Texnologiya ta`limi metodikasi fani va uning vazifalari
O’quvchilarni mehnatga amaliy tayyorlash
Download 35.49 Kb.
|
1. Texnologiya fanini o\'qitish metodikasi. Texnologiya ta\'limi p
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mehnat malaka va ko’nikmalari bilan qurollantirish.
O’quvchilarni mehnatga amaliy tayyorlash. Boshlang’ich sinflarda keng mahnodagi ilmiy asoslar haqida emas, politexnik ta’limning elementlari to’g’risida gap boradi. Bu o’quvchilarda fan-texnika yutuqlariga nisbatan qiziqish uyg’onishiga yordam beradi. Biroq, umum ta’lim predmetlarini o’qitish mehnat darslarini ma’lum darajada politexnik asoslarda, darsdan-darsga politexnik bilimlarni qo’shib olib borishga yordam beradi. Politexnik tayyorgarlikka ega bo’lib, qo’yilgan mehnat vazifalarini bajarishda asboblardan to’g’ri foydalanishga yordam beradi. SHuningdek bu tayyorgarlik kerakli ishlab chiqarish bosqichlarini qanday va qaysi izchillikda amalga oshirish, qanday asboblarni qo’llash va undagi sabablarin anglashga ko’maklashadi. Mehnat bo’yicha dasturning istalgan bo’limini o’tishda o’qituvchi bolalarga ma’lum hajmdagi politexnik bilimlarni beradi. Boshlang’ich politexnik bilim bilan qurollantirish o’quvchilarga predmetni yasash, ishlov berilayotgan materialning xususiyatlari, texnologik o’ziga xosliklari, materialga qo’lda ishlov berilganda qo’llaniladigan asbob-moslamalarning xususiyatlari, ulardan foydalanish qoidalari haqida mahlumot berishdan iboratdir.
Politexnik bilimlar asosan boshlang’ich sinf o’quvchilarida fan-texnika yutuqlariga nisbatan qiziqish uyg’otadi. O’quvchilarga berilayotgan politexnik bilim, amaliy ko’nikma va malakalarga o’rgatishni ma’lum nazariy darajada amalga oshirishga imkon beruvchi zamindir. Mehnat malaka va ko’nikmalari bilan qurollantirish. Mehnatga amaliy tayyorlash mehnat ta’limining muhim omillaridan biridir. U o’zaro bog’langan bir nechta elementlardan: oddiy asbob va moslamalardan foydalana bilish u yoki bu materialga ma’lum izchillikda ishlov bera olish, yo’l qo’yilgan xatoni o’z vaqtida aniqlash va to’g’irlay olish kabilardan tarkib topadi. Mehnatga amaliy tayyorlash faqat kerakli bilimlar bazasida amalga oshishi mumkin. U boshlang’ich maktabda boshlang’ich politexnik bilimlarga asoslanadi. Mehnat ta’limining mazmuniga muvofiq o’quvchilarda mazkur yosh uchun qulay bo’lgan materiallarga ishlov berishda qo’llaniladigan oddiy asbob va moslamalarni ishning amaliy malaka va ko’nikmalarini egallaydilar. Oddiy asbob va moslamalar maxsus asbob va moslamalarning bosh asosi hisoblanadi. Amaliy malaka va ko’nikmalar bilan qurollantirish, asosiy ishlab chiqarish operatsiyalarini o’rgatish ham demakdir. Boshlang’ich sinf o’quvchilari duch keladigan buyumlar texnologiyasi xilma-xildir, biroq bu masalani batafsil o’rganmasdanoq ish opreatsiyalarining tipikligini sezib olish qiyin emas, ular: materiallarni o’lchab olish va belgilash, ularni qirqib ishlov berish, qismlarni yelimlash, tikish, o’rash va bog’lash kabi yo’llar bilan birlashtirish va mustahkamlash, detallarni yig’ish va buyumni mantaj qilishdir. Yakunlovchi bosqich buyumni bezashdir. O’quvchilardagi mehnatga bo’lgan qiziqishni o’z vaqtida aniqlash va ularga mehnat malakalarini sevgan mashg’ulotlarida takomillashtirishlariga yordam berish juda muhimdir. Bunda o’quvchilarni ehtiboriga eng oddiy buyum o’yinchoqlarni, o’yinlarni, o’quv qurollarini tayyorlash, naqshlar chizib va qirqib olish, applekatsiya ishlari havola etiladi. Bundan tashqari bolalarda mehnatga qiziqishni uyg’otish, mehnat darslarida hosil qilingan bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirish, ko’nikma va malakalarini mustahkamlash uchun “Mohir qo’llar” to’garaklarida, kun o’zaytirilgan guruhlarda sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Download 35.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling