Texnologiya va dizayn fanidan Oraliq nazorat ishi


Download 28.96 Kb.
Sana30.10.2020
Hajmi28.96 Kb.
#138529
Bog'liq
Texnologiya va dizayn fanidan Oraliq nazorat ishi 20 variant


Texnologiya va dizayn fanidan Oraliq nazorat ishi

Variant-20



  1. Randalash dastgohlari.

  2. Parchinlash jarayoni va parchinlashda ishlatiladigan asbob uskunalar va moslamalar.

  3. Detal sirtini jilvirlash va jilolash.

  4. Duradgorlik randalari va ularni ishga sozlash.

  5. Varaqa tunukalarini biriktirish usullari.



  1. Randalash dastgohlari.

Rаndаlаsh dаstgоhlаri kеskich yordаmidа yassi yuzаlаr, turli prfilli pаz vа аriqchаlаr yo’nish uchun ishlаtilаdi. Rаndаlаsh dаstgоhlаridа аsоsiy хаrаkаt to’g’ri chiziqli ilgаilаnmа- qаytmа r bo’lib ilgаrilаnmа хаrаkаtdа mеtаll yo’nilmаydi (kеskich sаlt yurаdi). Bu dаstgоhlаrdа surish хаrаkаti dаvriy rаvishdа, sаlt yurish охiridа bo’lаdi. Sаlt yurishgа аnchаginа vаqt sаrf bo’lаdi, bu dаstgоhning kаmchiligidir. Хаrаkаt yo’nаlishining o’z gаrishidа inеrsiya kuchlаri vа titrаshlаrning zurаyishi оqibаtidа mеtаllni kаttа tеzliklаrdа kеsish mumkin bo’lmаydi, nаtijаdа ulаrning ish unumi pаst bo’lаdi.

Rаndаlаsh dаstgоhlаri ko’ndаlаng-rаndаlаsh dаstgоhlаri bilаn buylаmа- rаndаlаsh dаstgоhlаrigа bo’linаdi. Ko’ndаlаng rаndаlаsh dаstgоhlаri unchаlik kаttа bo’lmаgаn zаgаtоvkаlаrni rаndаlаshdа ishlаtilаdi. Bu dаstgоh gоrizоntаl, vеrtikаl vа tik yuzаlаrni rаndаlаsh, turli prоfildаgi pаz vа аriqchаlаr оchish uchun mo’ljаllаngаn. Dаstgоhning аsоsiy uzеllаri quyidаgilаrdаn ibоrаt: tutib turuvchi stоykа; univеrsаl stоl; buriluvchi suppоrt; suppоrtni surish mехаnizmi; pоlzun; dаstgоh yuritmаsining elеktrо dvigаtеli; qrivоship – kulisаli mехаnizmi bo’lgаn tеzliklаr qutisi; stоlni surish mехаnizmi; pоpеrеchinа; stаninа; stаninа аsоsi.

Dаstgоhning ishlаsh prinsipi quyidаgichа: Rаndаlаnаdigаn zаgаtоvkа stоlning yuqоrigi plitаsigа yoki stоl kоrpusining yon sirtigа, kеskich esа buriluvchi suppоrtning kеskich tutqichigа mахkаmlаnаdi. Qiya yuzаlаrni rаndаlаshdа stоl kоrpusi vа yuqоrigi plitаsi o’zаrо pеrpеndikulyar ikki yo’nаlishdа burilib, zаgаtоvkаni rаndаlаnаdigаn yuzаsi gоrizоntаl vаziyatgа kеltirilаdi. Zаgаtоvkаning rаndаlаnish lоzim bo’lgаn yuzаsi uzunligigа qаrаb, pоlzuning yurish yo’li zаrur uzunliukkа kvаdrаt yordаmidа rоstlаnаdi vа pоlzun to’g’ri chiziqli ilgаrilаnmа–qаytаr хаrаkаtgа yo’nаlаdi, qаytаr хаrаkаtidа mеtаll yo’nilmаydi (kеskich sаlt yurаdi), хаr sаlt yurish охiridа, esа stоl zаgаtоvkа bilаn birgа mа’lum оrаliqqа surilib turаdi. Zаgаtоvkаning vеrtikаl yoki qiya yuzаlаrini rаndаlаshdа surish хаrаkаti pоlzun gаlоvkаsigа nisbаtаn tеgishli burchаkkа burilgаn suppоrtgа bеrilаdi. Buylаmа – rаndаlаsh dаstgоhlаri zаgаtоvkаlаrning uzun vа tоr to’g’ri yuzаlаrini rаndаlаsh uchun ishlаtilаdi. Buylаmа – rаndаlаsh dаstgоhlаridа kеsish хаrаkаti esа suppоrtgа bеrilаdi.

Randalash dastgohlari va ularda bajariladigan ishlar. Randalash dastgohlari kеskich yordamida yassi yuzalar, turli profildagi paz va ariqchalar yo`nish uchun ishlatiladi. Bu dastgohlar tokarlik gruppasiga mansub dastgohlardan shu bilan fark qiladiki, ularda bosh xarakat (qisish xarakati) to`g`ri chiziqli ilgarilanma-qaytar bo`lib, ilgarilanma xarakatda mеtall yo`niladi, qaytar xarakatda esa mеtall yo`nilmaydi (kеskich salt yuradi). Bu dastgohlarda surish xarakati davriy ravishda, salt yurish oxirida sodir bo`ladi. Randalash dastgohlarining kamchiligi shundan iboratki, ularda salt yurishga anchagina vaqt sarf bo`ladi; bundan tashqari, xarakat yo`nalishining o`zgarishida inеrtsiya kuchlari va titrashlarning zo`rayishi oqibatida mеtallni katta tеzliklarda qisish mumkin bo`lmaydi, natijada ularning ish unumi past bo`ladi. Ammo randalash dastgohlarida tayyorlamalar oddiy va arzon kеsuvchi asbob – randalash kеskichi bilan yo`niladi va, shuning uchun, ulardan yakkalab va kichik sеriyalab ishlab chiqarishda foydalaniladi. Randalash dastgohlari ko`ndalang-randalash dastgohlari bilan bo`ylama-randalash dastgohlariga bo`linadi. Ko`ndalang-randalash dastgohlari.Ko`ndalang-randalash dastgohlari unchalik katta bo`lmagan tayyorlamalarni randalashda ishlatiladi.

Ko`ndalang-randalash dastgohlaridan birining – SPS-01 modеlli univеrsal dastgohning umumiy ko`rinishi 1-rasmda tasvirlangan. Bu dastgoh gorizontal, vеrtikal va qiya yuzalarni randalash, turli profildagi paz va ariqchalar ochish uchun mo`ljallangan.



2. Parchinlash jarayoni va parchinlashda ishlatiladigan asbob uskunalar va moslamalar.

Parchin mixli birikmalar va ularni hosil qilish, parchin mixlarning turlari, tayyorlash usullari, materiali, parchinlash asboblari va moslamalari bilan tanishtirilib, parchinlashni mashq qildirishga o‘tiladi.

Parchin mixlar po‘lat, mis, latun, alyuminiy, dyuralyuminiy va boshqa metallardai yasaladi. Ular yuqori plastiklik xususiyatiga ega bo‘lishi, toblanmasligi kerak Parchin mix va parchinlanadigan detal materiali bir xil bo‘lishi talab yetiladi (metallmas materiallar buidan mustasno)

Chilangarlik o‘quv ustaxonalarida parchin mixlar tayyorlashda ular uchun tanlangan material texnologik sinash yo‘li bilan tekshiriladi. Buning uchun tanlab olingan sterjendan ma’lum o‘lchamda bir bo‘lak qirqib olinadi. Bu bo‘lakni tiskiga qotirib, bir uchi bolg‘alanadi. Bolg‘alashda metall yorilm darz ketmay, snimay talab yetilgan shaklga nuqsonsiz kelsa. u parchin mix tayyorlash uchun yaroqli deb topiladi va unda turli konstruksiyadagi parchin mixlar tayyorlanadi.

Parchin mixlar materialiga va ishlatish sohalariga qarab turli konstruksiyada tayyorlanadi. Ular sterjenining diametri 1 mm dan 37 mm gacha bo‘lgan yarim yumaloq, yanrin, yarim yashirin kallakli yaxlit va ichi kovak piston ko‘rinishida bo‘ladi.Ichi kovak pistonlar aniq mashinasozlik sanoatida yelastik materiallar (fibra, karton, charm, mato va hokazolar) dan yasalgan detallarni parchinlab biriktirishda ishlatiladi. Maxsus (portlovchi) parchin mixlar detalning ikkinchi tomoniga o‘tib ishlash mumkin bo‘lmagan hollardagina ishlatiladi. Bularning uchida bir oz bo‘shliq bo‘lib, unga portlovchi modda to‘ldirilgan bo‘ladi. Modda portlashishatijasida mixning pistonsimon uch qismi yoyilib detallarni biriktiradi (birikma hosil bo‘ladi). Parchin mixlarning o‘lchamlari parchinlanadigan detallarning qalinligiga qarab olinadi. Puxta birikmalar hosil qilishda migning diametri d = 2S mln ga teng bo‘ladi, bu yerda S mln parchinlanadigan detal qalinligining yeng kichik o‘lchami. Parchin mixning uzunligi l birikmaning qalinligi S bilan mixning birikmadan chiqib turgan qismi uzunligi l0 ning yig‘indisiga teng, ya’ni: L= S+ l0

Yarim yumaloq kallakli parchin mixlarda l0=(1÷1,5) d, yashirin kallakli parchin mixlarda l0=(0,5÷1) d bo‘ladi. Parchin mix o‘rni parchinlanadigan detal qalinligiga qarab sumba bilan urib yoki parmalab teshiladi. Parchinlash parchin mixlarni kzdirib yoki sovuqlayin qo‘lda va pnevmatik bolg‘alar bilan olib boriladi. Diametri 10 mm gacha bo‘lgan parchin mixlar sovuq holda, undan katta o‘lchamlardagilari qizdirib parchinlanadi. Parchinlashda tutqich (podderjka), tortkich kabi maxsus asboblar, shuningdek rejalash asboblari, sumba, narma, badg‘a kabi asbob va moslamalar ishlatiladi.

Tutqich uchida parchin mix kallagiga mos sferik o‘yiqchasi bo‘lgan, bolg‘alash vaqtida kallakni yezilishdan saqlaydigan taglik tayanchdan iborat bo‘lib, sandon vazifasini o‘taydi. U tiskiga yoki maxsus tayanchlarga o‘rnatiladi. Parchinlashda detallardan parchin mix o‘tkazilib, birikma tutqich ustiga qo‘yib bolg‘alanadi. Parchinlashda, ko‘pincha, kvadrat muhrali bolg‘alar ishla-tiladi. Tortqich parchin mix o‘tkazilgandan so‘ng parchinlanadigan qismlarni bir-biriga jipslash uchun ishlatiladi, uning uchi parchin mix sterjeni kiradigan qilib parmalangan bo‘ladi. Parchin mix o‘tkazilgan birikmani tutqich ustiga o‘rnatib bolg‘alab kallaklashdan oldin tortqich bilan tortib — jipslab olinadi. Qisqichning ish qismida parchin mix kallagiga mos o‘yiqchasi bo‘lib, xomaki bolg‘alash yo‘li bilan hosil qilingan kallakni yezib, biriktiruvchi kallak hosil qilishda ishlatiladi.Parchinlash moslamalari U8 markali uglerodli asbobsozlik po‘latlaridan tayyorlanadi, ish qismi toblanadi.


  1. Detal sirtini jilvirlash va jilolash.

Detallarni dastgohlarda o’rnatib ishlov berishda quyidagi yuzalar va bazalar mavjud:

a) ishlov berilayotgan yuza, bu yuzadan ishlov berish natijasida ma’lum qatlamdagimetall olib tashlanadi;

b) bazaviy yuzalar, bu yuzalar ishlov berish jarayonida Detalning holatini belgilaydi;

v) ishlov berishda ta’minlanadigan o’lcham uchun o’lchov boshi yuzasi;

g) mahkamlashda qisish kuchini qabul qiluvchi yuza;

d) ishlov berilmaydigan yuza; Baza vazifasini yuzalar chiziqlar, nuqtalar va ularning yig’indisi bajarishi mumkin.

Bazalarning nimaga mo’ljallanganligiga ko’ra quyidagicha bo’lishi mumkin.

Texnologik bazalar O’rnatish va o’lchov bazalariga bo’linadi. O’rnatish bazasi deb Detalning ishlov berish uchun dastgohga yoki kesuvi asbobga nisbatan O’rnatishda foydalanilgan yuzaga aytiladi. O’rnatish bazasi sifatida ishlov berilgan va ishlov berilmagan yuzalar qo’llaniladi. Mexanik ishlov berilmagan yuza qora, ishlov berilgani esa toza baza deb yuritiladi. O’rnatish bazalari asosiy va yordamchi bo’ladi. Asosiy O’rnatish bazasi deb Detalning ishlov berish jarayonida urnaydigan va boshqa yuzalar bilan tutash hamda tutash yuzalar bilan yig’ilgan mashinada birgalikda xizmat bajaruvchi detallar yuzasiga aytiladi. Masalan, tishli

gildirakni markaziy teshigi.



Yordamchi O’rnatish bazasi deb faqatgina detalga ishlov berish jarayonida O’rnatish yuzasi bo’lib xizmat qiladigan va uni boshqa yuzalari bilan birgalikda yig’ilgan mashina ish bajarmaydigan yuzasiga aytiladi. Bunday yuzalar sun’iy O’rnatish bazasi ham deb yuritiladi. Mexanik ishlov berishda uz vazifasini bajargandan so’ng bu yuzalar kirkib yuboriladi. O’lchov bazasi deb Detalning boshqa yuzasini joylashishini ifodalovchi o’lcham uchun o’lchov boshi bo’lib xizmat qiluvchi yuzaga aytiladi.

Yig’ish bazasi deb - detalning yig’ilgan mashinada boshqa detallarga nisbatan holatini belgilovchi yuzasiga (yuzalar, chiziqlar, nuqtalar yig’indisi) aytiladi.

Konstruktiv (tuzilishni ifodalovchi) baza deb konstruksiyani (tuzilmani) ishlab chikishda boshqa detallarni o’lchamlarini va holatlarini belgilovchi yuzasiga (yuzalar, chiziqlar, nuqtalar yig’indisi) aytiladi. Konstruktiv yuza real, agarda u material yuzani ifodalasa, yoki geometrik, agarda u geometrik ukdan iborat bo’lsa, ko’rinishda bo’ladi. Bazalarning erkinlik darajasini yo’qotish bo’yicha quyidagi ko’rinishlari bo’lishi mumkin.



O’rnatish bazasi – zagotovkani uchta erkinlik darajasini bitta koordinata o’qi bo’yicha harakatlanish va boshqa o’qi bo’yicha aylanishi yo’qotiladi.

Tayanch bazasi – zagotovkani bitta erkinlik darajasini – bitta koordinata o’qi bo’yicha harakat yoki 111 – uk atrofida aylanishini yo’qotiladi.

Bazalar ko’rinishi bo’yicha quyidagi bazalar bo’ladi. Kurinmas – (berkitilgan) baza – bunda zagotovka bazasi kuzda tutilgan yuza, o’q yoki nuqta ko’rinishida bo’ladi.



Aniq (ayon) baza – bunda zagotovkani baza real tekislik belgilangan nuqta yoki belgilar kesishgan nuqta ko’rinishida bo’ladi.

Bazalarni doimiylik va kushilish tamoyillari. Detallarga mexanik ishlov berish usullari bilan tayyorlashda yuqori aniqlikka erishish uchun ularning bitta yuzasini doimiy ravishda O’rnatish bazasi sifatida foydalanilsa maqsadga muvofiq bo’ladi. CHunki O’rnatish bazasi almashishi bilan ishlov berish aniqligi pasaydi. Buni asosiy sababi Har bir O’rnatishda Detalning yuzalarini o’zaro joylashuvini ifodalovchi o’qlar siljib koladi. Tabiiyki, qator operatsiyalarni bajarishda faqat bitta yuzadan O’rnatish bazasi sifatida foydalanish mumkin emas. Bunga sabab detal yuzalarining o’zaro joylashish tartibi, dastgohning texnologik imkoniyatlari va kesuvchi asboblarning tuzilishi bo’ladi.



Bazalarning doimiylik tamoyili deb texnologik jarayonning barcha operatsiyalarini bajarishda Detalning bitta yuzasidan O’rnatish bazasi sifatida foydalanishga aytiladi. Agarda Yuqoridagi tamoyilga operatsiya qilish qiyin bo’lsa, u holda O’rnatish bazasi sifatida boshqa yuzalarga nisbatan aniq o’lcham bilan belgilanuvchi xizmat vazifasiga bevosita ta’sir etuvchi yuza olinadi.

Xuddi shuningdek, bitta yuza turli xil baza vazifasini bajara oladigan qilib tanlab olish kerak, chunki bu ham Detalning tayyorlashda yuqori aniqlikni ta’minlaydi. SHu maqsadda bitta yuzani ham o’lchov, ham O’rnatish bazasi sifatida foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi. Agarda bu juftlikka yig’ish bazasi ham kushilsa yanada yuqori mexanik ishlov berish aniqligiga erishish mumkin. Xuddi shu yondashish bazalarni kushilish tamoyili deb yuritiladi.

O’lchov bazasini O’rnatish bazasi sifatida foydalanish to’g’risidagi karor Detalning qaysi o’lchami aniq ta’minlanishi va qaysi yuzani o’lchov boshi sifatida qabul qilish kerakligigabog’liq bo’ladi. Bazalarning o’lchamlari detalning ishonchli, mustahkam mahkamlash uchun, natijada ishlov berish jarayonida uz holatini o’zgartirmasligi uchun yetarli bo’lishi kerak. Bazaviy yuza qisish (mahkamlash) kuchlari ta’sirida deformatsiyalanmaydigan bo’lishi va imkoniyati boricha kesish va qisish kuchlarini bir uynalishda qabul qilib, ishlov berilayotgan yuzaga yaqin joylashgan bo’lishi kerak.

Detallarni dastgohlarda O’rnatish usullari. Olti nuqta qoidasi. Detallarga ishlov berish uchun ular turli usullar yordamida o’rnatilishi mumkin.

1) Detalning bevosita dastgoh stoliga O’rnatish. Bu usul donali va kichik seriyali ishlab chiqarish sharoitida qo’llaniladi. Bu usulni qo’llashning asosiy sababi maxsus moslama tayyorlashni iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emasligida.

2) Avvaldan belgilab olish usuli bilan Detalning dastgoh stoliga O’rnatish. Avvaldan belgilab olishda ishlov beriladigan yuzalarning holatini belgilovchi uk va boshqa chiziqlarni zagotovka yuzasida hosil qilinadi. Buning uchun zagotovka yuzasi buyok bilan buyab olinadi. Chiziqlar shtangensirkullar, shtangenreysmuslar, burchaklilar, parraklar yordamida o’tkaziladi. Avvaldan belgilab olish yuqori malakali ishchining ko’p vaqtini talab qiladi. Bu usl yordamida yuqori aniqlikka erishish qiyin. SHuning uchun bu usuldan katta o’lchamdagi murakkab quyma detallarga ishlov berishda foydalaniladi.

3) Detallarni maxsus moslamalarga o’rnatib ishlov berish. Bu usuldan foydalanilganda maxsus moslama yordamida detalga kesuvchi asbobga nisbatan aniq holatda beriladi. Maxsus moslamalardan foydalanilganda zagotovka avvaldan chiziqlar o’tkazish uni dastgohga O’rnatishda sozlash ishlarini bajarish kerak emas.

Maxsus moslamalar yordamida Detalning dastgohga O’rnatish tez va oson bajariladi. Moslamalardan foydalanishning maqsadga muvofiqligi donali va kichik seriyali ishlab chiqarish sharoitida ko’rib chiqilishi mumkin. Ko’p seriyali va yalpi ishlab chiqarish sharoitida moslamalardan foydalanish majburiy ko’rinishga ega. Aks holda ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga erishish mumkin emas. Bu ishlab chiqarish sharoitlarida har-bir operatsiyani bajarish uchun alohida moslama loyihalashni taqozo qiladi. Maxsus moslamalarda detallarni bazalash uchun o’rnatish yuzalari nazarda tutiladi.

Qattiq jismlar mexanikasidan ma’lumki, ular fazoda oltita erkinlik darajasiga ega. Bu ixtiyoriy tanlangan uchta o’zaro perpendikulyar X, Y, Z o’qlar bo’yicha ilgarilanma-qaytma va shu o’qlar atrofida aylanma harakatlardan iborat. Detalning har bir erkinlik darajasini yo’qotish uchun uni ma’lum bir qo’zg’almas nuqtaga



qisish (jipslash) kerak. Bu nuqtalar o’z navbatida moslama yoki dastgoh stolining qo’zg’almas nuqtalari bo’lishi mumkin. Har bir qo’zg’almas bir nuqtali tayanch detalning bitta erkinlik darajasini yo’qotadi. Detalning barcha oltita erkinlik darajasini yo’qotish, uni oltita qo’zg’almas tayanchga bazalash demakdir.

  1. Duradgorlik randalari va ularni ishga sozlash. 
    Yog’ochdan  buyum  tayyorlash  uchun  kerakli  material  arralab olingandan so’ng uning  sirtini  tozalash, silliqlab  tekislash  va  aniq o’lchamga  keltirish  uchun  randalash  ishlari  bajariladi.  Bu  maqsadda  turli  xil  randalardan  foydalaniladi.  
    Duradgorlik randalari vazifalariga ko’ra sirtlarni tozalash, silliqlash, tekislash 
    maqsadida ishlatiladigan, ya`ni Yog’ochga birlamchi ishlov beruvchi randalarga vamaxsus  randalarga  bo’linadi.  Bular  sherxebel,  taxta  randa,  mushranda,  japsrandalardan,  hamda  zakrov  randa,  chok  randa,  konish  randa,  dila  randa, 
    chorabzal randalar va boshqalardan iborat. Ayrim  hollarda  o’quvchilarning  yoshlarini,  jismoniy  qobiliyatlarini  hisobga olib  sirtlarni  silliqlash  maqsadida  taxta  randa  o’rnida  sherxebeldan  foydalanish mumkin.  Buning uchun  sherxebelning  tig’ini  charxlab,  to’g’ri tig’li qilib beriladi.  Bu  holda  tig’ning  eni  kambar  bo’lib,  randalash  vaqtida  o’quvchilar  ortig’cha 
    qiynalmaydilar. 
    Mushranda to’zilish jihatidan taxta randadan farq qilmaydi. Mushranda tig’ida 
    qo’shimcha temir pushtak bo’lib, u payraxani sindirish vazifasini o’taydi. Shuning 
    uchun  temir  pushtakni  tig’ning  kesuvchi  qirrasiga  yaqin  o’rnatiladi.  Shu  tariqa o’rnatilganda  tig’  chiqargan  payraxani  darhol  qayirib  sindiradi  va  randalashni engillashtiradi. Temir pushtak kesuvchi qirradan ortiqcha uzoqlashtirilmaydi. Aks holda uning taxta randadan farqi qolmaydi. Mushranda  yordamida  yog’och  materiallarning  sirti  silliqlanadi,  shuningdek, yig’ilgan  tayyor  buyumlarga  dastlabki  pardoz  beriladi,  buyum  sirtidagi notekisliklar randalab tekislanadi.  Japs  randa.  Taxta  randa  va  mushranda  yordamida  uzun  va  enlik  taxtalarning 
    sirti silliqlansa ham, ular bilan tekis randalab bo’lmaydi. Bunday sirtlar japs randa 
    bilan randalab tekislanadi. Sirtlarning  tekis  va  silliq  chikishi  randalarning  ishga  sozlanishiga,  ularni to’g’ri  tutib  erkin  randalashga  va  randalash  vaqtida  randaga  kuchlarning  to’g’ri qo’yilishiga bog’liq. Randalarni  ishga  sozlash  tiqlar  o’tmaslanganda  ularni  kundadan  chiqarib charxlash,  charxlashda  hosil  bo’lgan  qirovini  to’-kish  va  tig’ni  kundaga  qaytadan 
    to’g’ri o’rnatishdan iborat. 

  2. Varaqa tunukalarini biriktirish usullari.

Maktab ustaxonalariga yupqa listli metall (tunuka) alohida bo‘laklar yoki rulon ko‘rinishida keltiriladi. Lekin bir xilda deformatsiyalangan (g‘ijimlangan) tunuka bilan ham ishlashga to‘g‘ri keladi. Bunday tunukaga qo‘shimcha ishlov berishga to‘g‘ri keladi. Tunukani to‘g‘rilashni po‘lat plitada amalda bajarish mumkin. Tunukaning bo‘rtib qolgan joylarini tepaga qilib o‘rnatiladi va bo‘r bilan chizib oliandi. To‘g‘rilashni Yengil zarbalar bilan bo‘rtib qolgan joylarining atrofiga qarab spiralsimon yo‘nalishda urib olib boriladi.

Bo‘rtib qolgan joydan uzoqlashgan sari zarba kuchaytirilib boriladi. Bunday zarbalardan keyin metall cho‘zilib boraveradi. Hech qachon bo‘rtib qolgan joyiga boshida urmang, chunki u yana ham kattalashib ketadi. Po‘lat tunukani chilangarlik bolg‘a yordamida to‘g‘rilash mumkin, rangli metallardan bo‘lgan listlarni yog‘och bolg‘a (kiyanka) bilan to‘g‘rilash mumkin. Darsga tayyorlanishdan oldin o‘qituvchi tunukaning qirqiladigan yoki yechiladigan joylarini o‘zi chizib berishi lozim. Tunukani belgilash. Tunukani belgilash uchun quyidagi asboblar ishlatiladi: chertilka, chizg‘ich, qalam, sirkul, reysmus, go‘niya, kerper, shablonlar.



Kontur chiziqlardan farqli, egish chiziqlarini listga ikki tomonidan o‘tqaziladi, chunki bukayotgan paytda chiziq tashqi tomonidan ham bo‘lishi kerak. Kontur chiziqlar bilan egish chiziqlarini orqa tomonidan to‘g‘ri chiziq qilish uchun, listni kern orqali bo‘rtirib olinadi. Oq tunuka, ruxlangan temirni va boshqa yumshoq metallarni egish chiziqlarini qalam yordamida chizish kerak, chunki chertilka chuqur iz qoldiradi va korroziyaga qarshi bo‘lgan sirtni buzib yuboradi. Tunukani qirqish qaychi bilan qirqayotganda uning pichoqlari orasidagi oraliqning kattaligi va qirqish burchagining ahamiyati juda katta. Pichoqlar orasidagi tirqish 0,1 mm dan katta bo‘lmasligi kerak. Qaychilar har doim tayyor bo‘lishi uchun uni o‘z vaqtida charxlab, pichoqlar orasidagi oraliqni kichraytirib turish kerak. Tunukani bukish. Bu tunukadan hajmli shakllarni paydo qilishning asosiy usulidir. Bukish tiskida, maxsus opravkalar va maxsus uskunalar yordamida bajariladi. Belgilab olingandan keyin, egish chizig‘i tiskining tepa joyining uchiga joylanadi. Tiskining qisadigan joyi tunukani buzib qo‘ymasligi uchun uning chekasiga nagubniklar joylashtiriladi va tunuka kiyanka bilan uriladi. Tunukani bukish. Tunuka bilan ishlaganda yasalgan detalning mustahkamligini oshirish va chiqib qolgan chekkalarini qayirib olishi uchun otbortovka keng qo‘llaniladi. Bu jarayon ancha murakkab hisoblanadi va bajarilayotgan paytda katta aniqlikni talab qiladi. Uzun sim zagotovkalarni kesishda qo‘llarni, yuzni va boshqalarni jarohatlashdan ehtiyot bo‘lish kerak. Bukishda foydalaniladigan opravkalar tiskiga mahkamlab o‘rnatilishi lozim. Kengroq bo‘lgan tunukani bukish uchun yog‘och brasokdan foydalaniladi. Maktab ustaxonalariga sim uch-to‘rtta joyi bog‘langan, rulon ko‘rinishida keltiriladi. Kerakli uzunlikda bo‘lgan simni qirqib olish uchun simni bog‘lab tortuvchi tugunlarni yechib uni orqaga itarib chiqarish lozim. Agar sim tortib olinsa, unda sim o‘ralib qoladi va u oxiri chigallashib chiqmay qoladi. Zagotovkani kerakli bo‘lgan uzunlikda qirqib olish uchun, metall chizgich yordamida kerak bo‘lgan uzunlik o‘lchab olinadi, belgilanib bo‘lgandan keyin u qirqiladi. Ko‘pincha uzunasi bir xil bo‘lgan sim kerak bo‘lib qoladi. Buning uchun avval bitta sim, kerakli uzunlikda qirqib olinadi va keyin shu sim xuddi shablonday qolgan simlar uzunasini o‘lchash uchun ishlatiladi. Ingichka va yumshoq simni kusachki yoki passatij yordamida qirqib olish mumkin. Simni qirqish uchun uni sandonga qo‘yib qirqiladi yoki tiskiga vertikal holatdi o‘rnatiladi. Tiskiga qirqiladigan joyi tepasiga to‘g‘rilanadi va qirqiladi. Temir arra yordamida simni qirqish uchun maxsus yog‘och brusdan foydalanish mumkin. Uypqa simlarni omburda qirqish eng sodda va oson usullardan hisoblanadi.
Download 28.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling