Texnologiya fanida ekskursiyaning o'rni va ahamiyati haqida Reja


Download 225 Kb.
bet3/3
Sana18.06.2023
Hajmi225 Kb.
#1588436
1   2   3
Bog'liq
Ekskursiya darslari va ularni amalga oshirishning o‘ziga xos xus

Ekskursiyani o‘tkazish. Odatda ekskursiya qisqacha kirish so‘zi bilan boshlanib, unda o‘quvchilarga korxonaning mazkur iqtisodiy ko‘rsatkichlari va umuman xalq xo‘jaligi uchun ahamiyati yoritiladi. O‘quvchilar korxonaning mahsulotlari bilan ham tanishadilar, suhbatni texnika xonasida yoki korxonaning tarixi, yutuq va an’analarini ifodalovchi stendlar bilan jihozlangan qizil burchagida o‘tkazish qulaydir. O‘qituvchi suhbat oxirida o‘quvchilarga korxona territoriyasidagi hatti-harakat qoidalarini tushuntiradi va individual topshiriqlar berib, ularning qanday bajarilganligini kuzatishlarini aytadi.
Ekskursiya ta’limiy vazifalarga bog‘liq holda o‘tadi. Masalan, o‘quvchilar korxonaga texnologik jarayon bilan tanishish uchun kelsalar, tayyorlash sexlaridan boshlab to yig‘ish sexlarigacha, biror xarakterli detalni ishlashning hamma jarayonini kuzatadilar. Shu tariqa ular asta-sekin birssexdan ikkinchi sexga o‘tib, umuman korxonaning ishini bilib oladilar. Bunda o‘qituvchi har xil texnologik jarayonlarning tipik tomonlarini alohida ta’kidlaydi. Natijada o‘quvchilar faqat mazkur korxonaga xos texnologik jarayon haqida emas, balki boshqa korxonalardagi shunga o‘xshash jarayonlar haqidagi tushunchaga ega bo‘ladilar. Ikkinchi misol. O‘quvchilar muayyan ishlab chiqarish jihozining tuzilishi va ishi bilan tanishishlari kerak. Bunday hollarda kuzatish uchun ob’ektlar shunday tanlanadiki, o‘quvchilar jihozlar atrofida ishchiga xalaqit bermaydigan, o‘zlariga hamma narsa ko‘rinib turadigan holda joylashadilar.
O‘quvchilar kuzatishni ma’lum miqdorda amalga oshirishlari uchun ularga og‘zaki yoki yozma javob qaytariladigan aniq topshiriqlar beriladi. O‘qituvchi o‘quvchilar orasida aylanib yurib, ular topshiriqni to‘g‘ri tushungan yoki tushunmaganligini va uni qanday bajarayotganliklarini tekshiradi.
Ekskursiya natijalarini yakunlash. Ekskursiya uning natijalarini yakunlash bilan tugaydi. Ko‘pincha mehnat o‘qituvchi ekskursiya tugagach, o‘quvchilar bilan birga texnika xonasiga qaytadi va ular topshiriqni qay tarzda bajara olganini, buning uchun kerakli material to‘plagan yoki to‘plamaganini aniqlaydi. SHundan so‘ng yozma hisobotlarni topshirish yoki ustaxonalarda mashg‘ulotlarda yakunlovchi suhbat o‘tkazish vaqtini belgilaydi.
O‘quvchilarning ekskursiyada olgan bilimlaridan o‘qituvchi keyiinroq, masalan, maktab ustaxonalaridagi va hozirgi sanoat korxonalaridagi ish sharotilarini taqqoslashda foydalanishi mumkin. Ma’lumki, bunday taqqoslash o‘quvchilarda materiallarni qayta ishlashning progressiv, yuqori unumli usullari haqida to‘g‘ri tasavvur hosil qilishlari uchun o‘tkaziladi.
Ekskursiyalar ta’lim-tarbiya, ko‘rgazmali o‘qitishda keng qo‘llaniladigan mashg‘ulot shakllaridan biri sanaladi. Mehnat tarbiyasini amalga oshirishda muzeylar, ishlab chiqarish korxonalariga, qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishiga oid fermalar va dalalarga, qurilish maydonlariga, firmalarga uyushtiriladigan ekskursiyalardan keng foydalaniladi.
Ekskursiyalarni amalga oshirishda mehnat tarbiyasiga oid samaraga erishish uchun avvalo ta’lim muhitini, bevosita buyumlarni amalda ko‘rish, ular bilan amaliy ish bajarish sharoitiga erishish lozim bo‘ladi. Buning uchun, odatda, o‘quv muassasasiga yaqin masofaga joylashgan ob’ektlar tanlab olinadi. Muzeylarga uyushtiriladigan ekskursiyalar ham bu borada yuqori samaraga erishish imkonini yaratuvchi shakllardan biri sanaladi. Muzeylarda turlicha eksponatlar bilan tanishish imkoniyati yaratiladi, jumladan tarixiy hujjatlar, asl buyumlar, Vatan himoyachilari va turli mehnat sohasiga oid ishchilarning shaxsiy buyumlari, turli maqolalar o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otish mumkin. Mehnat ta’limi tizimini yanada rivojlantirish uchun to‘laqonli xizmat qilmayotgan sohalar ham mavjud.
O‘qituvchi ekskursiya joyini tanlashda bolalarning mehnat fani va boshqa fanlar haqidagi bilimlari hajmini, yoshini hisobga olishi kerak. Ekskursiya uchun maktab hovlisi, sport maydonchasi, ko‘cha, bog‘, qurilish, klub, o‘rmon, tog‘, chorvachilik fermalari, parradachilik fermalari, paxta maydoni, shahar joylarda esa fabrika, zavod, ustaxona va hakozolarni tanlash mumkin.
Ekskursiya ob’ektlarini ularning xarakteriga ko‘ra uch guruhga bo‘lish mumkin. Ya’ni:

  1. Tabiatga ekskursiya.

  2. Sotsial-maishiy xizmat bilan bog‘liq bo‘lgan joylarga ekskursiya.

  3. Ishlab chiqarish ob’ektlariga ekskursiya.

Ekskursiya rejasini tuzganda o‘qituvchi quyidagilarga e’tibor berishi lozim:

  • o‘quvchilarga ob’ektlar qanday ketma-ketlikda ko‘rsatiladi, o‘quvchilar nimalarni mustaqil kuzatadilar;

  • ekskursiya jarayonida mashg‘ulotlarning metod va usullari (hikoya, suhbatlashish, o‘yin va boshqalar);

  • ekskursiya jarayonida qanday materiallar yig‘iladi;

  • ekskursiya qanday yakunlanadi.

Ekskursiya jarayonida o‘qituvchi bilan bolalar o‘rtasida bo‘ladigan savol-javoblar ham rejada aniq ko‘rsatilishi lozim.
O‘quvchilar ishlab chiqarish korxonalarida, zavod va fabrikalar, borliq, tevarak atrofni qanchalik tushunga holda idrok esalar, ularda estetik his-tuyg‘ular shunchalik barqaror va mazmunli bo‘ladi. Ular asta-sekin boshlang‘ich holda bo‘lsada, estetik mulohazalar yuritish qobiliyatiga ega bo‘la boshlaydilar. O‘quvchilar nutqida “xushbichim”, “nafis”, “engil”, “quvonchli”, “bayramdagidek” kabi chiroyli so‘zlarning paydo bo‘la borishi ularda borliqni estetik idrok etish malakalari shakllanayotganidan dalolat beradi.
Ekskursiya jarayonida o‘quvchilarning tabiatga, jonajon o‘lkaga va mehnatga bo‘lgan muhabbatini oshirishni ham unutmaslik kerak.
Dastgohchining ish o‘rni ozoda, shamollatish moslamasiga, vaqti-vaqtida dam olish joyiga, sun’iy va tabiiy yoritish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak.

Xulosa

Ekskursiya o‘quvchilar xotirasida abadiy muhrlanib qoladi. Ekskursiyadan o‘quvchilar katta ta’surotlar bilan qaytadi. O‘quvchilar maktabni tamomlab ketganlaridan so‘ng ham bu kabi darslarni hech qachon unutmaydi. Shunday qilib, ekskursiya darslari muhim ta’lim shakllaridan biri sanaladi. Bu kabi darslar, ayniqsa, mehnat ta’limida muhim o‘rin tutadi. Binobarin, ekskursiya darslari tabiiy va maxsus sharoitlarda muayyan ob’ektlar bilan yaqindan tanishish, ularga xos xususiyatlarni o‘rganish, jamiyat hayoti va ishlab chiqarish tizimida tutgan o‘rnini etarli baholash imkoniyatini ta’minlaydi. Ekskursiya darslarining izchil o‘tkazilishi ta’lim jarayonini qiziqarli bo‘lishi, o‘quvchilarning fanni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarining oshishini ta’minlaydi. Shuningdek, mehnatga va mehnat ahliga ijobiy munosabatni qaror toptiradi. Ushbu mustaqil ishimni tayyorlash davomida ekskursiya darslari haqida bir qancha qo’shimcha ma’lumotlarga ega bo’ldim.



Foydalanilgan adabiyotlar:



  1. N.A.Muslimov Sh.S.Sharipov ‘’Mexnat ta’limi o‘qitish metodikasi. Kasb tanlashga yo‘llash’’ Toshkent-2014




  1. Kasb-hunarga yo‘naltirish fanidan uslubiy ko‘rsatma.




  1. Internet tarmog’i: www.google.com



Download 225 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling