Texnologiya fanida ekskursiyaning o'rni va ahamiyati haqida Reja


Download 225 Kb.
bet2/3
Sana18.06.2023
Hajmi225 Kb.
#1588436
1   2   3
Bog'liq
Ekskursiya darslari va ularni amalga oshirishning o‘ziga xos xus

1. Kuzatish ob’ektini tanlash. Odatda kuzatish ob’ekti oldindan tanlanib, ekskursiya ob’ekti dastlabki ravishda o‘rganiladi (borib ko‘riladi), zarur hujjatlar, ekskursiyani o‘tkazish tartibi, o‘quvchilar uchun beriladigan topshiriqlar va hisobotlarning shakllarini tayyorlashdan iborat tayyorgarlik bosqichi amalga oshiriladi.
2. Ekskursiyaning mazmunini asoslash. Unda mehnat o‘qituvchisi yoki ekskursiyani olib boruvchi tomonidan ekskursiyaning maqsadi, vazifalari, korxona xovlisida va boshqa belgilangan joylarda o‘zini tutish qoidalari, kuzatish ob’ektlari, ekskursiya marshruti to‘g‘risida suhbat o‘tkazish, o‘quvchilarni bevosita zarur vazifalarni bajarishi nazorat qilinadi.
3. Ekskursiyaga yakun yasash. Ekskursiya jarayonida paydo bo‘ladigan masalalarni hal qilishga qaratilgan yakunlovchi suhbat o‘tkazish bilan cheklanmaydi. Mehnat bo‘yicha navbatdagi mashg‘ulotlarda bajariladigan vazifalarni va hisobotlarni tahlil qilish hamda jamoada erkin ravishda muhokama qilish yo‘li bilan ekskursiyaga uzil-kesil yakun yasaladi.
Ishlab chiqarishdagi ekskursiyalarni kasb ta’lim o‘qituvchisi boshqa fan o‘qituvchilari, xususan fizika o‘qituvchisi bilan birgalikda o‘tkazish mumkin. Bunday hollarda ekskursiya vaqti uzaytiriladi.
Pardozlovchining ish o‘rni ishlab chiqarishssexidagi boshqa ish o‘rinlaridan ajratilgan va tegishli binoda bo‘lishi kerak. Negaki, pardozlovchi ish jarayonida lak-bo‘yoklardan foydalanadi, pardozlash operatsiyalarini bajarishda obrazi va yog‘och to‘zonlari ko‘tariladi. Shuning uchun yog‘ochga ishlov korxonasining pardozlovchi - ishchisi ish jarayonida qo‘llanadigan moddalar va ashyolarning zararli ta’siridan muxofaza qiluvchi maxsus kiyimlar hamda vositalar komplekt bo‘lishi zarurligini o‘quvchilar ekskursiya jarayonida o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishlari, tushunishlari va taassurot olishlari kerak. Bularni hammasini o‘qituvchi va ishchilar yordamida tushuntirib borish kerak. Agarda tushuntirib borilmasa, bolalar ba’zi narsalarga e’tibor bermay o‘tib ketishlari mumkin. Bunga hech kachon yo‘l qo‘ymaslik kerak. Bular orqali ekskursiya jarayonida o‘quvchilarda kuzatuvchanlik, xotirada saqlash, o‘tkir fikr, mulohaza kabi xislatlar shakllanadi.
O‘zbek xalqining qadimiy va amaliy san’atning ajoyib turi bo‘lmish kulolchilik san’ati xalqimizning mehnati natijasida sayqallanib san’at turiga aylandi. Boshka amaliy san’at turlari kabi kulolchilik ham xalq extiyojidan kelib chiqqan.

    1. Ekskursiyalarni o‘tkazish metodikasida quyidagi asosiy masalalarni alohida ajratib ko‘rsatish mumkin: ekskursiyaga tayyorlanish, ekskursiyani o‘tkazish va uni yakunlash. Bularni batafsilroq ko‘rib chiqamiz.


Download 225 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling