-60 foiz mavzularda uzviylik ta'minlanmaganligi tahlillarda ko'rindi. Ta’lim texnologiyalari fanining maqsadi – ta’lim-tarbiya tizimida yangi ilg’or g’oyalarni, ta’lim innovatsiyalarini tatbiq etish, pedagogik jarayonni tashkil qilish va boshqarishga nisbatan noan’anaviy yondoshgan holda uning sifatini yanada oshirishning strategik yo’llarini izlashdan iborat. Ta’lim texnologiyalari qisqa vaqt mobaynida, talabaning kuchini iqtisod qilgan holda erishish lozim bo’lgan natijalarni ta’minlashni, sohaga oid innovatsiyalarni kirita oluvchi novator mutaxassislarni shakllantirishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi. Bunday maqsad bugungi kun shart-sharoitlaridan kelib chiqqan holda belgilangan. Talabaning yelkasiga tushayotgan katta axborot yuki va bo’lajak mutaxassislarga qo’yilayotgan talablar tizimini kengayib borishi aynan shunday maqsadni ilgari surishni taqazo etmoqda. Ushbu maqsaddan kelib chiqqan holda fanning vazifalari belgilanadi, ular ta’lim maqsadlari va ularni amalga oshirish shartlari bilan bog’liq bo’lgan pedagogik vazifalardan kelib chiqadi: - ta’lim oluvchilarning fikrlash qobiliyatlarini, bilish faoliyatini, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish; - ularda mustaqil ishlash, izlanish hamda o’z-o’zini rivojlantirish ko’nikma va malakalarini shakllantirish; - ta’lim oluvchilarning individual qobiliyatlarini rivojlantirish uchun imkon yaratish va individual ehtiyojlariga ko’ra ta’limni tashkil etish; - o’z-o’zini anglash, aniq maqsad qo’yish, faoliyatga va kasbga ongli yondoshuvni shakllantirish; - muammolarni hal qilish yo’llarini aniqlash malakalarini rivojlantirish; - jamoada ishlash malakalarini shakllantirish; - maqsadga muvofiq holda AKT, internet bilan ishlashni o’rganish; - yangi samarali texnologiyalarni ishlab chiqish; - texnologik jarayon mexanizmlarini yanada takomillashtirish; - o’quv jarayonini optimallashtirish yo’llarini aniqlash; - pedagogik texnika usullarini tanlash va qo’llash, pedagogik mahorat asoslarini egallashdan iborat. Texnologiya o'quv fani o'quvchilarda texnik ijodkorlikni, qobiliyatni, tafakkurni rivojlantirish, dars jarayonida tabiiy, metall va metallmas materiallarga texnologiya asosida ishlov berish usullarini o'rgatish orqali kasb -hunarga yo'naltirishni yanada kuchaytirish, hunarmandchilik asoslari, ishlab chiqarish va ro'zg'orshunoslik asoslari, elektrotexnika ishlari, elektronika asoslari, ijodiy loyiha tayyorlash texnologiyasi, kasb-hunarga yo'llash bo'yicha o'zlashtirgan bilim, ko'nikma va malakalarini hayotda qo'llay olish layoqatini shakllantirishni ko'zda tutgan. O'quv predmetini o'qitish orqali o'quvchilarning texnik ijodkorlik qobiliyati, kreativ ko'nikmalarini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratiladi. Texnologiya (yunoncha techne — sanʼat, mohirlik, uquv) — sanoat, qurilish, transport, qishloq xoʻjaligi va boshqa sohalarda mahsulotlar olish, ularga ishlov berish va ularni qayta ishlash usullari tartibga solingan tizim; shu usullarni ishlab chiqish, joriy qilish va takomillashtirish bilan shugʻullanadigan fan. Har bir sohaning oʻziga xos texnologiyasi boʻladi: kon ishlari texnologiyasi, mashinasozlik texnologiyasi, qurilish texnologiyasi, qishloq xoʻjaligi va boshqalar. Masalan, qurilish ishlari texnologiyasi bir qancha operatsiyalar yigʻindisidan tashkil topgan: yer ishlari (yerni tekislash, kotlovan va transheyalar kazish); poydevor yotqizish; devor tiklash (gʻisht terish, panel oʻrnatish); antiseysmik belbogʻlar va temirbeton ustunlar ishlash; qavatlararo va tom yopmalarini montaj qilish, tom yopish; elektr, gaz va suv tarmoqlarini oʻtkazish; pardoz ishlari va h.k. Har qaysi operatsiyani oʻziga xos bajarish usullari bor. Mas., pardozlashda avval devor tekislanadi (mayaklar oʻrnatiladi), qora suvoq, keyin toza suvoq qilinadi, soʻngra oqlanadi (boʻyoq beriladi) yoki gulqogʻoz (oboy) yopishtiriladi. Texnologiya fani moddiy-texnik bazasini mustahkamlash zarur. Buning uchun xalqaro tajribalarni hisobga olgan holda yangi turdagi zamonaviy o'quv ishlab chiqarish ustaxonalarini (laboratoriya) barpo etish va muqaddam qurilgan o'quv ishlab chiqarish ustaxonalarini zamonaviy ustaxona (laboratoriya) namunasiga moslashtirish, zamonaviy mebel, jihozlar, asbob-uskuna va moslamalar, o'quv-uslubiy materiallar, kompyuter, interaktiv doska, planshet va multimedia texnikalari, internet, videokuzatuv tizimlari bilan jihozlash, ularni o'z vaqtida yangilab borish, ustaxonalarda (laboratoriya) o'tkaziladigan amaliy mashg'ulotlar uchun kerakli xom ashyo materiallarini davlat budjeti, homiy tashkilotlar va ta'lim muassasasining budjetdan tashqari mablag'lari hisobidan ta'minlashni yo'lga qo'yish kerak. Pedagogik texnologiya atamasi ta’lim jarayoniga yangicha, o’ziga xos belgi va xususiyatlarga ega bo’lgan tizimli yondashuvga asoslanadi. Bu talim jarayoniga innovasion yondashuv demakdir. Yangi ta’limni tashkil etishda jahon pedagogikasi amaliyotida qo’llaniladigan ilg’or metod va usullar, texnika vositalari, o’qitishning shakllarini ta’lim jarayoniga har bir o’quvchi shaxsi, ruxiy o’ziga xosligi, intellektual imkoniyatlari, milliy va ijtimoiy xususiyatlarini inobatga olgan holda olib kirish demakdir. 1.2 Texnologiya fani uzviyligi va uzliksizligini taminlash Texnologiya oʻquv fani oʻquvchilarda texnik ijodkorlikni, qobiliyatni, tafakkurni rivojlantirish, dars jarayonida tabiiy, metall va metallmas materiallarga texnologiya asosida ishlov berish usullarini oʻrgatish orqali kasb-hunarga yoʻnaltirishni yanada kuchaytirish, hunarmandchilik asoslari, ishlab chiqarish va roʻzgʻorshunoslik asoslari, elektrotexnika ishlari, elektronika asoslari, ijodiy loyiha tayyorlash texnologiyasi, kasb-hunarga yoʻllash boʻyicha oʻzlashtirgan bilim, koʻnikma va malakalarini hayotda qoʻllay olish layoqatini shakllantirishni koʻzda tutgan. Oʻquv predmetini oʻqitish orqali oʻquvchilarning texnik ijodkorlik qobiliyati, kreativ koʻnikmalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratiladi. Download 48.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling