Texnologiya
Download 390.02 Kb. Pdf ko'rish
|
8-SINF TEXNOLOGIYA VA DIZAYN YO‘NALISHI (34 soat) O‘quvchilar o‘quv faoliyati natijalariga qo‘yiladigan talablar: Hunarmandlarning bozor munosabatlari asosidagi faoliyatlari, uyushmalari va uning istiqbollarini biladi; xalq hunarmandchiligi bo‘yicha ko‘rgazma va tanlovlarni tashkil qilish va ishtirokchilarni tanlash qoidalari biladi; O‘zbekistonda moddiy ishlab chiqarish asoslari va uning tarkibini biladi; mehnat predmetiga mexanik ta’sir etish orqali amalga oshiriladigan texnologik jarayonlarni qo‘llay oladi; kichik hajmdagi qutichani tayyorlay oladi; yig‘iladigan stulchani tayyorlay oladi; yog‘ochdan sovg‘a uchun soat tayyorlay oladi; xavfsizlik texnikasi qoidalari va sanitariya-gigiyena talablariga rioya qiladi. harakatlanuvchi sodda qurilmalarni tayyorlay oladi; maishiy elektr asboblarini sozlay oladi; rezistor va kondensatorlarni ketma-ket, parallel va aralash ulay oladi; uy-ro‘zg‘orda tuzatish va ta’mirlash ishlarini bajara oladi; kasblar tasnifini, kasblarda mehnat turlarining ta’rifini biladi; kasb-hunar egallashda inson salomatligiga qo‘yilgantalablarga amal qila oladi. 5 HUNARMANDCHILIK MAHSULOTLARINI TAYYORLASH TEXNOLOGIYASI . ( 10 soat) O‘zbekistonda xalq hunarmandchiligining turlari, rivojlanish tarixi, istiqbollari. O‘zbek xalq hunarmandchiligiga asos solgan hunarmand ustalar, uyushmalari, xalqhunarmandchiligining turlari, ish usullari va maktablari. Xalq hunarmandchiligi bo‘yicha ko‘rgazma va tanlovlarni tashkil qilish va ishtirokchilarni tanlash qoidalari. Xalq hunarmandchiligi bo‘yicha ko‘rgazma va tanlovlarni tashkil qilish va ishtirokchilarni tanlash qoidalari haqida ma’lumot. Download 390.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling