Texnologiya fanida ekskursiyaning o'rni va ahamiyati haqida Reja
Download 225 Kb.
|
Ekskursiya darslari va ularni amalga oshirishning o‘ziga xos xus
Texnologiya fanida ekskursiyaning o'rni va ahamiyati haqida Reja: Ekskursiya darslari va ularni amalga oshirishning oziga xos xususiyatlari. Ekskursiyalarning darsdan tashqari mashgulotlarda tutgan orni. Mehnat talimida ekskursiyalarni amalga oshirish metodikasi. Organilayotgan mavzuning mazmuniga bogliq bolgan narsa, hodisa va voqealarni hamma vaqt sinf sharoitida namoyish qilish mumkin bolmaydi. Shuning uchun ham otilayotgan mavzuning xarakteriga qarab, ekskursiya darslaridan foydalaniladi. Oz mohiyatiga kora ekskursiyalar talimning yordamchi shakllari sanaladi. Ular ommaviy, guruhli va kichik guruhli bolishi mumkin. Oquv ekskursiyalari alohida fanlar hamda bir qancha fanlar boyicha ham rejalashtiriladi. Ekskursiyani muvaffaqiyatli otkazish uchun oqituvchi unga puxta tayyorlanishi zarur: 1) obekt va mashrut bilan oldindan tanishib chiqishi; tola rejani ishlab chiqishi; oquvchilarni bolajak topshiriqlarni bajarishga jalb eta olishi. Ekskursiya rejasida mavzu va maqsad, obekt, u bilan tanishish tartibi, oquvchilar idrok etish faoliyatlarini tashkil etish, topshiriqni bajarish uchun zarur bolgan vositalar va uskunalar, yakun yasash tartibi korsatiladi. Ekskursiyani otkazish metodikasi mavzu, didaktik maqsad, oquvchilarning yoshi, ularning rivojlanishi hamda ekskursiya obektiga bogliq boladi. Ekskursiya jarayonida didaktikaning korgazmalilik, nazariya bilan amaliyotni boglab olib borish kabi prinsiplari amalga oshiriladi. Ekskursiya jarayonida oquvchilarning bilish faoliyatlari, jamoatchilik, vatanparvarlik kabi xususiyatlari shakllanadi va rivojlanadi, shaxsni estetik tarbiyalash kabi ishlar amalga oshadi. Odatda, ekskursiya, u yoki bu fanning malum bolimlarini organish maqsadida otkaziladi. Ular tabiat, ishlab chikarish korxonalari, jamoa xojaligi, muzey, tarixiy yodgorliklar bolishi mumkin. Ekskursiyani muvaffaqiyatli otkazish kop jihatdan oqituvchining tayyorgarligiga boglik boladi. Tayyorgarlik bosqichi oz ichiga quyidagi asosiy vaqtlarni oladi: joyni tanlash va uning oldindan oqituvchi tomonidan kuzatilishi; ekskursiya jarayonida oqituvchi tayanishi lozim bolgan bolalardagi bilim va tushunchalarni bilib olish; ekskursiya rejasini belgilash va uning maqsadini aniqlash. Ekskursiya mehnat talimning shunday bir bolagidirki, uning borishi jarayonida oquvchilar asbob-uskunalarni, texnologik jarayonlarni va mehnat jarayonlarini ishlab chiqarish sharoitida mehnatni tashkil etishni kuzatadi va organadi. Korxonaga ekskursiyalar oquvchilarni korxona bilan, uning asbob-uskunalari, mehnat jarayonlarining tashkil etilishi va ishlab chiqarishning aniq masalalarini, yani asbob-uskunalarining eng yangi namunalarini va ishlab chiqarishning zamonaviy texnologiyasini, ilgor ish usullari va mehnatni ilmiy asosda tashkil etish metodlarini organish maqsadida ham tashkil etilishi mumkin. Demak, ekskursiyalar otkazishdan maqsad avvalo oquvchilarda hozirgi zamon ishlab chiqarishi haqida tasavvur qilishdir. Zero, oquv ustaxonalari sharoitida oquvchilar odatda materiallarga ishlov berishning sanoatdagi eng yangi yutuqlarini aks ettiradigan usullari bilan tanishish imkoniyatiga ega bolmaydilar. SHunga kora aytish mumkinki, ekskursiya oquvchilarni zamonaviy texnika, texnologiya va bevosita korxonada ishlab chiqarishni tashkil qilish bilan tanishtirishning yagona yolidir. Ekskursiya anchagina muhim tushunchalarni, jumladan, mehnat unumdorligi tushunchasini shakllantirishda ham katta ahamiyatga ega. Bu tushunchani bayon qilish va korsatmali qollanmalardan foydalanish orqali ham shakllantirish mumkin, albatta. Lekin bunda mazkur tushuncha oquvchilarning amaliy faoliyatidagi, jumladan, ishlab chiqarishga uyushtirilgan ekskursiyadagi kabi mustahkam ozlashtirmaydi. Ular rejalashni togri bajarish va birikadigan detallarni aniq moslash qanchalik qiyinligini biladilar. Mehnat unumdorligini oshirishda murakkab tikuvchilik yollaridan biri bilan tanishish oquvchilarda katta tasurot qoldiradi va ularning esida yaxshi qoladi. Umumiy tanishtirish xarakteriga ega bolish ekskursiyani talimning biror bolimi (yogoch va metallga ishlov berish, servis xizmati, mehnat operatsiyasi va hokazolar) boshlanishidan oldin otkazilishi kerak. Aniq mavzuni otishdan keyin yoki undan oldin otkazilgani maqul. Ekskursiya odatda 15-20 oquvchidan iborat bitta sinf bilan frontal ravishda otkaziladi, biroq ekskursiya jarayonida ayrim oquvchilar uchun yakka holda maslahatlar va izohlar berish istisno qilinmaydi. Mehnat oqituvchisi yoki ekskursiyani olib boruvchi ekskursiya jarayonida oquvchilarning kuzatishiga rahbarlik qilib turadi, ularning ishlash tamoyiliga va mahsuloti ishlash texnolgiyasiga mehnatni tashkil etish va hokazolarga jalb qilinadi, bular ortasida obektiv ravishda umumiy tamoyillarni bilib olishni orgatadi. Masalan, oquvchilar oquv ustaxonalaridagi mashgulotlarda asosan yogoch, metall, gazlamaga ishlov berishning qolda bajariladigan operatsiyalarini organib oladilar. Tegishli korxonalarga otkazilgan ekskursiya jarayonida ular eng yangi stanok, mashinalar, jihozlar bilan va yuqori unumli mehnat usullari bilan tanishadilar. Tikuv materiallarini qayta ishlash korxonasining tayyorlovssexiga otkazilgan ekskursiya davomida, oquvchilar har xil mashinalarning ishlashini, tikuv materiallarining qirqilishini korayotganlarida ularning mehnat unumdorligi haqidagi bilimlarini mustahkamlash va kengaytirish mumkin. Bolalar ekskursiyada baravar vaqt mobaynida qoldagiga nisbatan mexanik qaychi bilan ancha kop ish bajarish mumkinligini bevosita koradilar. Ana shu misol orqali mehnat unumdorligini oshirishning ayrim yollarini korsatish mumkin. Masalan, qol qaychi orniga mexanizatsiyalashtirilgan qaychidan foydalanish qol mehnati ornini mexanizatsiyalashgan mehnat egallashning namunalaridan biridir, mehnat unumdorliginining oshirishi esa ishda bir yola bir necha asbobdan nuqtai nazaridan biridir, mehnat unumdorligining oshirilishi esa ishda bir yola bir necha asbobdan foydalanishga misol bola oladi. Mehnat unumdorligini oshirish nuqtai nazaridan qaychilash jarayonini tariflashda oquvchilarga mustaqil holda bir necha misollar keltirishni tavsiya etish maqul. Ular ilgari organilgan materiallarni: qol va elektr mashinalar bilan tikish, qolda va mashinalarga yormash, qol va mexanik qaychilarda qirqish va h.k.larni eslasalar mazkur topshiriqni bajaradilar. Ekskursiyaga tayyorlanish ekskursiya obektini tanlashdan boshlanadi. Obektni tanlash ekskursiya jarayonida qoyiladigan vazifalar bilan belgilanadi. Masalan: 5-sinf oquvchilari mehnat talimi darslarida tikuv materiallarini qirqish ishlarini bajaradilar (tikuvchilik korxonalariga ekskursiya uyushtirib, oquvchilarni tikuv materiallarini qirqish bilan tanishtirish mumkin); 6-7-sinfda tikuvchilik buyumlariga ishlov berish organilgandan song asosiy talimiy vazifa oquvchilarga texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish haqida tushuncha berishdan iborat boladi (tabiiyki, bunday paytda ekskursiya uchun avtomat liniya yoki alohida avtomat mashinalar mavjud obekt tanlanishi kerak). Ekskursiya obektlarini tanlashda qishloq joylarida mehnat talimi oqituvchisining imkoniyati nihoyatda cheklanganini nazarda tutish kerak. Buning ustiga bazan hamma ekskursiyalarni bitta korxonaning ozida otkazishga togri keladi. Bunday hollarda mehnat talimi oqituvchisi ekskursiyalar mazmunan takrorlanmasligi va ularga oquvchilarning qiziqishi susaymasligi uchun oldindan ustaxonalarda talim berishning butun davri uchun otkaziladigan ekskursiyalarning rejasini tuzib oladi. Oqituvchi ekskursiya uchun obekt tanlagach korxona rahbarlari bilan kelishib oladi va ekskursiyani kim otkazishi masalasini hal qiladi. Ekskursiyani oqituvchining ozi otkazsa, eng kop talimiy samarada erishiladi. Chunki oqituvchi mana shu tadbirning talimiy vazifalarini, oquvchilarning tayyorligi va fan asoslariga doir bilimlarini yaqqol tasavvur etadi. Bularning hammasi unga ishni aniq olib borish, oquvchilarning daqqat etiborini ular uchun eng muhim hisoblangan asosiy narsalarga qaratish imkonini beradi. Afsuski, har bir mehnat talimi oqituvchisi hozirgi sanoat korxonalarida otkaziladigan ekskursiyalarni boshqarishga tayyorlangan, deb bolmaydi. Ana shunday hollarda ekskursiyani korxonaning xodimi otkazadi, oqituvchi esa unga avval ekskursiyaning vazifalarini tushuntirishi lozim. Mehnat talimi oqituvchisi ekskursiyani olib boruvchi bilan birgalikda ekskursiyaning marshrutini va oquvchilarga korsatiladigan obektni belgilaydi. Bunda oquvchilarning xavfsizligi masalalariga katta etibor beriladi. Oqituvchi ekskursiyani olib boruvchi bilan birgalikda oquvchilarning korxona territoriyasidagi harakati xavfsizligini qanday taminlash, ularnissexga qanday joylashtirish kerakligi haqida fikrlashadi. Oqituvchi ekskursiya vaqtida oquvchilarning faolligini oshirish uchun ularga individual topshiriqlar beradi. Bu topshiriqlar turli xarakterda bolishi, masalan: muayyan detalga ishlov berish tartibini yozishdan (marshrutli texnologik karta tuzishdan), qator operatsiyalar boyicha detal mashgulotning eskizini tayyorlashdan, qol mehnati bilan mashinada ishlashning unumdorligini taqqoslashdan iborat bolishi mumkin. Oquvchilar oquv ustaxonalari va ishlab chiqarishdagi mehnat jarayonlarini taqqoslab, faqat oquvchilar mehnatining sifatinigina emas, balki mehnat unumdorligini oshirishni ham taminlaydigan xilma-xil dastaki va stanok moslamalaridan keng foydalanish yoli bilan qolda bajariladigan ishlarni mexanizatsiyalash zarur, degan mustaqil xulosalarga keladilar. Bunday ekskursiyalar oquvchilarda ozlari qurgan narsalar togrisida yorqin tasurotlar qoldiradi, ularning bilim doirasini va mehnatni qayta qurish munosabatini shakllantiradi, bilish faolligini rivojlantirishga imkon beradi va ishlab chiqarish intizom asoslarini qaror toptiradi. Korxonaga otkaziladigan har qanday ekskursiya quyidagi uch bosqichda amalga oshiriladi: Download 225 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling