Texnologiya menejment va kommunikatsiya instituti pps-22-18 guruh talabasi begonayeva arofatxon


Download 11.05 Kb.
bet2/4
Sana18.06.2023
Hajmi11.05 Kb.
#1572182
1   2   3   4
Bog'liq
Begonayeva Arofatxon

AKTIV XAYOL


Passiv xayolning aksi bo`lgan AKTIV XAYOL ijodiy va qayta tiklovchi xayol turlariga bo`linadi. Ma`lum bir asosga, yozuvlarga, chizmalarga asoslanib ularga muvofiq keladigan obrazlar tizimini yaratuvchi xayol QAYTA TIKLOVChI XAYOL deyiladi.

IJODIY XAYOL


IJODIY XAYOL qayta tiklovchi xayoldan farq qilgan holda, orginal va qimmatli moddiy mahsulotlarda amalga oshiriladigan yangi obrazlarni yaratish. Ijodiy xayol barcha turdagi texnik, badiiy va boshqa ijodiyotning ajralmas qismini tashkil qiladi.

XAYOL JARAYONLARI


Xayol (fantaziya) obrazlari qanday yaratiladi?
Xayol jarayonlari ham idrok, xotira, tafakkur kabi analitik va sintetik xarakterga ega. Analiz idrok va xotiradek ob`ektning ayrim umumiy belgilarini ajratish va saqlash hamda muhim bo`lmagan belgilardan chetlashish imkoniyatini beradi. Analiz va undan keyingi sintez natijasida andaza, etalon hosil qilinadi. Shu etalonga suyangan holda tashqi olam, borliq, predmetlar va hodisalar o`rganiladi.

Xayol jarayonlari


Analiz va sintez xayol jarayonida boshqacha o`ringa va yo`nalishga ega. Chunki xayol jarayonida yangi, avval bo`lmagan obrazlar, tasavvurlar yaratiladi. Albatta bunda yangilik va eskilik o`rtasidagi izchillik saqlanib qoladi. Xayol jarayonlarida tasavvurlar sintezi turlicha amalga oshiriladi.

AGGLUTINASIYA.

Agglutinasiya - kundalik hayotimizda birlashtirib bo`lmaydigan turli sifatlar, xususiyatlar va qismlarni "yopishtirib" birlashtirishdan iborat xayol jarayoni. Agglutinasiya yo`li bilan ko`proq ertak obrazlari yaratiladi (suv parisi, tovuq oyog`ida turgan uy, pegas, kentavr va shu kabilar). Agglutinasiyadan texnik ijodda ham foydalaniladi (tank amfibiya, gidrosamolyot).

GIPERBOLIZASIYA.


Giperbolizasiya narsalarni kattalashtirish, kichraytirish, ularning ma`lum qismlarining sonini ko`paytirish, ularning o`rnini almashtirish orqali yangi obrazlar yaratish. Bunga misol qilib ko`p qo`lli xudolarning obrazi (hind afsonalarida), tog`dek katta odam, no`xatdek kichik polvon, etti boshli ajdarlar va shu kabilar giperbolizasiya yo`li bilan yaratilgan obrazlarni keltirish mumkin.

Download 11.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling